12
vositasi bo‘lmasdan, balki muloqot egalariga muayyan axloqiy va estetik ta’sir etishini
ham ko‘zda tutadi. SHu sababli Ibn Sino
“Kishi nutqining kuchi shundaki, u boshqa
kishilarga ham ta’sir qila oladi”
deb hisoblagan.
Ibn Sino nutq madaniyati, nutqning sifatiga xos belgilaridan tashqari nutq
texnikasi, notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ba’zi talablar haqida ham fikr yuritgan.
Masalan, ovozdan o‘rinli foydalanish yuzasidan shunday maslahat bergan:
“Ovozni
yo‘qotmaslik, nafas olish organini ishdan chiqarmaslik uchun, avvalo, o‘qishni past
ovoz bilan boshlab, keyinchalik asta- sekin kuchaytirish, lekin kuchli ovoz bilan o‘qish
ham uzoq davom etmasligi kerak”
.
Yaxshi do‘st qaysi yo‘l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga
yordam berishi mumkinligi masalasiga ibn Sino alohida e’tibor beradi va notiq
quyidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:
1.
Nasihat qo‘pol ohangda berilmasligi kerak.
2.
Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
3.
Nasihatga ko‘p berilmasdan, o‘rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak.
4.
Nasihatni muloyim ohangda, yolg‘iz olib borish kerak.
5.
Agar ta’na qilmoqchi bo‘lsang, boshqalar kamchiligi bilan qiyoslab ta’na qil.
6.
Agar o‘z e’tiqodingni aytmoqchi bo‘lsang, faqat bir faktga tayanma, balki
ko‘p masalalar bilan isbotla, suhbatdoshingni buni yuragiga yaqin olishga, shu narsa
haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir.
7.
Agar suhbatdoshing sening gaplaringga e’tibor bilan quloq solayotgan
bo‘lsa, suhbatni oxirigacha davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin uning
e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga bur. Abu Ali ibn Sinoning
o‘qituvchining nutqi, uning qisqa, aniq, ortiqcha so‘zlardan xoli, tinglovchining yoshi,
aqliy darajasiga mos bo‘lishi yuzasidan aytgan fikrlari Beruniy mulohazalari bilan
hamohangdir.
Ming yil muqaddam bitilgan allomamizning bu fikrlari barkamol avlodni to‘g‘ri
yo‘lga solishga, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk qilishga, ularning bir-birlari bilan
muloqot qilgandagina komil inson bo‘lib etishishlarini tasdiqlaydi.
Savollar:
1.
Notiqlik san’ati dastlab qaerda shakllangan?
2.
Notiqlik san’at darajasiga ko‘tarilishiga nima sabab bo‘lgan?
3.
Logograflar bilan sinegorlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat
bo‘lgan?
4.
Demosfenning notiqlik san’ati tarixidagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi?
5.
Lisiyning notiqlikka qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot bering?
6.
Sharq notiqlik san’ati tarixi haqida nimalarni bilasiz?
7.
Buyuk allomalarning nutq va til haqidagi fikrlarini bilasizmi?
8.
Beruniyning grammatikaga oid fikrlarida qanday ilmiy g‘oyalar ilgari surilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: