4-amaliy mashg’ulot mavzusi. Ovqat ratsionini tuzish. Ovqatlanish gigiyenasi.
Nazariy tushuncha. Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioni bu odam organizmi uchun bir kecha-kunduzda zarur bo'lgan barcha ovqatlar yig'indisidir. Ovqat ratsioni har bir odamning bajaradigan ishini, ob-havo sharoitini, bolalar va o'smirlarning yoshini hisobga olgan holda tuziladi.
Mashg'ulotdan maqsad. O'quvchilar o'z yoshini, tana massasini hisobga olgan holda bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioni tuzishni o'rganish. Zarur asbob va jihozlar: bolalar va o'smirlarning yoshiga qarab, ularga bir kecha-kunduzda zarur bo'lgan oqsil, yog', uglevodlar miqdori 1- va 2- jadvallarda ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |