1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha



Download 2,15 Mb.
bet50/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

SHu bilan birga, sud-tergov amaliyoti tahlili, shuningdek, xalq bilan bevosita muloqot natijalari ushbu sohada bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda, jumladan:

birinchidan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarning mavjudligi;

ikkinchidan, jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi huquqiy mexanizmlarning etarli darajada samarador emasligi;

uchinchidan, alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari etarli darajada qo‘llanilmasligi va samarasizligi;

to‘rtinchidan, tezkor-tergov tadbirlarini o‘tkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanilishi;

beshinchidan, xalqaro amaliyotda e’tirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning etarli darajada implementatsiya qilinmaganligi, jumladan yuridik shaxslar jinoiy javobgarligining mavjud emasligi;

oltinchidan, sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi va boshqalar.

Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganligi, o‘tgan davr mobaynida jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o‘zgarganligi va bu kodekslar davr talabiga javob bermay qolganligi ta’kidlandi. SHu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarligidagi idoralararo komissiyaga 2019 yil 1 iyuliga qadar Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash topshirildi. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning mutlaqo yangi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14.05.2018 yil 14 maydagi №PQ-3723 - sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Ushbu konsepsiyada quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilab berildi:

-jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;

-jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;

-fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash;

-jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;

-jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish;

-jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish