1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja



Download 2,15 Mb.
bet144/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

Beshinchi yo‘nalish – “YOshlar professionalizmi” yo‘nalishi. Bu shuni anglatadiki, yosh avlodga zamon talabi darajasida ta’lim-tarbiya va kasbga ko‘nikma bergan holda uning jamiyatdagi mehnat bozoriga kirib borishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda «9+3» sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni egallamoqda. O‘tgan yillar davomida 1573 ta yangi turdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari barpo etildi. Bugungi kunda mavjud 143 ta akademik litsey va 1430 ta kasb-hunar kollejida 1 million 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ta’lim olishmoqda. Kasb-hunar sirlarini egallagan yoshlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat yuritmoqdalar. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib bormoqda.

Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida mamlakatimizda ikki bosqichli bakalavriat va magistratura tizimiga o‘tildi. Bugungi kunda yoshlarimiz 75 ta oliy o‘quv yurtida xalqaro andozalarga mos shart-sharoitlarda ta’lim olmoqda. Jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Jumladan, Toshkentda Buyuk Britaniyaning xalqaro Vestminster universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Koreyaning Inxa universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Lomonosov nomidagi Rossiya davlat universitetlari filiallari tashkil etildi. Iqtidorli talabalarni har tomonlama rag‘batlantirish, ularga o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ta’sis etildi.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish