1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Nutq texnikasi 
Notiqning nutqi ravon, tushunarli va yoqimli bo‘lishi kerak. CHunki 


notiqning nutqi so‘zlovchi – tinglovchi munosabatini o‘rnatishda hamda ularning 
o‘zaro tushunishlarini ta’minlaydigan asosiy vositalardan biridir. Bunda 
so‘zlovchining tinglovchilarga murojaati, salomlashishi, talablarni qo‘yishi, 
ogohlantirishi, gapirish ohangi, yuz ifodasi, nigohi, savol berish va javob olish 
usullarining barchasi muhim hisoblanadi. 
Mashhur rus olimi M.V.Lomonosov o‘zining “Notiqlik bo‘yicha qisqacha 
qo‘llanma"sida notiq bo‘lish uchun avvalo, tabiiy qobiliyat zarurligini, tabiiy 
qobiliyat esa ruhiy va jismoniy turlarga bo‘linishini aytadi. Olim jismoniy
qobiliyat deganda baland va yoqimli ovoz, uzun nafas va baquvvat ko‘krak, 
shuningdek, sog‘lom tana va kelishgan qomatni nazarda tutadi. 
Bugungi kunda notiqlarning yoki o‘qituvchilarning og‘zaki nutqida barcha 
kommunikativ sifatlar mavjud bo‘lsa-yu, lekin ularning ovozida u yoki bu nuqson 
sezilsa, bunday nutq ta’sir kuchining yarmini yo‘qotadi. 
“Tabiiy jismoniy 
qobiliyat” 
sifatidagi xirqiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlar hech qachon 
yoqimli bo‘lolmaydi. Bunday yoqimsiz ovozdan “libos kiygan” fikrlarning 
ko‘pgina qismi nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo‘lmish 
quloqdan o‘tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi qo‘ygan maqsad – 
muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal va ta’sirli tarzda etkazish uchun qulay
sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. Tabiatan ana shunday “quloqni
qiynaydigan” ovozga ega bo‘lgan odam o‘z ishining samarasidan chinakam huzur 
topishi, SHayx Sa’diyning “Guliston” idagi muazzin holiga tushmasligi uchun 
faoliyatining asosiy quroli nutq bo‘lmagan boshqa kasblarning etagini tutgani 
ma’qul. 
To‘liq, mukammal shakllangan, talab darajasidagi nutq texnikasi notiq yoki 
o‘qituvchining( umuman, so‘zlovchining) umumiy nutqiy madaniyatining eng 
muhim uzvi hisoblanadi. Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri 
voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami nutq texnikasidir. Bunda ovozning 
sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va tovush qo‘shilmalarini aniq 
talaffuz qilish, aniq diksiya kabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq 
texnikasidagi bosh masala ovoz masalasidir. Asosiy quroli nutq bo‘lgan har bir 
odam uchun ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. 
Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim: 
-jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 
-keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan 
darajasi); 
-havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega bo‘lishi); 
-ixchamlik, harakatchanlik; 
-chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish); 
-moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga 
moslasha olishi); 
-qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi 
tembr va tessituraning o‘zgarib turishi); 
-suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash va bu orqali qanday so‘z 
aytilayotganidan qat’iy nazar tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati). 
Buning uchun notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim. 


Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementlaridan hisoblanadi. Notiqning 
asosiy mehnat quroli uning ovozidir. Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish natijasida 
kulgiga qolish, qattiq va qo‘pol ohangda gapirish bilan notiq o‘zini so‘zlovchidan 
uzoqlashtirishi, noto‘g‘ri nafas olish orqali paydo bo‘ladigan hansirash, yurakning 
tez-tez urib ketishi, qizarib ketish singari holatlar natijasida aniq gapira olmasligi 
mumkin. Shuning uchun notiq nutqiga bir qator talablar qo‘yiladi va ushbu talablar 
kasbiy faoliyat jarayonida hal qilinadi hamda aniqlanadi: 
1.
Notiqning ovozi tinglovchilarda yoqimsiz hislarni uyg‘otmasligi kerak, 
aksincha, shirador va jozibador bo‘lishi lozim. 
2.
Notiqning ovozida havodorlik bo‘lishi kerak, ya’ni o‘z ovozini boshqara olish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘zi uchun emas, o‘quvchilar tinglashi uchun gapirishi 
lozim. 
3.
Ovoz – bu notiqning quroli bo‘lganligi tufayli ham tinglovchilarga qo‘ygan 
talablarini bajartira olish ohangini tanlay bilishi kerak. 
4.
Notiq vaziyatga qarab ovoz xususiyatlarini o‘zgartirib turishi lozim. 
5.
Notiq nutq apparatiga ko‘p kuch tushganligi sababli uning ovozi chidamli 
bo‘lishi zarur. 
SHunga ko‘ra, notiqning ovozi jozibador, havodor, chidamli va harakatchan 
bo‘lishi kerak. Mazkur sifatlarni shakllantirish va ovozni sozlash bir qator 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Notiq ovozining shirador va jozibador bo‘lishiga 
ashula darslarida hamda maxsus mashqlar qilish natijasida erishsa bo‘ladi. 
Masalan: 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish