1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


Mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishning yangi bosqichi



Download 2,15 Mb.
bet148/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

3.Mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishning yangi bosqichi
2016 yilning so‘nggi choragida SH.M.Miriyoevning davlat rahbari sifatigi faoliyati boshlanganidan keyin davlatimizning yoshlar siyosatida rivojlangan mamlakatlar tajribasi va fuqarolik jamiyati talablariga xos bo‘lgan jihatlar shakllana boshladi. 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining YOshlar ittifoqiga aylantirilishi, ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlat tomonidan yoshlar borasida olib borilayotgan siyosatni yana bir pog‘ona yuqoriga olib chiqdi. SHuningdek, yangi nizom va uslubda ish olib borilishi ko‘zda tutilgan mazkur Ittifoq oldiga yoshlar orasiga tobora chuqurroq kirib borish, jamiyat ravnaqi yo‘lida faol ishtirok etish kabi dolzarb vazifalar yuklandi.

O‘zbekistonda Prezident SH.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyasi asosida boshlangan islohotlar natijasida yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan himoyalash, ularnisalohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni fuqarolik jamiyati qurish islohotlaridagi ishtiroklarini faollashtirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi sifatida e’lon qilindi.

Prezident SH.M.Mirziyoev yoshlar qurultoyidagi (30 iyun 2017 y.) nutqida mamlakat yoshlari vakillariga qarata quyidagi fikrlar bilan murojaat etdi: “O‘zbekiston yoshlari rasmiyatchilikdan, kampaniyabozlikdan xoli, navqiron avlod manfaatlarining haqiqiy himoyachisibo‘la olad igan demokratik yoshlar tashkilotini tuzish haqida o‘z xohish-istaklarini bildirmoqda. Bunda ilgarigidek barcha yoshlarni bir tashkilotga «ixtiyoriy-majburiy» asosda birlashtirish emas, aksincha, ularning orzu-intilishlari, hayotiy va kasbiy qiziqish doirasi, ijti-moiy maqsadlari bo‘yicha uyushtirish to‘g‘ri bo‘ladi, degan takliflar ilgari surilmoqda Mening nazarimda, bunday fikrlarda chuqur asos va mantiq bor. Bu taklifning afzalligi shundaki, u mamlakat yoshlarining barcha toifa va guruhlarini qamrab oladi, eng muhimi, ularni demokratik prinsiplar asosida birlashtiradi. Bu, o‘z navbatida, bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlar jarayoni bilan hamohang ekani ayniqsa e’tiborlidir. Ana shularning barchasini hisobga olib, mamlakatimizda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etsak, nima deysizlar?”367. Mazkur purhikmat so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, davlatimiznig yoshlarga oid siyosati hozirgi davrdi o‘zining insonga, uning sha’niga, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan insoniy birlikni shakllantirishga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilgan “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatda yoshlarni ijtimoiy qilish, ularni o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratishda tarixiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan ajralib turadi.

Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi mamlakatimizda “YOshlar kuni” sifatida nishonlanadi. SHuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalar qo‘yildi.

 Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida YOshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va nazorat o‘rnatish maqsadida YOshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tashkil etildi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida YOshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat yuritadi. 

SHu bilan birga, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta etakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar etakchisi” shtat birligi joriy etildi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar etakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida YOshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi Farmonda belgilab berilgan. 

Ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad solig‘ini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni o‘rgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini o‘qitish maqsadida tashkil etiladigan sho‘‘ba korxonalarini 2027 yil 1 avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtirildi. Respublikamizning tuman markazlari va shaharlarda YOshlar tadbirkorlik klasterlari tashkil etiladi. Foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob’ektlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibi joriy etiladi368.

2017 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yo‘lida katta amaliy sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Kinematografiyani rivojlantirishga ko‘maklashish markazi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlik bitimlari imzolandi. Ushbu hujjatlar asosida ta’lim muassasalarida 11 ming 266 ta, madaniyat, sport va sog‘liqni saqlash sohalarida 3 ming 200 ta, tadbirkorlik sub’ekt­lari va fermer xo‘jaliklarida 3 ming 755 ta, jamoat tashkilotlarida 2 ming 365 ta hamda vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika boshqaruv organlarida 50 ta Etakchilar kengashi tuzilib, faoliyat olib bormoqda.

YOshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib tashkilot qoshida mustaqil huquqiy maqomga ega yigirmaga yaqin yangi tuzilma: Respublika yosh olimlar kengashi; YOsh ijodkorlar kengashi; YOshlar turizmi agentligi; YOshlar nashriyot uyi, YOsh kinoijodkorlar uyushmasi, O‘zbekiston yosh fermerlari assotsiatsiyasi, YOshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O‘zbekiston yosh tadbirkorlar assotsiatsiyasi, “Yoshlar ovozi” radiosi va boshqalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. SHu bilan birga, Ittifoqning Markaziy Kengashi qoshida YOshlar press-klubi tashkil etildi.

YOsh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan YOshlar uylarini barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Uning ijrosi doirasida barcha yirik shaharlarda ko‘p qavatli, qishloqlarda esa, bir-ikki qavatli namunaviy loyihalar asosida 420 ta arzon uy qurilib, 5 ming 200 dan ziyod namunaviy yosh oilaga imtiyozli kredit asosida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda jadal amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va demokratik o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, yoshlarni, jumladan, uyushmagan yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “YOshlar poezdi” targ‘ibot aksiyasi YOshlar ittifoqining eng yirik loyihalaridan biriga aylandi.

Qisqa muddat ichida 47 vazirlik va idora, 10 mingga yaqin ta’lim muassasasi hamda 3 ming 25 ta korxona va tashkilotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi, shuningdek, o‘n bir yillik ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shab qolgan 46 ta tuman va shahardagi kollejlar bazasida YOshlar markazlarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan mehnat yarmarkalari natijasida ikki ming nafardan ortiq uyushmagan yoshning ishga joylasha olgani ham tahsinga loyiq jihatdir. Bundan tashqari, Ittifoqning tuman va shahar kengashlari qoshida tashkil etilgan yosh tadbirkorlar konsultativ markazlari 580 nafar yigit-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak bergan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmagan yoshlar uchun hududlarda tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Loyihaga 3 ming 561 nafar yosh jalb qilinib, shundan 2 ming 523 nafarini ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar, 1 ming 38 nafarini kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari tashkil etdi.

 2017 yilning iyul-avgust oylari mobaynida 6 ming 665 nafar yosh tadbirkor, 3 ming nafardan ziyod yosh fermer hamda 5 ming nafardan ortiq uyushmagan yoshni qamrab olgan holda joylarda yosh tadbirkorlarning muammolari hamda taklif-istaklarini o‘rganishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan tilga olingan 653 ta muammo jamlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijroga qaratildi. SHu bilan birga, muloqotlarda qatnashgan yoshlar uchun kichik iqtisodiy va sanoat zonalari hamda ishlab chiqarish korxonalariga biznes-sayohatlar tashkil etildi. 17-20 sentyabr kunlari Orol dengizining bugungi kundagi holatini o‘rganish hamda bu fojiaga keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bora qaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumaniga yoshlar ekspeditsiyasi uyushtirildi. Unda yosh olimlar, gid-ekskursovodlar, fotosuratchilar, bloger va jurnalistlar ishtirok etdi. 25 nafar kishidan iborat ekspeditsiya a’zolari uch kun mobaynida Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qilib, u erdagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanishdi. Ekspeditsiya davomida “#SaveAral” (“Orolni asra”) guruhi tashkil etilib, Orol dengizi sohilida istiqomat qiluvchi aholi hamda sayyohlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

YOshlarni foydali mehnat bilan band qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi paxta yig‘im-terimi mavsumida jonkuyar fermerlarimizga elka tutishga oshiqdi. SHu niyatda respublika bo‘ylab ko‘ngilli, shu jumladan, uyushmagan yoshlardan iborat “Fidoyi yoshlar” otryadlari tuzildi.Ayni vaqtda “Fidoyi yoshlar” mamlakatimiz paxta xirmonini to‘ldirishga munosib hissa qo‘shdi369.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va mamlakat yoshlarning xalqaro maydondagi faoiyati ham beqiyos darajada o‘sdi. Jumladan, O‘zbekistonda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) mamlakat Hukumati, joylardagi hukumat idoralari bilan hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanadigan demografik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan esa, YUNFPA butun O‘zbekiston bo‘ylab bolalar va yoshlar sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini hayotga tadbiq etib kelmoqda. BMT yordamida Sog‘liqni saqlash vazirligi yoshlarga yanada sifatliroq va aynan yoshlarga mo‘ljallangan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga erishmoqda. BMTning Taraqqiyot dasturi esa, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, tadbirkor yoshlarga keng yo‘l ochib berishni ko‘zlab, bir qator keng ko‘lamdagi tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar doirasida yosh ayol va qizlarda etakchilik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

SHuningdek, yoshlarga sarmoya ajratish masalasiga BMT alohida urg‘u bermoqda. Ayniqsa, yoshlar uchun sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini takomillashtirishga va shuning hisobiga kelajakda sog‘lom va yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturlarining amalga oshirilishi tufayli, endilikda barcha bolalar va yoshlar aynan ularning manfaatlari va ehtiyojlarini inobatga oluvchi xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lib, kelajakda o‘z yurtining iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir bo‘lgan sog‘lom, bilimli, dono insonlarga aylanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan sarmoyalar tufayli, endilikda mamlakatlar o‘zining odam resurslari, ya’ni “demografik dividendi”, etuk mutaxassislari sonini ko‘paytirib, yangi yutuqlarga erishmoqda.

BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Xelena Freyzerning yoshlar masalasiga bag‘ishlangan ma’ruzasidagi quyidagi fikrlar uning chin e’tirofini ifodalaydi: “O‘zbekiston Prezidenti SH. Mirziyoev BMTning Bosh Assambleyasida so‘zga chiqib “ertangi kunimiz, sayyoramizning farovonligi bolalarimiz qanday inson bo‘lib ulg‘ayishiga bog‘liq”, deb ta’kidladi. Uning so‘zlari amalda aniq ishlarda mujassam bo‘ldi, zero joriy yilning 30 iyun kuni “YOshlar kuni” deb e’lon qilinib, shu kunning o‘zida “Harakatlar strategiyasi 2017-2021”ga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vujudga keldi. Mazkur tashkilotga yoshlar irodasini izhor etish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini ta’minlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish kabi vazifalar yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat yoshlar siyosatining samaradorligini oshirish va O‘zbekiston YOshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan “YOshlar bo‘yicha umumjahon harakatlar dasturi”ga muvofiq bo‘lgan 12 ta asosiy vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, o‘tgan haftada Vazirlar Mahkamasining “YOshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Konstitutsiyangiz bilan kafolatlangan huquqlaringizni biling, O‘zbekiston imzolagan bitimlar va BMT konvensiyalaridan xabardor bo‘ling, hukumat tomonidan siz uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardor bo‘ling. Oilangiz, jamiyatingiz, yoshlar hamjamiyati, hukumatingiz hayotida faol ishtirok eting. Hayotda unchalik katta imkoniyatlarga ega bo‘lmagan insonlarni qo‘llab-quvvatlang, ularga yordam bering. Mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, o‘z yurtingiz taraqqiyotiga hissa qo‘shing!”370

Fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining hozirgi bosqichida O‘zbekiston yoshlari alohida ijtimoiy qatlam, faol ijtimoiy-siyosiy kuch, hozirgi avlod davomchilari sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlatimizning yoshlarga oid siyosati amalda o‘zini namoyon qilish davrining boshlanishi natijasi o‘laroq yoshlarda o‘z atrofida kechayotgan hodisalarni mustaqil baholaydigan, har qanday shart-sharoitlarda o‘zining pozitsiyasiga ega bo‘lgan yangi sifatlar va fazilatlar shakllanmoqda. YOshlar o‘rtasida jonlanish, ijtimoiy va siyosiy voqeliklarga befarqlik bilan qaramaslik, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilishlar ko‘zga tashlanmoqda. Zero, bu hozirgi fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining o‘zining qizg‘in pallasiga kirganligi bilan izohlanadi.

2019 yil 19 mart kuni davlatmiz rahbari tomonidan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor berilib, ushbu yo‘nalishlarda aholi va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quydagilar:


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish