О’z-о’zini boshqarishning afzalliklari
О’qitish tizimida о’z-о’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun о’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki о’z-о’zini boshqarish tufayli о’qitishdagi о’zaro munosabat о’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni о’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. О’z-о’zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va о’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida kо’rishimiz mumkin. О’z-о’zini boshqarish mohiyati о’quvchilarda birinchi о’rinda о’zini mustaqil his qilishi va о’zi kо’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar о’qituvchi о’quvchilarga ma’lum bir mavzuni о’zlashtirishga qiziqtirib borsa о’qituvchi mavqiy nima bilan о’lchanishini bilamiz. Uning mavqei о’z kasbiga muhabbati, о’quvchilariga nisbatan talabchanligi, о’quv dasturi va darsliklardan tо’g‘ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda о’z ustida tinmay izlanib, о’z-о’zini tarbiyalashi bilan о’lchanadi. Kelajagimiz yoshlar qо’lida ekan, biz о’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bо’lib yetishishlari uchun qо’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog‘imiz kerak.
О’qituvchi о’z-о’zini tarbiyalashi uchun, avvalo о’zini atroflicha chuqur о’rganishi, о’z ishidagi yutuq va kamchiliklarni kо’ra olishi kerak.
О’z-о’zini о’rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarini о’rganmay, о’zigni boshqalar bilan qiyos qilmay turib, о’zini shaxs sifatida о’rganish mumnin emas.
Eng avvalo о’qituvchi о’zida pedagogik qobiliyatining qanday xislatlari borligini о’rganishi kerak. Pedagogik faolitiga muhabbat qо’ygan о’qituvchi ishga chin kо’ngildan berilib ishlaydi, hech qanday kо’z bо’yamachilikka yо’l qо’ymaydi. О’z kasbini sevgan о’qituvchi doimiy ravishda g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, о’z predmetini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi.
О’z-о’zini boshqarish о’z faoliyatini tahlil qilishdan va о’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. О’qituvchi о’z ustida ishlashi, о’z-о’zini tarbiyalashda quyidagi uslublardan foydalanadi:
1.О’z-о’zini bilish:
A)О’z- о’zini kuzatish;
B) О’z- о’zini sinash;
V)О’z harakatlarni tahlil qilish
G) О’rtoqlarining fikrini tushuna olish;
2.О’ziga baho berish:
A) О’z- о’zini tanqid qilish;
B) О’ziga xarakteristika berish;
V) О’z-о’zini taqdirlash;
G)О’z-о’zini tarbiyalash, tashabbuskorlik va mustaqilikka undaydi;
О’z-о’zini nazorat qilish uchun о’zining yurish-turishi, iitizomi, ijobiy odatlarini ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishini kuzatib boradi. О’z-о’zini baholay olishi о’qituvchini, о’z imkoniyatlarini baholashda, о’zidagi qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
О’kituvchn о’z-о’zini tarbiyalash bilan birga о’z ustida tinmay ishlab, о’zining g‘oyavyay-siyosiy ongini doimiy ravishda о’stirib va pedagogik mahoratini takomillashtirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |