1-mavzu: “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi reja



Download 194,03 Kb.
bet23/63
Sana23.05.2022
Hajmi194,03 Kb.
#608133
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
2 5373137158267736473

ABU RAYHON BERUNIY
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973-yili Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Beruniyni Kat shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Beruniy yashagan davr Xorazm va butun O‘rta Osiyoning arablar hukmronligidan ozod bo‘1gan paytiga to‘g‘ri keladi. U dastlabki chuqur va keng qamrovli ma’lumotni Xorazmning yirik madaniyat hamda savdo markazi Urganch shahrida oladi. Beruniy arab, sug‘diy, fors va qadimgi yahudiy tillarini yaxshi bilgan. U buxorolik buyuk olim Abu Ali ibn Sino bilan yaqin do‘st bo‘lib, ilmiy aloqada bo‘lgan. Beruniy 18 yoshidan boshlab Xorazm rasadxonasida ilmiy kuzatishlar olib borgan. 19 yoshida esa “Ajdodlarimiz xotirasi” nomli birinchi asarini yozgan. Shohlarning o‘zaro urushlari iste’dodli olimning bir joyda yashab, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilgan. U o‘z yurtidan uzoqlarda - Bag‘dodda, Hindiston va boshqa mamlakatlarda yashab, dunyo ilm ahlini hayratda qoldirgan ilmiy asarlarini yaratgan.
Beruniy barcha ko‘rgan narsalari va kuzatgan hodisalari, olib borgan ilmiy ishlari asosida 150 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Ularda matematika, astronomiya, fizika, geografiya, kartografiya, umumiy geologiya, mineralogiya, botanika, farmakologiya, tibbiyot, iqlimshunoslik, etnografiya, tarix, falsafa, filologiya kabi ko‘plab fanlarga oid qimmatli ilmiy xulosalar yoritilgan. Beruniy birinchi bo‘lib Yerning Quyosh atrofida aylanishini aytgan. Yer aylanasining uzunligini aniqlab bergan. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida ko‘pgina xalqlarning islom dinigacha bo‘lgan tarixi, madaniyati, kalendarlari haqida ajoyib ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, uning “Hindiston” asari Hindistonning ilk o‘rta asrlar tarixiga doir muhim manba hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy 1048-yili 75 yoshda vafot etdi. Beruniy o‘zining o‘lmas asarlari bilan jahonning eng buyuk olimlari safidan o‘rin oldi. U sharqda birinchi bo‘lib Yerning yumaloq shaklida ekanligini aniqladi, eni 5 metr keladigan globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Oy va Quyoshning tutulishi sabablarini izohladi, dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini aytib berdi. Uning asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan hamda ko‘plab nusxalarda nashr etilgan. Buyuk olimning tug‘ilganiga ming yil to‘lishi butun jahon fani va madaniyati tarixidagi katta voqea sifatida keng nishonlandi. Bobokalonimizning nomi abadiylashtirilgan. Respublikamizdagi bir qator o‘quv yurtlari, maydonlar, xiyobonlar, ko‘chalar uning nomi bilan atalgan. (“Ўзбекистон - буюк алломалар юрти”. Биринчи китоб. Тошкент, “Маънавият”, “Мовароуннаҳр”, 2010. 127-б.)

Download 194,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish