Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi talabaning bilak arteriyasi pulsidan 1 minutdagi qisqarish soni quyidagi holatlarda sanaladi.
O’tirgan holatda.Tik turgan holatda.Har gal puls bir minut o’tkazilib sanaladi.Yurak faoliyatiga muskul ishining ta'sirini kuzatish uchun tekshiruvchi talabaga biron-bir jismoniy ish bajarish yoki 20 marta o’tirib turish yoki bo’lmasa, turgan joyida 1 minut davomida yugurish taklif etiladi.Ish tugashi bilan yurakning 1 minutdagi qisqarish soni qayta sanaladi.
Normada katta kishilarning yuragi minutiga 70-72 marta qisqaradi. Mashsulotdan olingan natijalarni quyidagi tarzda albomga yozib, xulosa chiqariladi. O’qituvchi talabalarning tushunchalarini so’rab baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |