1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja



Download 2,15 Mb.
bet54/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

Kafolatlangan xavfsizlik. O‘zbekiston Respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning havfsizligi kafolatlangan. Bu kafolat davlatning eng asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari xamisha ustivor, birlamchi kuchga egadir. Boshqa qonunlarning barchasi u yoki bu tarzda konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Uning asosida normativ huquqiy-xujjatlar ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi kuchli axloqiy zaminga egadir. Unda avvalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Konstitutsiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z maqomi, tuzilishi, yo‘nalishi xamda asosiy tamoyillari, yaxlit mundarijasiga, ya’ni Muqaddimasidan boshlab so‘nggi moddasiga qadar mustaqillik va istiqlol ruxi, demokratik tamaddun mazmuni bilan ajralib turadi. SHu o‘rinda aytish o‘rinliki, demokratik huquqiy davlat qurish xamda jamiyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etishda, shubhasiz Konstitutsiyaning tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini e’tibordan qoldirmaslik zarur. Mazmun mohiyati bilan huquqiy demokratik davlatda hech bir fuqaro hech bir odam o‘z ijtimoiy-shahsiy hayotini, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. SHuning uchun ham biz Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini chuqur bilishimiz, oldimizda turgan muammolarni echishda Asosiy Qonunimizdan javob topishga intilishimiz lozim.

Mustaqil davlatimizning Konstitutsiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolatlarini xamda kafolatlangan xavfsizlikni mustahkamlaydi. U bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari yig‘indisini ifodalaydigan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini aniq ifoda etgan va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi eng oliy qonun sifatida doimiy yo‘lchi yulduz bo‘lib xalqimiz borayotgan yo‘lni yoritib boradi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan vazifalar aniq belgilab berildi. SHundan kelib chiqib, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish orqali fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatini mustahkamlash, sudlarni “Adolat qo‘rg‘oni” ga aylantirish maqsadida so‘nggi  yillarda to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish borasida amaliy qadamlar tashlanmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbarining 2018 yil 17 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni muhim dasturilamal bo‘layotir. Unda tizimni takomillashtirish va maqbullashtirish borasidagi o‘zgarishlar, sudyalarning malaka va mahoratiga nisbatan talabchanlik oshirilishi, sud jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha o‘rtaga qo‘yilgan masalalar o‘z burchi va qasamyodiga sodiq har bir sudyani adolat tarozisini mahkam tutishga undaydi.

Tizimni isloh qilish jarayonida jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarishdek odil sudlov mazmun-mohiyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan amaliyotga chek qo‘yilgani ayni muddaodir. Binobarin, tajribasiz hamda mas’uliyatni zimmasiga olishdan cho‘chiydigan ayrim sudyalarga qo‘l keladigan bu usul sud nufuzini tushirib, fuqarolarning unga nisbatan ishonchini susaytirib qo‘ygan edi.

O‘tgan yillar davomida sudning barcha darajasi tuman, shahar, viloyat, va Respublika Oliy sudi faoliyatida jinoyatchilikning murakkab turlariga oid ishlarni ko‘rib chiqish jarayonlarida bevosita chiqargan qarorlarning hech biri takror ko‘rishga qaytarilgan emas.

Odamlar sudyaning noxolisligi, ishlarning yuzaki ko‘rilishi, sansalorliklardan nolib bo‘lishgan. Bunday holatlar negizida mutaxassislarda malaka etishmasligi, ularning mas’uliyatsizligi, dalilni to‘la tekshirmasdan xulosa chiqarishi yotganligini guvoxi bo‘lish mumkin. 

Bugun biz huquqiy demokratik davlat qurayapmiz. SHundan kelib chiqib, qonunlarimiz ham takomillashtirilmoqda. Masalan, sobiq tuzum davrida bir xil shakldagi qonunlar asosida yashab, mehnat qilgan bo‘lsak, mustaqillik davrida huquqiy asoslarimiz milliy qadriyat, urf-odatlarimizga moslab yangidan ishlab chiqildi, xalqimizga xos bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari asosida maromiga etkazildi. Endi hamma gap ularni og‘ishmay amalga oshirish, Prezidentimiz va xalqimiz oldida sudyalar bergan qasamyodiga sodiq faoliyat olib borishda qoldi xolos.

Odamlar sudga “Adolat qo‘rg‘oni”, sudyalarga uning “Mustahkam qalqoni” sifatida qaramog‘i lozim. Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, fuqarolarning ana shu ishonchini amalda oqlay olayotganimiz yo‘q. Suiiste’molchilik, qonundan chetga chiqish, jinoiy ishlarni yuzaki ko‘rib chiqish, noxolislik holatlari ko‘payib ketdi. Sudya qachon xolis bo‘ladi? Albatta, ayblanuvchiga hukm - chiqarayotgan chog‘da uning o‘rniga o‘zini qo‘yib, qonunni mahkam ushlaganida. SHu bois sudyalarning O‘zbekiston xalqiga murojaatida odil sudlovni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha muhim vazifalar aniq qilib belgilab berildi. Ularni bajarish har bir xodimdan zimmasiga yuklatilgan vazifani sidqidildan, halol va vijdonan bajarishni talab etadi. Endilikda eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Zero, sudya faoliyatiga uning xalq bilan muloqoti, fuqaroning buzilgan huquqini tiklay olishi, har bir inson taqdirini hal etishda ongda adolat, tilda haqiqat, dilda poklik bo‘lishiga qarab baho beriladi. 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish