O‘z bolangni o‘zing asra. YUrtimizning mustaqilligini mustahkamlashda va uning gullab yashnashida, oilada singdirilgan tarbiya, vatanga muhabbat, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat kabi yuksak insoniy fazilatlarning o‘rni beqiyosdir. Bola tarbiyasida eng muhim shart–sharoit oilaning mustahkam, ma’naviy sog‘lom asosga qurilganligi, ayniqsa ota – onaning o‘zi tarbiyalangan, ular o‘rtasida totuvlik, ahillik, chin do‘stlik barqaror bo‘lishi, bolalarni hayotga tayyorlash, ularning kundalik e’tiqodi tarzida ma’suliyatli ekanligini tushunishlari kerak.
Oilaning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Zero har bir millat va jamiyatning bebaho hazinasi - sog‘lom, ma’naviy barkamol oiladir. Hozirgi sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan, sharqona axloqiy xususiyatlar aks etgan ma’naviy-axloqiy munosabatlar qaror topmoqda. Oilada huquqiy, axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Uyda sog‘lom axloqiy muhit, o‘zaro muomala madaniyati, axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa, oilada bo‘shliq, salbiy holatlarning qaror topishi muqarrar.
Bola voyaga etib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo‘lsa, uni yaxshi kuzatish va ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi. CHunki bolaning qalbi sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor. Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik bilan ulg‘ayadi. Uning savobiga ota-ona va tarbiya beruvchilar sherik bo‘ladi. Agar yomonlikka odatlansa, yomonlik bilan ulg‘ayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo‘yniga tushadi.
Har bir ota-ona farzandining sog‘lom, baquvvat, ma’naviy jihatdan etuk inson bo‘lib etishishini istaydi va buning uchun bor kuch va g‘ayratini ayamaslikka harakat qiladi. Ba’zi ota-onalarimiz tajribasizlik qilib “Bolamni yaxshi edirsam, hech kimdan kam qilmay kiyintirsam, hayotda o‘z o‘rnini topa olishi aniq”, deb noto‘g‘ri fikrga boradilar. To‘g‘ri, bunday ota-onalarning farzandlari jismonan sog‘lom bo‘lishi mumkin, lekin ularning ruhiy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi ham etarli darajada bo‘lsa nur ustiga nur bo‘lar edi.
Hozirgi davrda insoniyat ma’naviyatidagi o‘zgarishlar oilaga tegishli ayrim global muammolarni keltirib chiqardi. Ba’zi mamlakatlarda asrlar davomida shakllangan burch, oilaviy sadoqat, e’tiqod kabi axloqiy-ma’naviy asoslarga, oilaviy madaniyat va an’analarga bepisandlik, nikohga hurmatsizlik qarashlari nisbatan kuchaydi, bolalar va keksa ota-onalarni bolalar va qariyalar uyiga joylashtirish hollari ortdi. Oila sha’nini ulug‘lash, avlodlar an’analarini qadrlab, ularga sodiq bo‘lish kabi milliy fazilatlar o‘z qadrini yo‘qotmoqda. Oilaga munosabat borasidagi bunday ma’naviy tanazzul ko‘plab mamlakatlarni qamrab oldi. Bu esa yangi avlodlarda ba’zi zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik, ayollar va bolalar jinoyatchiligi, ajrimlar kabi illatlarning urchib ketishiga olib keldi. Oilaning qadrsizlanishi insoniyat ma’naviy hayotining davomiyligida ko‘plab muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishini tarix isbotladi.
SHunday ekan oila atalmish muqaddas dargohning mustahkamligiga, unda kamol topayotgan bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalariga hech birimiz befarq bo‘la olmaymiz. Har bir oilaning muqaddas vazifasi - farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan etuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
SHu o‘rinda Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlab o‘tganidek: “Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas. Biz, ko‘pincha bolam maktabda, o‘qishda yoki chet elda ishlayapti, deb xotirjam yuribmiz. Lekin bizning bunday soddaligimiz, beparvoligimizdan dushmanlar makkorlik bilan foydalanmoqda. Bizning jonu jahonimiz bo‘lgan farzandimiz dushmanlar qo‘lida qurolga aylanib qolsa, buning uchun avvalo kim aybdor? O‘zimiz emasmi? SHuning uchun maktab, litsey va kollejlardagi, oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya, birinchi navbatda, davomat masalasiga nihoyatda jiddiy e’tibor berishimiz shart. Bironta o‘quvchi yoki talaba uzrsiz o‘qishga kelmay qo‘ysa, ta’lim maskani ham, oila ham, mahalla, hokimiyat idoralari ham bu to‘g‘rida bong urishi, sergak tortishi, buni favqulodda bir hol deb baholashi kerak. Ana shunday nazorat tizimi samarali va o‘zaro bog‘liqlikda ishlaydigan bo‘lsa, albatta biz vaziyatni qo‘lga olib, uni ijobiy tomonga o‘zgartira olamiz”.
Afsuski, bugungi tezkor o‘zgarishlar davrida yoshlarimiz ongi va qalbini egallash uchun astoydil urinayotgan yovuz kuchlar mavjud. Ular ayrim yoshlarning soddadilligidan foydalanib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi bahonalar bilan o‘z tuzoqlariga ilintirishga harakat qilmoqdalar. Demak barcha ota-onalar farzandlarni tarbiyasi bilan astoydil shug‘ullanib, doimo nazorat qilib borishlari lozim. “Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir”, deydi buyuk allomalarimiz. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, o‘z bolamizni o‘zimiz asrashimiz kerak. Bu har birimizning insoniy burchimiz ekanligi bilan bir qatorda, kerak bo‘lsa konstitutsiyaviy majburiyatimiz hamdir. YUrtboshimiz SH.M.Mirziyoev aytganlaridek keyingi yillarda xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan “O‘z uyingni o‘zing asra!” degan da’vatga bugun “O‘z bolangni o‘zing asra!” deb qo‘shimcha kiritish vaqti keldi.
YAngi pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini isloh etish masalalari” mavzusini o‘qitish jarayonida qonun va jamiyat, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh etish, huquqiy ong, huquqiy madaniyat kabi masalalarni qamrab olishi zarur.
Mazkur mavzuni o‘qitish orqali talabalar zamonaviy-ma’naviy barkamol, sog‘lom avlod, qonun va adolat, sudlar faoliyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, elektron hukumat va uning rivojlanishini ta’minlashaga har jihatdan yaqindan yordam bermog‘i kerak. Kursni o‘qitishda yangicha fikrlaydigan, yangicha, tafakkur tarziga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan fuqarolarning huquq, burch va majburiyatlarini tarbiyalab voyaga etkazishga yordam berish nazarda tutiladi.
Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, kutilgan natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo‘llashni bilish kerak. Fuqarolik jamiyatini o‘qitish metodikasi aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U fuqarolik jamiyatini o‘rganish metodlari va uni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi.
Metodika o‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonun-qoidalarini o‘rganadi. Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi. Fanning rivojlana borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining metodik mahorati, dars o‘tishning yangi metodlarini o‘zlashtirishiga etarli e’tibor berilmas ekan, ta’lim sifatini oshirish mushkul.
Bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilimdan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa xotiradan ko‘tariladi. Demak, talabalar eng avvalo o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolish uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rishi orqali etkazishi katta ahamiyatga ega ekan. Bunga dars o‘tishda turli tuman metodlarni qo‘llash orqali erishish mumkin. Umuman olganda, o‘qituvchilarning dars jarayonida turli metodlarni, o‘quv topshiriqlarini qo‘llab, o‘z talabalarida bilim olishga ishtiyoq uyg‘otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Fuqarolik jamiyatidan dars beradigan pedagoglarning muhim vazifasi, maqsadi aynan turli metodlar orqali talabalarni bilim, axborot olishni turli shakllariga tezda moslashishga, o‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun harakat qilishga talabalarni qiziqtirish va uni amalga oshirishdir. Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga, bilishning turli metodlarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik usullar qo‘llash talab etiladi.
Bugungi kunda metodlar 5 guruhga bo‘linadi hamda qator usullarni o‘z ichiga oladi:
1) Amalda sinash, tajriba metodi: tajriba o‘tkazish, amaliyot o‘tkazish; mashq qilish jarayonida qatnashish, mehnat, ishlab chiqarish.
2) Ko‘rgazmali namoyish qilish metodi: o‘quvchi, talabalar tomonidan kuzatish, amaliyot o‘tkazish.
3) Og‘zaki so‘z orqali ifodalanadigan metod: tushuntirish, ongiga etkazish; hikoya qilish; o‘zaro fikr almashuv; suhbat o‘tkazish; yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma berish; ma’ruza; munozara, mubohasa, bahs va boshqalar.
4) Kitob bilan ishlash: o‘qish, o‘rganish, tezda ko‘rib chiqish; sitata keltirish va uning ustida ishlash, bayon yozish; referat yozish, konspekt tuzish.
5) Video metod: kompyuterda mashq, test echish; nazorat o‘tkazish; internetda ishlash; o‘quv filmlarini tayyorlash va namoyish etish; multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va boshqa shu kabilarni qamrab oladi.
“Qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh etish” mavzusini talabalarga tushuntirishda yuqorida keltirilgan metodlar yaxshi samara beradi.
Darslarda ko‘rgazmalikka – turli albom, plakatlar, badiiy asarlardan namunalar o‘qishga alohida ahamiyat berish ham yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari darslarga soha bo‘yicha etuk mutaxassislarni taklif qilish, ular bilan muloqotda bo‘lish “Fuqarolik jamiyati” darslarining samaradorligini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |