To‘g‘ri chiziq kesmasini bo‘lish. Texnik detallarning chizmalari chizilayotganda ba’zida,
oraliqlari o‘zaro teng bo‘lgan aylanali silindrik teshiklarning bitta o‘qda joylashganini
uchratamiz. Bundan tashqari ko‘p geometrik yasashlarda to‘g‘ri chiziqlarni ma’lum miqdorda
teng bo‘laklarga bo‘lish talab qilinadi. Masalan, AB kesmani o‘zaro teng 5 ta qismga bo‘lish
uchun, to‘g‘ri chiziq kesmasining A nuqtasidan ixtiyoriy burchakda yordamchi to‘g‘ri chiziq
o‘tkaziladi (1.4- a rasm). SHu chizilgan yordamchi A nuqtadan boshlab ixtiyoriy uzunlikdagi bir
xil 5 ta kesma o‘lchab qo‘yiladi (1.4- b chizma). Eng oxirgi 5 nuqtani V nuqta bilan tutashtirib, 4,
3, 2 va / nuqtalardan B5 ga parallel chiziqlar chiziladi (1.4- c rasm). Shunda AB kesma o‘zaro
teng 5 qismga bo‘linadi.
1.5- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |