1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

3.
 
O‘zbek tilida so‘z yasalish me’yorlari mavjud. 
Har 
qanday yasaladigan so‘z me’yor doirasida bo‘lish kerak. Agar shu me’yorga 
amal qilinmasa, tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan: -gich, (-
g‘ich,- qich,- kich) qo‘shilmasi faol yasovchi qo‘shimchalar bo‘lib, fe’lga 


qo‘shiladi, narsa-qurol otini yasaydi. Masalan: 
suzgich, qirg‘ich, qisqich, 
ko‘rsatkich 
kabi. Bu qo‘shimchalar ot turkumidagi so‘zga qo‘shila olmaydi. 
Mustaqillikning ilk yillarida forscha -
noma 
va –
goh 
qo‘shimchalaridan ham 
ko‘p so‘zlar yasashga harakat qilindi. –
noma 
qo‘shimchasi matn turini 
bildiruvchi ot turkumidagi so‘zga bog‘lanishi kerak, -
goh 
qo‘shimchasi esa 
harakat sodir bo‘ladigan joyni bildiradigan so‘zni ifodalaydi. Bu 
qo‘shimchalardan yasalgan ba’zi so‘zlar o‘zidan oldingi lisoniy iste’molda 
bo‘lgan ruscha-baynalmilal so‘zning ma’nosini to‘liq ifodalab berolmaydi. 
Masalan, «o‘yingoh» so‘zi to‘g‘ri yasalgan bo‘lsa-da, ikki so‘z o‘rtasida 
semantik izomorfizm etishmasligi sababli «stadion» leksemasi o‘rnini to‘la 
bosolmaydi. Shuning uchun so‘z yasashda lingvistik bilim va ekspertiza juda 
ham zarurdir. 
Ba’zi bir yozuvchi shoirlar turli badiiy estetik maqsad asosida bu 
me’yorlarni buzadi va uning nutqi noto‘g‘ri deb hisoblanmaydi. Masalan, 
M.Yusuf ijodida 
quyoshiston, yurtfurush, bulbulzabon, tahoratkash 
kabi, 
A.Qodiriy ijodida 
qorong‘uzor 
kabi yangi yasalmalarni ishlatadi. 
4.
 
Grammatik 
me’yorlar 
morfologik 
va 
sintaktik 
me’yorlardan tashkil topadi. Adabiy morfologik me’yorlarning nutqda buzilishi 
tez-tez uchrab turadi. Bu qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigini 
almashtirishdir. Qoida bo‘yicha qaratqich kelishigi ot so‘z turkumiga, tushum 
kelishigi fe’lga bog‘lanadi. Ammo mazkur me’yor shevalar va og‘zaki nutq 
ta’sirida kuchsizlanadi. Hozirgi kunda bu kelishikni almashtirish hollari ko‘p 
uchraydi. (
daraxtni bargi, talabani kitobi 
va h.k.) Qaratqich va tushum kelishigi 
nutqda belgili va belgisiz qo‘llana oladi, bunda ham tegishli me’yorlar bor. 
Belgili qo‘llanganda, aniqlik, ta’kidlash ma’nolari, belgisiz qo‘llanganda esa 
umumiylik ma’nolarini beradi. Nutqda bir kelishikning o‘rnida boshqasini 
qo‘llash holatlari uchraydi. Masalan, Samarqand, Buxoro, SHahrisabz kabi 
sheva vakillari nutqida o‘rin-payt kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini ishlatish 
hollari uchraydi. Masalan, 
Toshkentga o‘qimoq, dalaga ishlamoq, poezdga 
kelmoq
. Bu holatlar me’yorning buzilishidir. 
Senga bitta gapim bor, hali 
poezdga aytaman 
deyilsa, boshqa sheva vakillari tomonidan “
senga aytadigan 
gapimni senga emas, poezdga aytaman” 
tarzida kulgili mazmunni ifodalaydi. 
Tushum va chiqish kelishigining ma’nosi bilan bog‘liq ikki holatni 
qiyoslang: uzumni emoq - uzumdan emoq. Qismni –dan, butunni –ni ifodalaydi. 
Uzumdan paqqos tushirdi 
gapida kelishik qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish