Matn yuzasidan topshiriqlar:
1-topshiriq:
a) matnni o‘qing, o‘z tilingizga tarjima qiling;
b) O‘zbekiston Milliy bog‘ida bayram qanday bo‘lishini ta’riflab bering.
c) Tasvir asosida xalq sayli mavzusida ixcham bayon yozing.
d) Navro‘z bayrami dasturini yozing.
26-mashq. Quyidagi matnni o‘qing va osh so‘zining ma’no torayishini tushuntiring. Ng, sh, ch harfiy birikmalari qatnashgan so‘zlarni uch ustunga bo‘lib ko‘chiring.
Palov, osh – asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek, Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom. Masallig‘i va tayyorlanish uslubi bo‘yicha xima-xil turlarga bo‘linadi va har bir mamlakatda o‘zgacha tarzda tayyorlanadi. Oshning asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yog‘, go‘sht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. O‘zbekistonda o‘zbekcha palov o‘zbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, to‘y-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib iste’mol qilinadi.
13-MAVZU: ANTONIMLAR VA PARONIMLAR, ULARNING TURLARI: LEKSIK, FRAZEOLOGIK VA MORFOLOGIK ANTONIMLAR VA PARONIMLAR. “SAMARQAND – SHARQ GAVHARI” MATNI.
O‘zbek tilining lug‘at boyligi. Antonimlar va paronimlar
Zid ma’noli so‘zlar – (antonimlar yunoncha anti – “zid”, “qarama-qarshi”, onoma yoki onyma “nom”) qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. Antonimik juftlikdagi so‘zlar faqat bir xil so‘z turkumlariga oid bo‘ladi: yer-osmon (ot), uzun-qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), kеldi – kеtdi (fе’l).
Paronimlar (talaffuzdosh so‘zlar) – ruscha para, ya’ni “juft” va yunoncha onoma yoki onyma, ya’ni “nom” dеgani bo‘lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Paronimlar ko‘pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, tanbur - tambur, amr - amir. Paronimlar ba'zan og‘zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so‘z turkumiga ham, turli so‘z turkumlariga ham oid bo‘lishi mumkin: zirak (ot) – ziyrak (sifat); asr (ot) – asir (ot).
Leksikologiya yunoncha leksikos (lug‘at,so‘z) va logos (ta’lim, fik) so‘zlaridan olingan.
Omonimlar. Omonimlar talaffuz va yozilishiga ko‘ra bir xil, ammo anglatgan ma’nosi turli xil bo‘ladi.Omonim so‘zi grekcha bo‘lib bir xil demakdir. Masalan: sir- davlat siri, oynaning siri, kostrulning siri: ot-ism, hayvon,atama,fe’l kabi.
Sinonimlar. Sinonimlar yozilishi va talaffuzi jihatidan turlicha , anglatadigan ma’nolari esa o‘zaro yaqin bo‘lgan so‘zlardir. M. osmon,havo,ko‘k,falak,gardun . Antonimlar. Bir-biriga zid, qarama-qarshi ma`nolarni ifodalovchi so‘zlar antonimdir. Masalan; . Yosh- qari bir-birini inkor etish bilan yangi bir ma`noni anglatadi..
Paronimlar. Yozilishi va ma’nosi farqli bo‘lib, talaffuzidagina o‘xshash bo‘lib qoladigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.M: asr-asir, amr-amir, azm-azim, abzal-afzal, dars-darz, mard-mart, tuna-to‘na, oils- alis, sila-siyla , tus-to‘s, zirak-ziyrak, fakt- pakt, oxir-oxur… .
|
Лексикология - изучает словарный состав языка. Слова бывают однозначными и многозначными.
Слова, одинаковые по звучанию и написанию, но разные по значению называются омонимами. Например: olma - яблоко, olma - не бери
Синонимы - это слова, различные по написанию и звучанию, но одинаковые по значению.
Например: юз, афт (лицо).
.
Антонимы - это слова с противоположными значениями.
Например: большой-маленький, хороший-плохой,.
широкий-узкий.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |