Ishni bajarish tartibi.
1. O'qituvchi birinchi va ikkinchi jadvallarni batafsil tushuntiradi.
2. Har qaysi o'quvchi o'z yoshini hisobga olgan holda birinchi jadvaldan foydalanib, bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog', uglevodlar va qancha kkal energiya bo'lishi kerakligini aniqlaydi.
3. Ovqat ratsioniga kiradigan oqsil, yog', uglevodlar yuqorida ko'rsatilgan oziq mahsulotlari tarkibida necha grammdan bo'lishi 2- jadvaldan aniqlanadi.
4. Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioniga kiritiladigan asosiy oziq mahsulotlarining miqdori (g hisobida) va ulardan ajraladigan energiya (kkal hisobida) hisoblab chiqariladi.
5. Aniqlangan natijalarni o'quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |