1-mavzu: “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi reja



Download 194,03 Kb.
bet21/63
Sana23.05.2022
Hajmi194,03 Kb.
#608133
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
2 5373137158267736473

Savol va topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing va qisqacha gapirib bering.
2. Matndagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ling, satrdan-satrga ko‘chirilmaydigan bo‘g‘inlarni aniqlang.
3. Tarixdan yoki badiiy asarlardan qahramon cho‘pon Shiroq haqida o‘qiganlaringizni matn bilan qiyoslang. Matn mazmunini og‘zaki hikoya qiling.
4. Cho‘pon Shiroq ko‘rsatgan qahramonlikka o‘z munosabatingizni bildiring.


SPITAMEN
Spitamen O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Aleksandr Makedonskiyga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari sifatida nom qoldirgan. Qo‘rqmas xalq qasoskori boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar makedoniyaliklarni ko‘plab marta janglarda mag‘lub etganlar. Grek va Rim tarixchilari asarlarida Spitamenning qaysi shahar yoki qishloqdan ekanligi aniq yozilmagan. Ammo u asosan Politamet (Zarafshon) daryosi bo‘ylarida, Maroqand (Samarqand) shahri atroflarida kechgan voqealar tasvirida ko‘plab tilga olinadi.
Aleksandr qo‘shinlari qancha-qancha shaharlarni, yurtlarni osongina bosib olgan, ammo Sug‘diyonani egallash ularga oson bo‘lmaydi. Ular bu yerda xalqning qattiq qarshiligiga uchrab, ko‘pdan-ko‘p talofat ko‘radilar. Spitamen boshchiligidagi jangchilar hech kutilmagan paytda va joylarda paydo bo‘lishar, dushmanga qaqshatqich zarba berishar va yana tutqich bermay, qutulib ketishar edi. Spitamen jasur, farosatli, tadbirkor, ayni choqda juda hushyor va ziyrak edi. Uning qo‘shinida O‘rta Osiyoning mahalliy aholisi bo‘lgan massagetlar, skiflar, saklar, sug‘dlar o‘zaro birikib harakat qilar edilar. Ular Spitamenni o‘zlarining haqiqiy xaloskori deb bilardilar. Spitamen boylikka qiziqmas, qo‘lga tushgan o‘ljalarni jangchilarga bo‘lib berar edi. U nafaqat dushmanlarni, balki sotqinlik qilgan yurtdoshlarini ham ayamas edi. Spitamen Aleksandrga O‘rta Osiyo qabilalarining nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatdi. Vatanini, xalqini sevishni, o‘z qishlog‘ini, shahrini, yurtini ardoqlashni o‘rta osiyoliklardan o‘rganish kerakligini isbotladi.
Spitamenning o‘limi haqida ham turli xil rivoyatlar mavjud. Ba’zi rivoyatlarda u o‘z xotini tomonidan o‘ldirilgan deyilsa, ayrimlarida sotqin qabiladoshlari tomonidan vahshiylarcha qatl etilgan deyiladi. Sharqning jasur, yengilmas, vatanparvar, mard o‘g‘loni Spitamenning nomi, uning dushmanga qarshi ko‘rsatgan qahramonliklari necha asrlardan beri tildan-tilga, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. U haqida, uning qahramonliklari haqida shoir va yozuvchilarimiz tomonidan ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Shaharlarimizdagi go‘zal xiyobonlar, ko‘rkam ko‘chalar uning muborak nomi bilan ataladi.

Download 194,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish