1-mavzu: Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili). Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari



Download 183,5 Kb.
bet11/16
Sana10.11.2022
Hajmi183,5 Kb.
#862954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqi

Fonetik uslubiyat

  • Leksik uslubiyat

  • Grammatik uslubiyat

    Fonetik uslubiyat nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.
    Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari.

    1. asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.

    2. da, -va, -qa (yoki –q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi.

    Urg‘uning uslubiy xususiyatlari
    So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin: yangi kiyim(sifat) – yangi damlandi (ravish).
    Gapda ohangning o‘zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
    Leksik uslubiyatda lug‘aviy birliklarning uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi. 1.Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti.
    2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatdan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimikqatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. Shuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zning ishlatilish doirasi keng, qolganlarniki esa chegaralangan.
    3.Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalanmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: ... choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi.Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligini o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deyiladi.
    Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik orqasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Chanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak.
    5. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir.Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kovushi... (“Alpomish” dostonidan).
    6.Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) qo‘llanadi: Zolim jallod bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan)

    Download 183,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish