Ishdan maqsad. Refleks hosil bo’lishi uchun yoyining hamma to’la ishtirok etishi zarurligini ko’rsatish.
Kerakli jihozlar. Mavzuga oid plakatlar,tarqatma materiallar,elektron slaydlar asosida.
Nazariy tushuncha. Refleks deganda tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'surotga markaziy nerv sistemasi ishtirokida organizmning bergan javob reaksiyasi tushiniladi.
Refleks organizmning atrof-muhit bilan aniq, nozik bog’lanish va organizm ichidagi jaroyonlarni boshqarish hamda nazorat qilish reaksiyasi bo’lib hisoblanadi.
Refleks hosil bo’lishida qo’zg’alish o’tadigan yo’l refleks yoyi deb ataladi.
Refleks yoyi. Har bir refleksning refleks yoyi bo’lib, u quyidagi qismlardan iborat:
1) retseptorlar- to’qima va organizmlarda joylashgan bo’lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo’zg’aladi;
2) sezuvchi nerv tolasi – retseptorning qo’zg’alishidan hosil bo’lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi.
3) nerv markazi – miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat;
4) harakatlantiruvchi nerv tolasi – nerv markazidagi qo’zg’alishni ishchi organga yetkazadi;
5) ishchi organ – muskul, bez, qon tomirlari va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |