1-topshiriq. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi. So‘zlarni urg‘u yordamida farqlashni o‘rganing. Suzmá (ot, quyuq qatiq) – súzma (fe’l, suvda yoki ovqatni suzish) Tortmá (ot) – tórtma (fe’l) Akadémik (ot) – akademík (sifat) Fízik (ot) – fi zík (sifat)
2-topshiriq. “Qiyoslang”. Jadvaldagi so‘zlarning urg‘usini qo‘yib o‘qing. Namuna asosida beshta so‘zni uch tilda yozib, urg‘usiga diqqat qiling. Namuna: O‘ZBEK TILIDA RUS TILIDA INGLIZ TILIDA xushmuomalá приве́тливая frié ndly qadrdón дорога́я dé ar
3-Topshiriq. She’rni ovoz chiqarib o‘qing. Qaysi so‘z talaffuzida ovo zingiz biroz ko‘tarilganiga e’tibor bering.
Dengizda oqshom suvlarda sekin o‘ynar,
Oltin qayiqchalardek, quyosh alangalari…
4-topshiriq. Quyidagi gaplarda ajratilgan so‘zning talaffuziga e’tibor bering. Ma’nosida qanday farq bo‘layotganiga diqqat qiling. Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (Aynan biz) Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (O‘zbekistonning, boshqa yurtning emas) Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (Bugunimas, kelaja gimiz)
5-topshiriq. Quyidagi qiziqarli topishmoqlarni o‘qing. Qaysi so‘zlar ohangi boshqa so‘zlar ohangidan ajralib turibdi. 1. – Temir ko‘chada qolsa, zanglaydi, oltin ko‘chada qolsa, nima bo‘ladi? – O‘g‘irlanadi.
Munosabat bildiring. 1. “Chayqalar”, “o‘par” kabi so‘zlarning misra boshida kelishi she’rga qanday ohang bag‘ishlayapti? 2. She’rdagi o‘xshatishlarga e’tibor bering. Ularni alohida tovush ohangi bilan o‘qidingizmi?
Gapdagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi gap urg‘usi hisoblanadi.
Tayanch tushunchalar
Intonatsiya — og'zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari.
Nutq melodikasi — gapda ovozning ko'tarilishi va pasayishi
Nutq ritmi — urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarning, ulardagi cho'ziq va qisqa unlilarning qo'llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo'lishi. Temp — nutq oqimining suf ati, tezlik darajasi.
Nutq intensivligi — talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bolishi.
Nutq tembri — nutq oqimida asosiy ton va qo'shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan tovush bo'yoqdorligi.
Pauza — nutq oqimidagi ayrim to'xtalishlar.
Tugallangan intonatsiya — gapga xos intonatsiya.
Tugallanmagan intonatsiya — so'z birikmasiga xos intonatsiya.
Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi — ko'tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi — emotsional gaplarga xos intonatsiya.
Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi — undalmalarga, vokativ va buyruq gaplarga xos intonatsiya. Sanash intonatsiyasi — uyushiq bo'laklami bog'lash vazifasini bajaruvchi intonatsiya.
6-MAVZU: ORFOEPIYA – TO‘G‘RI TALAFFUZ ME’YORLARI. TALAFFUZI QIYIN UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR USTIDA ISHLASH: I-E, O‘-U; J-CH, K-Q, X-H. “ULUG‘ AJDODLARIMIZ: ALP ER TUNGA, SPITAMEN, SHIROQ, TO‘MARIS HAYOTI VA IJODI“ MATNI.
Do'stlaringiz bilan baham: |