1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani



Download 1,01 Mb.
bet6/34
Sana29.11.2019
Hajmi1,01 Mb.
#27744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
“Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish


Bozor muvozanati
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.

Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o’rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlanadi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o’rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o’rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba’zi bir xarakteristikalari bilan bog’langan? Qanday qilib ular vaqt bo’yicha o’zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta’sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo’yicha farq qiladi? Nima uchun ba’zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz (3.7-rasm).



3.7 -rasm. Talab va taklif chiziqlari.

Talab va taklif elastikligi.

Talab qonuni. Talabning narxga nisbatan elastikligi.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz, miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir.

Bunga eng muhim misollardan biri bo’lib, narxga bog’liq bo’lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o’zgarishi, unga bo’lgan talabninng necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi.

Bu xodisa talab qonuni bilan izohlanadi.

Talab qonuni – boshqa sharoitlar o’zgarmaganda, bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgarishini bildiradi.

Talab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining teskari mutanosiblikda bog’liqligini ko’rsatadi. Uni



Tv = 1/V * Q

Formulasi bilan ifodalash mumkin. Bunda, Tv – talab, Q – tovar miqdori, V – tovar narxi. Talab qonuniga binoan narx oshsa, talab miqdori qisqaradi, narx pasaysa, talab ortadi.Ammo buning uchun boshqa omillar o’zgarmas deb qaraladi.Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun daromad o’zgarmasligi kerak.Agar daromad narxga nisbatan ko’proq oshsa, talab ham ortadi. Natijada narx bilan talab o’rtasidagi teskari mutanosiblik buziladi. Narx va talabning o’zaro bog’liqligini bilish uchun boshqa omillar o’zgarmaydi deb taxmin qilinadi.



Talabning narxga nisbatan elastikligi bu narxning o’zgarishiga nisbatan talabning naqadar o’zgarganligini bildiradi. Agar narxga javoban talab jiddiy tarzda o’zgarsa, talab elastik hisoblanadi, agar bu o’zgarish sust bo’lsa noelastik talab paydo bo’ladi.Talabning elastikligini ko’p hollarda 4 ta omil yuzaga keltiradi.

Birinchi omil- tovarning qanday extiyojni qondirishiga.Ma’lumki, tovarlar 2 xil bo’ladi: a) kundalik iste’mol tovarlar, bularni hamma iste’mol etadi.b) obro’li, eng zarur bo’lmagan yoki zebu ziynat hosil etuvchi tovarlardir. Bu tovarlarni hamma emas saylangan xaridorlar iste’mol etadi. Bular odatda puldorlar yoki tovar havasmandlari bo’ladi.

Ikkinchi omil. Bozorda o’rinbosar tovarlarning mavjudligi. Masalan sariyog’ narxi oshsa, margaringa talabni oshiradi.Agar tovarning o’rinbosari bo’lmasa, narxning o’zgarishi uning o’ziga bo’lgan talabni elastik qiladi.

Uchinchi omil. Bozorning tavsifi. Agar bozor tor bo’lsa, narx o’zgarishi o’ yerdagi muayyan tovarlarga bo’lgan talabni elastik qiladi. Bordi-yu bozor kengroq bo’lsa substit - o’rinbosar tovarlarni topish mumkin. Bu yerda narxning o’zgarishi talabni boshqa tovarga ko’chiradi.

To’rtinchi omil – bu talabning qanday vaqt oralig’ida o’zgarishi.Agar qisqa vaqtni olsak bunda talabning narxga bog’liq elastikligi sezilmaydi.Uzoq davrda o’ yaqqol bilinadi. Masalan kvartira va kommunal xizmatlar haqi oshsa, dastlab ularga talab o’zgarmay turadi,so’ngra u elastik bo’ladi. CHunki ko’p xonali kvartirani narxi pasayib, ikki yoki bir xonali kvartirani narxi oshadi.

Talabning elastiklik darajasini uning koeffitsenti ifoda etadi. Talabning narxga bog’liq elastiklik koeffitsenti – bu talab hajmi o’zgarishining narxning o’zgarishiga bo’lgan nisbatidir.

Bu o’zgarishlar avval foizlarda ifodalanib, so’ngra nisbatlanadi.Buni quydagicha ifodalash mumkin:

Ek=Tb% / R%

Bunda ek- elastiklik koeffitsenti, Tb- talabning foiz hisobida o’zgarishi, R%- narxning foiz hisobida o’zgarishi.



Buni bir misolda ko’rib chiqamiz. Aytaylik, bir shisha fanta narxi 100 so’mdan 120 so’mga yetdi.Bunga javoban fanta xaridi 12 shishadan 9 shishaga tushib qoldi, demak narx 20 % oshdi.(120-100/100*100=20%)

Talab esa 25% ga qisqardi.(12-9/12*100=25%)

Endi bu ko’rsatkichlarni formulaga tushirsak, ek = 25/20=1,25 yoki

Ek >1. Bunda narxga nisbatan talab tezroq o’zgargan va talab qonuni o’z kuchida qolgan.Bu aksincha ham bo’lishi mumkin,YA’ni ek<1 bo’lsa noelastik talab mavjud bo’ladi.Agar ek=0 bo’lsa, mutlaqo noelastik talab vujudga keladi, ya’ni narxga javoban talabda hech qanday o’zgarish yuz bermaydi.Bordi-yu, ek=1 bo’lsa, narx va talab bir xil o’zgargan bo’ladi, Bunday holatni bir daf’ali yoki birlik elastiklik deyiladi.


Talabning daromadga bog’liq elastikligi.
Narxdan boshqa talabga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu iste’molchining daromadi, ya’ni xarid qurbidir. Narx o’zgarmagan holda daromadning ortishi yoki kamayishi talabning ortishi yoki qisqarishigaolib keladi.Daromadning talabga ta’sir etish darajasi daromad samarasi deyiladi. Narx kabi daromad ham ob’ektivdir. Iste’molchi bozordagi narxni borligicha qabul qiladi, o’ narxni o’z bilganicha o’rnata olmaydi.CHunki buni bozordagi talab va taklif nisbati belgilaydi.

Iste’molchining xar oyda topgan daromadi har xil bo’lishi mumkin va shunga qarab talabning elastikligi yuzaga keladi.



Talabning daromadga bog’liq elastikligi daromadning o’zgarishiga javoban talabning naqadar o’zgarganligini bildiradi.

Narx o’zgarmagan holda daromad o’zgarsa, iste’molchining talabi ham o’zgaradi, chunki uning xarid qobilyati ortadi yoki kamayadi. Talabning daromadga bog’liq elastikligini ham elastiklik koeffitsenti belgilaydi.Talabning daromadga bog’liq elastiklik koeffitsenti – foiz hisobidagi talab hajmining, foiz hisobidagi daromadni o’zgarishiga nisbatidir. Buni ek=Tb% /D% deb ifodalash mumkin.



Tovar nafligining talabga ta’siri.
Tovarlarga talab ularning nafliligiga ham bog’liq. Boshqa omillar o’zgarmas holatida bo’lganda talabning oz yoki ko’p bo’lishini naflilik yuzaga keltiradi. Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshadi, nafliligi past tova

rlarga talab qisqaradi.



Tovarning nafliligi uning kishilar ehtiyojini naqadar qondira olishi, ya’ni iste’molchilarga qoniqish hosil etishidir.

Naflilik bir xil yoki o’rinbosar tovarlarga xos bo’ladi. Tovarlar qanchalik bo’lsa, ulardan engt nafliligini tanlab olish mumkin. Tanlov yuz berganda xaridor o’z puliga qarab tovarlarning eng yaxshisini xarid etadi, demak shularga talab bildiradi. Talab yuzaga kelishi uchun tovarning narxi uning nafliligini aks ettirish kerak, shu sababli sifatsiz, lekin narxi baland tovarlarga talab bildirmaydi.tovardan qoniqish olishi uchun tovarning qadr qiymati muhim, shunga qarab uning xaridi yuz beradi. Tovarning qadr qiymati uning nafliligi va narxining qanday bo’lishidadir.xaridor naflilik va narx bir biriga mos deb bilganda talab yuzaga keladi.

Nflilikning qanday o’zgarishini Marginal(cheklangan) naflilik qonuni ifoda etadi. Marginal ( cheklangan) naflilik qonuniga ko’ra talab qondirilgan sari qo’shimcha xarid etiladigan so’nggi tovarlarnig nafliligi pasayishga moyil bo’ladi.

Talab mutloqo qondirilmagan holda dastlabki tovarlarni nafliligi yuqori bo’lsa, talab qondirila boshlagach so’nggi tovarlarning nafliligi pasaya boradi. Xaridor talabi qondirilgach u naflilikni qabul qilmaydi, hatto narx arzonlashsa ham qo’shimcha tovarlarni xarid etmaydi.Natijada xaridor uchun tovarning qadr qiymati nolga teng bo’lib qoladi.



Marginal naflilik qonuni shuni bildiradiki, qo’shimcha tovarlar nafliligi pasaya borib pirovard natijada u nolga teng bo’lgani uchun bozorga nafliligi yuqori tovarlarni taklif etish zarur bo’ladi.Demak, bu qonun tovarlarning yangilanib turishini, ya’ni mutloqo yangi nafliligi yuqori tovarlarni yaratish, mavjud tovarlar nafliligini bozor talabiga binoan oshirib borish uchun ularni modernizatsiyalash zarurligin talab qiladi. Mazkur qonun talab qonunidan farqliroq talabning narxga emas, balki tovarning nafliligiga bog’liq bo’lishini anglatadi.

Taklif qonuni va taklif elastikligi.

Taklif qonuni – boshqa sharoitlar o’zgarmaganda, taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarishini ifodalaydi. Agar narx talabga teskari ta’sir etsa, taklifga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Taklif qonuni quydagi formula bilan ifodalanadi.

Tv = Q * V

Bunda, Tv – taklif, Q – tovarlar miqdori, V – tovarlar narxi.Taklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo’lsa , taklif shunchalik ko’payadi va aksincha. Taklif qonuni faqat narxning taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda tutmaydi.


Taklif qonuni narx bilan tovar taklifi o’rtasidagi aloqadorlikni ko’rsatadi, bu bog’lanish taklifning elastikligida ifodalanadi.

Narx o’zgarishiga nisbatan taklifning o’zgarish darajasi taklif elastikligi deyiladi.

Taklifning o’zgarishi ko’pgina omillarga bog’liq. Taklif elastikligi koeffitsentini hisoblash uchun taklif va narx o’zgarishi taqqoslanadi:



ek=Tf/v

Bunda, Tf- taklifning foiz hisobidagi o’zgarishi, V- narxning foiz hisobidagi o’zgarishi.

Agar taklifning o’zgarish darajasi narxning o’zgarish darajasidan yuqori bo’lsa, taklif elastik bo’ladi. Bunda elastiklik koeffitsenti birdan yuqoridir, ya’ni ek>1. Masalan, tovar narxi 10 foiz oshgani holda taklif 15 foiz oshsa, elastik taklif paydo bo’ladi.Bunda:

ek=15/10=1,5 ya’ni ek>1

Albatta taklifning elastikligi ma’lum narx doirasida yuz beradi. Buni tushinish uchun olma narxi bilan uning taklifini solishtiramiz. Olma narxi 1000 so’m bo’lganda uning taklifi 100 kg bo’lgan, uning narxi 1200 so’m bo’lganda taklif 140 kg ga yetadi. Narx 200 so’mga yoki 20 foizga oshganda olma taklifi 40 kg yoki 40 foizga ko’paygan. Demak, narx diapazoni 1000-1200 so’m bo’lganda taklif elastik bo’lgan. Bunda 40/20=2 ya’ni ek=2 yoki ek>1.

Bozorda har doim ham taklif narxdan ustun darajada o’savermaydi. Agar taklifning o’zgarishi narxning o’zgarish darajasidan past bo’lsa. Taklif noelastik bo’ladi.Masalan, bozorda kitobning narxi 500 so’m bo’lganda 10 ming dona kitob taklif etilib, jami taklif miqdori 5 mln so’mni tashkil yetdi.Kitobga talab oshib uning narxi 700 so’mga , ya’ni 40 foizga oshdi. Bunga javoban nashriyot qo’shimcha ravishda 1000 dona kitobni bozorga chiqardi. YA’ni jami taklif 10 foizga oshdi.

ek=10/40=0,25. ek=0,25 yoki ek<1.

Demak, taklif noelastik. Mutloq elastik taklif narxning muayyan darajasida cheklanmagan miqdorda tovarlar taklif etilishida ko’rinadi.Ammo cheksizlik abadiy bo’lmaydi. Masalan, don zahiralari ko’p bo’lgani holda dondan o’ta yuqori hosil olindi. SHunday sharoitda narxning oshib borishiga javoban yil davomida don cheksiz taklif etiladi.Ammo bu taklif don butunlay tugaguncha davom etadi, xolos.



Mutloq noelastik taklifni narx o’zgarishlari taklifga hech qanday ta’sir ko’rsatmagan hollarda ko’rish mumkin. Masalan, neftning narxi 70 foizga oshdi, ammo konlar holatiga ko’ra neftni ko’paytirishning hech bir iloji yo’q. SHu sababdan neft taklifi o’zgarmay qolaveradi.

Taklifning elastik bo’lishi shundan darak beradiki, sotuvchilar narx o’zgarishlariga javoban tovarlarni ko’paytirish yoki qisqartirishlari kerak.Ammo noelastik taklif bu ishga imkon bermaydi.Narx oshgani holda taklif o’zgarmay qolishi, hatto qisqarib ketishi ham mumkin.Bunda narx oshgani holda resurs narxi ham oshadi va sarf-xarajatlar ham oshib boradi.Tovar narxi bilan xarajatlar bir xil o’zgarsa, foyda miqdori o’zgarmay qoladi. Bu taklifni qisqarishiga olib keladi.


Iste’molchi tanlovi nazariyasi

1. Iste’molchining bozordagi munosabati.

Iste’molchi deganda, ma’lum tovar yoki xizmatga xoxish va talab bildiruvchi iqtisodiy shaxs tushiniladi. Bu xaridor, mijoz so’zlari bilan sinonimdir.



Iste’molchi tanlovi. Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o’zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag’i bo’lishi kerak. Iste’molchining mablag’i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o’z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi yoki turmush farovonligi darajasi naflik (poleznost) deyiladi.

Ne’matning nafligi - ne’matning inson ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste’mol ob’ektidir.



Iste’mol nazariyasi quyidagi postulatlarga asoslanadi:

1. Iste’molchilar barcha ne’matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi ikkita va
Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish