1-mavzu: Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili). Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari



Download 183,5 Kb.
bet9/16
Sana10.11.2022
Hajmi183,5 Kb.
#862954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1-mavzu Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqi

Tirening qo‘llanish o‘rinlari
1. Ot-kesimli gaplarda kesimlik bog‘lamasi qo‘llanmagan holatlarda ega va kesim o‘rtasida tire qo‘yiladi. Masalan: ..Har bir kashfiyot – kollektiv intilishlarining mahsuli! (О‘.U.)
2. Ot-kesimli gaplarda kesimlik bog‘lamasi qo‘llansa-da, eganing ma’nosini alohida ta’kidlash maqsadida ega va kesim orasida tire ishlatiladi: О‘sish – ulg‘ayish demakdir.
3. Ajratilgan bo‘laklarni boshqa gap bo‘laklaridan chegaralash, ularni alohida ta’kidlash maqsadida tire qo‘llanadi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: a) ajratilgan bo‘lak o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan bir umumiy grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ajratilgan bo‘lakning oldidangina tire qo‘yiladi. Masalan: Qiz o‘sha xonada – oxirgi bo‘lmada edi. (So‘zl.); b) uyushiq ajratilgan bo‘laklar orasida vergul qo‘llanganda, bu bo‘laklar har ikki tomondan tire bilan ajratiladi. Masalan: Allaqayda- kovakdami, terakzordami- qurbaqa qurillab, ko‘klamni olqishlaydi. (S.Ahm.); v) kesimga yaqin holatdagi izoh xarakteridagi ajratilgan bo‘laklarning oldidan tire qo‘yiladi. Masalan: Mashinaning xo‘jayini-chol anqayib qolgan edi. (A.M.); d) mazmunan izohlanadigan bo‘lakdek shaklga ega ajratilgan bo‘laklar har ikki tomondan tire bilan chegaralanadi. Masalan: Hamma narsa- uylar, devorlar- qorong‘ilikka cho‘kdi. (O.)
4. Kiritmalarni chegaralashda har ikki tomondan tire qo‘yiladi: Esiz, hammasi puchga chiqdi — hozirgi yoshlar nimalar qilishmaydi – endi boshqa yo‘lni qidirmasak bo‘lmas. («Yoshlik».)
5. Biror tashkilot, muassasa nomini bildirgan ikki atoqli ot orasida tire qo‘yiladi. Masalan: Angren-Toshkent poyezdi.
6. Makon va zamon o‘rtasidagi chegarani ifoda etishda, sahifalarni qayd etishda tire qo‘yiladi. Masalan: 60-70 yillar, 54-68-betlar, X-X1 asrlar.
7. Qaror, farmon, ko‘rsatmalarda numerativlar o‘rnida tireni quyish mumkin bo‘ladi.
8. Kesimi yoki kesim tarkibi qo‘llanmagan elliptik gaplarda egadan so‘ng tire qo‘yiladi. Masalan: Hamma—hasharga!
9. Uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi so‘zdan ajratishda uyushiq bo‘laklardan so‘ng tire qo‘yiladi. Masalan: Aql, iroda, mantiq- hammasi bor... (A.M.)
10. Bog‘lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida ta’kid, zidlik, shart, sabab, payt, o‘xshatish mazmuniy munosabatlari shakllanganda, gap tarkibiy qismlari orasida tire qo‘yiladi. Masalan: Hech erni qilma orzu—u yerda bor toshu tarozi. (Maqol.). Kechasi xizmatda-kunduzi izzatda. It huradi-karvon o‘tadi. (Maqol.) Amalga mag‘rur bo‘lsang- to‘zdiradi.. Shu yo‘l bilan bordik—etdik murodga (U.) Bahor keldi—dala ishlari qizib ketadi. Erga qaradim – yerga qaradim. (Maqol.).
11. Tarkibiy qismi elliptik qo‘llanishga ega bo‘lgan gapning ega vaziyatidagi bo‘lagidan so‘ng tire ishlatiladi: Oltin o‘tda bilinadi, odam— mehnatda. (Maqol.)
12. Dialogli qurilmalarda personajlar nutqini bir-biridan ajratishda tire qo‘yiladi. Masalan:
- Elnurni tanirdingizmi? - Elnurni?! (S.A.)
13. Ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun tire qo‘yiladi. Masalan: Bilasizmi,-dedi Nosirov,— keyingi ikki yil ichida rahbar besh marta almashinibdi. (A. Q.)

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish