1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani



Download 1.01 Mb.
bet1/34
Sana29.11.2019
Hajmi1.01 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-MAVZU: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish

uslubi
Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun, u shu korxonalarda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalangan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.

Korxonalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida o’z faoliyatlari yo’nalishlarini belgilashda 3 ta asosiy vazifani hal qilishlariga to’g’ri keladi. Birinchidan, nima ishlab chiqarishi; ikkinchidan, qanday ishlab chiqarishi; uchinchidan, kimga va qancha ishlab chiqarishi lozimligini aniqlashi lozim.

Xulosa qilib aytish mumkinki, “Mikroiqtisodiyot” fani mamlakat xalq xo’jaligini asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishda, rivojlantirishda, mamlakat milliy boyligini ko’paytirishda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishda, mavjud iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim rol o’ynaydi.

2. Fanning maqsadi, vazifasi va o’rganish usullari.

Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi.

Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi.

Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.

Mikroiqtisodiyot” fani barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda amal qiluvchi fan bo’lib, tarmoq iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan fanlar bilan ham aloqada bo’ladi.Bular jumlasiga: “Sanoat iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti” kabi fanlarni kiritish mumkin.

“Mikroiqtisodiyot” fani matematik usuldan keng foydalanadi. Bunda iqtisodiyotda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillarni ta’sirini, ularni o’zaro bog’liqligini aniqlashda matematik funktsiyalar tuziladi. Funktsiyalarning mohiyati, o’zgaruvchan miqdorlarning o’zaro bog’liqligini ifoda etishdan iborat. Funktsiyaning quydagi 3 xil ko’rinishidan foydalanish mumkin:

Algebraik ko’rinishi. Bunda funktsional o’zaro bog’liqlik algebraik formula shaklida yoziladi. Masalan, turli xildagi istemolchilarning ma’lum turdagi tovarga bo’lgan talabi aniq bo’lsa, shu tovarga bo’lgan jami talab miqdorini aniqlash mumkin:

QD = QD1 + QD2 + QD3

Bu usulda ayrim kamchiliklar mavjud, jumladan, yuqoridagi formulaga asosan jami talab miqdorini aniqlash mumkin, lekin talab qanday holatda qanchaga o’zgarishi to’g’risida ma’lumot bera olmaydi.

Jadval shakldagi funktsiya. Bunda ma’lum tovarga bo’lgan talab va uning bahosi miqdori aniq bo’lsa, ular o’rtasidagi funktsional aloqani topish mumkin.

Grafik usuli. Bu usul ikki o’zgaruvchan miqdorning o’zaro aloqasini to’liq ifoda etadi.

“Mikroiqtisodiyot” fani ana shu usullardan foydalangan holda korxonalar, aloxida ishlab chiqaruvchi va istemolchilar faoliyatini o’rganadi.

Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo’lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo’jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o’zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo’lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko’rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.

Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:



  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1.1-rasm).

Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi

Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. ekzogen o’zgaruvchilar tashqi o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. endogen o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va yerni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

Ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo’ladi.

Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.

Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.

Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi.

Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.

2-MAVZU: Iqtisodiy bazis tushunchalar. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika



1. Iqtisodiy bazis tushunchalar.

Iqtisodiy ehtiyoj - shaxsni, korxonani yoki jamiyatni faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlab turish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslar. Iqtisodiy ehtiyojni iqtisodiy faoliyatga undaydigan ichki kuch sifatida qarash mumkin.

Iqtisodiy ehtiyojni ikki turga bo’lish mumkin: birlamchi ehtiyoj (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy); ikkilamchi ehtiyoj (dam olish, sayohat qilish, sport bilan shug’ullanish, o’qish va hokazo). Umuman olganda, ehtiyoj real va noreal bo’lishi mumkin.



Real ehtiyoj deganda, ushbu ehtiyojni qondirish uchun shaxsning daromadi yetarli bo’lishi taqozo qilinadi.

Noreal ehtiyoj bo’lganda,ehtiyojni qondirish uchun daromad yetarli bo’lmaydi.

Bir-birini o’rnini bosuvchi ne’matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go’sht mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini mol go’shti, qo’y go’shti yoki parranda go’shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo’lgan talabni oshishiga olib keladi.

O’zaro bir – birini to’ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. To’ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.

Tovarning shtrix kodi- Tovarning kodi o’ziga xos ma’lumot manbai bo’lib , undan tovarning qaysi davlatda tayyorlanganligini, qaysi korxona ishlab chiqarganligini va tovar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash mumkin. 13 ta raqamdan iborat 8710335230431tovar kodining birinchi ikki raqami -87 tovar gollandiyada ishlab chiqarilganligini, keyingi 5 ta raqam -10335 tovar ishlab chiqarilgan firmani, keyingi 5ta raqam -23043 tovarning xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Oxirgi raqam esa -1 tovar kodining nazorat raqamini ifodalaydi. Tovarning kodi yordamida u haqiqiy yoki qalbaki ekanligini quydagi sodda arifmetik hisob kitorblar yordamida bilib olish mumkin.

1. CHapdan o’ngga tomon juft o’rnida turgan raqamlar qo’shib chiqiladi: 7+0+3+2+0+3=15

2. chiqqan natija 3 ga ko’paytiriladi: 15*3= 45

3. Toq o’rnida turgan raqamlar qo’shib chiqiladi, oxirgi nazorat raqamidan tashqari: 8+1+3+5+3+4= 24

4. 2 chi natija bilan 3 chi natija qo’shiladi: 45+24= 49

5. chiqqan sonning oxirgi raqami 10 dan ayriladi: 10-9=1

6. Oxirgi natija tovar kodining nazorat raqami bilan bir xil bo’lsa, tovar haqiqiy, aks holda qalbaki bo’ladi.

Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika.

Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha erkin munosabatlar tizimidir.

Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashtirib turadigan joy; ular o’rtasida kelishilgan narx bo’yicha tovar almashuvi sodir bo’ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma’lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to’g’risida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o’tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog’liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo’lgani uchun ham, bozorni transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar hisobiga qayta taqsimlaydi, ya’ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo’jalik sub’ektlari hisobiga.

Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Ishlab chiqaruvchi va istemolchini bir biri bilan bog’lash;

2. Tovar bahosini xolisona shakllantirish;

3. Iqtisodiyotni va ishlab chiqarishni tartibga solib turish;

4. Turli davlatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish.

Bozorlar o’zining hududiy masshtabiga ko’ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo’linadi. Oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, iste’mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog’ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.

Bozorning samarali faoliyat ko’rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog’liq. Transaktsion xarajatlar - bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo’lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaktsion xarajatlar o’z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o’zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog’liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog’liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.

Bozor iqtisodiyoti – tovar, pul munosabatlariga asoslangan va ularning o’ziga xos iqtisodiy qonunlari asosida boshqariladigan iqtisodiyotdir.

Iqtisodchilar R.Linsi, I. Steynerning obrazli aytishi bo’yicha “ Bozor – bu barcha iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchining o’zaro aloqasini ifoda etuvchi sahnadir”. Bozorda faoliyat yurituvchi barcha shaxslarning harakati butun iqtisodiyotning mustahkamlanishiga emas, balki, o’z manfaatlariga qaratilgan. Ana shu barcha yakka tartibda qaror qabul qiluvchilarning faoliyatini tartibga solish bozor iqtisodiyotining yuragi bo’lgan – bozor mexanizmi asosida amalga oshiriladi.



Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quydagilardan iborat:

        1. Ishlab chiqarish resurslari to’g’ri taqsimlanadi, Bozorda resurslar birinchi navbatda jamiyat uchun zarur bo’lgan sohalarga taqsimlanadi.

        2. Qisqa axborot asosida ishlab chiqarish samarali tashkil etiladi. Ishlab chiqaruvchilar baho bilan xarajatni bilgan holda samarali faoliyat olib borishlari mumkin.

        3. Talabga ko’ra ishlab chiqarishni tezda o’zgartirish mumkinligi. Masalan, har yili jahon bozoriga 700 xil yangi radioapparatura sotuvga chiqariladi.

        4. Fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga tezda joriy qilinishi uchun harakat qilinadi.

        5. Iste’molchi va tadbirkorlar ishlab chiqarishda erkin harakat qiladilar.

        6. Barcha ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladilar.

Bozor iqtisodiyotining birmuncha kamchiliklari ham bor, ular quydagilar:

              1. Atrof muhitni himoya qilish mexanizmi yo’qoladi. Faqatgina qonunlar asosida korxonalarni majbur qilish mumkin.

2. Fan-texnika yangiliklarin ishlab chiqarishga tadbiq qilishda ko’pincha, uning oqibatlari hisobga olinmaydi.Masalan, 1948 yili SHvetsiyalik ximik olim P.Myuller DDTni kashf etganligi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ladi. Lekin, 1960 yili uni insonning nasliga zarari borligi aniqlanib, foydalanish taqiqlanadi.

3. Mehnat qilishga, daromad olishga kafolat bermaydi. Har bir kishi o’zi uchun o’zi qayg’urishi kerak. P. Samuelsenning fikricha “ bozor sistemasi tengsizlikni qayta keltirib chiqaradi”.

4. Fanda asosli, chuqur tadqiqot qilishga imkon bermaydi.

5. Bozor ijtimoiy- zaruriy mahsulot ishlab chiqarishga emas balki, puli borlarning talabini qondirishga harakat qiladi. Iqtisodchilar A.Blomkvist va N. Vonnakontning fikricha “ Bozor xo’jalik faoliyatida qatnashuvchilarga keng erkinlik berish bilan birga, iqtisodiy jihatdan himoyasiz kishilarning ochlikdan erkin o’lishiga imkoniyat beradi”.

6. Iqtisodiyotni notekis rivojlanishiga olib keladi, Bu vaziyatda davlat bu vazifani monpol tarzda hal etishi lozim.

3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish.

Ishlab chiqarish imkoniyati – berilgan texnologik rivojlanishda barcha mavjud resurslardan to’liq va samarali foydalangan xolda jamiyatninig iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish qobiliyatidir.

Ishlab chiqarish imkoniyatlar chizig’i odatda qavariq ko’rinishda bo’ladi. Bu shuni ko’rsatadiki, xar bir traktorni ishlab chiqarish oldingisiga ko’ra ko’proq don ishlab chiqarishni qisqartirishni talab qiladi. Jadvaldan va grafikdan ko’rish mumkinki, birinchi traktorni ishlab chiqarish, don ishlab chiqarishni 0,3 mln. tonnaga qisqartirilgan bo’lsa, ikkinchisi-0,4 mln. tonnaga, uchinchisi-0,5 mln. tonnaga va xokazo.




Дон, млн. т

Трактор, дона


2.1-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i.

Talab va taklif tahlili asoslari. (2-soat)
Extiyoj va talab o’rtasidagi farq.

Bozorda xaridorlar u yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar. Bozorning bir tomonida talab, ikkinchi tomonida taklif turadi. Talab – to’lovga qobil extiyoj bo’lib, xaridorlarning ma’lum miqdorda va turdagi tovarlarni ma’lum narx bilan va ma’lum vaqt davomida sotib olish ishtiyoqini bildiradi.

Talab asosida ehtiyoj yotadi va bu ehtiyoj bozorda talab shakliga kiradi. Ammo talab bo’lishi uchun tovarning xaridorga zarurligi, unga naf keltira olishi kifoya qilmaydi. CHunki, tovarni tekinga bermaydilar.Uni sotib olishi uchun xaridorni puli yetishi shart. Demak, talab tovarga pul to’lash qobilyati bilan ta’minlangan ehtiyojdir. ehtiyoj pul va narx orqali talabga aylanadi.

Ehtiyoj – xarid qobilyatini belgilovchi pul – tovar narxi – talab.


2. Talabning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Talabning turlari ko’p va u g’oyat tabaqalashgan bo’ladi. Uning muhim belgisi yakkalangan holda namoyon bo’lishidir. YAkka talab – ayrim xaridorning o’ziga xos maxsus talabi bo’lib, o’zgalar talabini takrorlamaydi.

Har bir shaxs yoki oilaning o’ziga xos talabi mavjud. Talab kishilarning jismoniy holati, yoshi, jinsi, qaerda va kim bo’lib ishlashi, uning shakllangan didi, ta’bi va narx navoga bog’liq bo’ladi.

Bozorda xaridorlar ko’p, shu sababli yakka talablar bilan bozor talabi yoki umumiy talab shakllanadi. Ko’pchilik xaridorlarning muayyan tovarni sotib olishga bo’lgan talabi bozor talabi deyiladi.

Xaridorlar qanchalik ko’p bo’lsa va narx arzon bo’lsa, bozor talabi shuncha ortadi.

Bozorga xos belgi u yerda talabning o’zgaruvchan bo’lishidir. Talabning o’zgarish shiddati unga ta’sir etuvchi omillarning kuchiga bog’liq bo’ladi. Talabga quyidagi omillar ta’sir qiladi.

1.Tovarlarning narxi. Narx pasaysa tovarga talab ortadi, uni ko’proq xarid etishadi. Narx oshsa talab qisqarib, tovar kamroq xarid etiladi. Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo’lishi, u o’rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o’rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.

Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu yerda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funktsiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.

Funktsiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.

Agar funktsiya bitta bog’liq o’zgaruvchi bilan, bitta erkin o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, unga bir o’zgaruvchili funktsiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:



.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat