Oltinchi yo‘nalish – «YOshlar axborot makonida» yo‘nalishi bugungi murakkab globallashuv davrida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Butunjahon axborot tarmog‘i orqali “ommaviy madaniyat” niqobi ostida milliy manfaatlarimiz, mafkuramiz, ma’naviy-axloqiy qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishga urinishlar ham kuzatilmoqda. SHuning uchun ham davlatimiz hozirgi davrga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirishga muhim ahamiyat bermoqda, “elektron hukumat” tizimiga jamiyatning barcha tarmoqlari ulanmoqda365.
2016 yil 14 sentyabrda yangi O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib (mazkur qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni bekor qilindi), u 4 ta bob, 33 ta moddada mujassamlashdi. U oldingi qonundan fuqarolik jamiyati talablariga javlb berishi, yoshlarni ijtimoiy himoyalashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qonunda ishlatilgan tushunchalarga quyidagi ta’riflar berildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |