Sintagma urg'usi Sintagma urg'usi — nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo'lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo'llangan urg'u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg'usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo'lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagma- lardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko'rib chiqaylik: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fiiqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g‘oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi.» (Prezident I. Karimovning 1995-yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzasidan). Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1. «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». 2. «Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi». Har bir gap nutqning fonetik bo'linishida bir frazaga teng bo'lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma'lum bo'ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita - intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo'linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar - sintagmalar bor: a) «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi»;b) «yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg'u (sintagma urg'usi) bilan yakunlangan bo'lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi «maqsadi» so'zining so'nggi bo'g'ini ochiq bo'lib, bu bo'g'indagi «i» unlisi cho'ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg'u), tovush toni ko'tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgaq (zarb belgisi), bu hoi shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg'usidan so'ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma urg'usining o'rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o'zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor — Dilbaming onasi. (Bu shifokor — ega sostavi; Dilbaming onasi — kesim sostavi). Bu — shifokor Dilbaming onasi. (Bu — ega, shifokor Dilbaming onasi — kesim sostavi).