3-mashg’ulot. Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta`sirini o`rganish
Mashg’ulotdan maqsad. Odamda arterial qon bosimini va pulsni o’lchash usullarini o’zlashtirish.
Kerakli jihozlar: Tonometr, fonendaskop, sekundometr, spirt, pahta.
Nazariy tushuncha. Arteriya tomirlaridagi qon hamma vaqt ma'lum bosim ostida harakatlanadi.
Sog’lom odamning qon bosimi bir maromda saqlanib, turli kasalliklarda pasayishi yoki ortishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishi ohirida sistolik yoki maksimal bosim, bo’shashish vaqtida esa diastolik ya'ni minimal bosim yuzaga keladi.Odatda, nafas olish vaqtida qon bosimi ko’tariladi, nafas chiqarish vaqtida esa aksincha, pasayadi. Muskul ishi va hayajonlanish (emotsiya) da ham qon bosimining ortishi kuzatiladi.Biroq u sog’lom odamda ishdan keyin va hayajonlanish ortib ketgach o’z holatiga qaytadi.
Odamda arteriya qon bosimi tanometr yordamida o’lchab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |