1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja



Download 2,15 Mb.
bet100/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

1) sub’ektlarning maqomiga ko‘ra:

a)hokimiyat organlaridagi korrupsiya;

b)xususiy sektordagi korrupsiya;

v)siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;

  1. darajasiga ko‘ra:

a)quyi darajadagi korrupsiya;

b)yuqori darajadagi korrupsiya;

v)vertikal korrupsiya;

  1. ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:

a) korrupsiya-qilmish;

b)korrupsiya-jinoyat.

Korrupsiyaning ko‘rsatilgan turlarini quyida mufassalroq ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni o‘zlari qonunga rioya etishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo‘lgan kishilar sodir etadi. Aksariyat mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari korrupsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlarning qonunchilarini poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish va boshqa xavfli mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va, aksincha, mansabdorlarning uncha xavfli bo‘lmagan va ko‘proq darajada tarqalgan jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslik (masalan, uncha qimmat turmaydigan sovg‘a olish jinoyat hisoblanmaydi) holatlari uchrab turibdi.

Hozirgi davrda nodavlat tashkilotlar yoki xususiy sektordagi korrupsiya ancha keng tarqaldi. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning nizomda belgilangan vakolatlariga qat’iy rioya etishi lozim. Lekin, u davlat mansabdori kabi, o‘ziga qarashli bo‘lmagan resurslarni o‘z shaxsiy manfaatlari yoki boshqa ikkinchi tomon foydasiga o‘tkazishi yoki tasarruf etishi, tashkilot manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlarni sodir etish imkoniyatlariga ega. Bunga kundalik hayotdan misollar keltirish mumkin: turli tijorat banklarida maqsadi bankdan mablag‘ olish va so‘ngra tezlik bilan g‘oyib bo‘lishga asoslangag turli loyihalarga pora evaziga kreditlar ajratilishi; turli mulk shakliga mansub bo‘lgan korxonalarda davlat va korxonalarni zarar ko‘rishiga olib keladigan moddiy boyliklarni (vino-aroq yoki neft-kimyo mahsulotlari va sh.k.) pora evaziga arzon narxlarda olish imkoniyatlarining mavjudligi.

Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani alohida tadqiq etib, uni korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turi sifatida ajratib ko‘rsatadi. Ular asosan korrupsiyaning uchta asosiy shaklini keltiradi:

1) siѐsiy: mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harkat qiladi;

2) jinoyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g‘aѐriqonuniy xizmatlar ko‘rsatadi;

3) taraflardan biri o‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi170.



Siyosiy korrupsiyaning, ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari – bu pora olish va pora berish hisoblanadi.Bu holat saylovlarda nomzodlar o‘z huquqini qing‘ir yo‘llar bilan amalga oshirish maqsadida siyosat sub’ektlarini pora evaziga og‘dirib olishga urinadi. Faoliyat ko‘rsatish darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.

Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida keng tarqaladi, mansabdorlar va fuqarolarning muntazam o‘zaro aloqalari bilan bog‘liqdir (masalan, ro‘yxatdan o‘tkazish, jarimalardan qutilish, litsenziyalar va turli ruxsatnomalar olish va sh.k.).

YUqori darajadagi korrupsiya yuqori hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali mansabdorlarni o‘ziga qamrab oladi va juda katta boyliklar evaziga o‘z foydvsiga qarorlar qabul qilish bilan bog‘liqdir (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.). Aksariyat hollarda korrupsiyaviy bitimdan manfaatdor bo‘lgan ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi davlat organining mansabdori o‘zidan yuqorida turuvchi boshliqqa o‘zining korrupsiyaviy harakatlariga homiylik qilishi yoki qo‘shimcha mablag‘lar, resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora beradi.

Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon bo‘lishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:

-mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyasiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;

-tor gruppaviy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.

AQSHda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar, rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydi. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora beriladi. Pora olishning bu kabi shakli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham uchrab turibdi.

Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan ochiq tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab bo‘lmaydi, chunki g‘ayriqonuniy kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hattoki, jabrlanuvchilar pora so‘ragan mansabdorlar ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qiladi. CHunki, odamlar korrupsiyaga karshi kurash jarayonini samara berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ob’ektiv va sub’ektiv sabablar mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis bo‘lmagan kishilar tushunishi ancha qiyin bo‘lgan o‘ziga xos turlarida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham korrupsiya o‘ta moslashuvchan jinoyatdir. U vaziyatga qarab tinimsiz o‘zgarib turadi va takomillashib boradi. SHu bois bu hodisa haqida to‘liq, mukammal yoki hech bo‘lmasa qandaydir uzuq-yuluq ma’lumotlar olish ham qiyin masalalardan biri hisoblanadi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish