1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Meva urug’larini stratifikasiyalash (qumlash)



Download 292,88 Kb.
bet41/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Meva urug’larini stratifikasiyalash (qumlash). Stratifikasiyalash so’zi yunoncha “straus” – qatlamli so’zidan olingan bo’lib, urug’larni nam qum bilan qatlam-qatlam qilib, past haroratda uzoq vaqt saqlashdan iborat. Bu bilan urug’larning yetilish davrini o’tashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Ko’pgina meva daraxtlarining urug’lari uchun +50S, danakli meva urug’lari uchun +3-100S gacha va urug’li meva urug’lari uchun +3-80S gacha eng yaxshi harorat hisoblanadi. Bunda past harorat ularning unib chiqishini ta’minlovchi omil bo’libgina qolmay, usiz o’simlik rivojlana olmaydigan sharoit hamdir. Past harorat (-15-200S) uzoq vaqt ta’sir qilinganda stratifikasiyalangan urug’lar unuvchanligini to’liq yo’qotib qo’yadi. Harorat +100S dan yuqori bo’lsa, unib chiqishga tayyorgarlik jarayoni sekinlashadi. Havo yetarli darajada kirib turmaydigan quruq muhitda bu jarayon to’xtab qoladi. Stratifikasiyalash texnikasi ana shu bilan aniqlanadi.
Urug’mevalar urug’ining 1 qismiga 3 qism yirik qum aralashtiriladi. Olcha, gilos, tog’olcha urug’larining 1 qismiga 4-5 qism, o’rik va shaftoli uchun esa 1 qismiga 6-8 qism qum aralashtiriladi. Mevalarning urug’i etidan ajratib olinib qumlanadi. Ularning mog’orlashiga sabab bo’luvchi aralashmalarni yo’qotish uchun qum ikki marta yuviladi. Stratifikasiyalash oldidan urug’lar kamida uch marta aralashtiriladigan toza suvda ivitiladi. Ivitilganidan keyin ular namlangan qumda aralashtiriladi. Qum juda nam yoki quruq bo’lishi ham zararlidir, chunki urug’lar stratifikasiyasini kechiktiradi, kechroq muddatlarda esa boshlang’ich ildizchalardagi o’sish nuqtalarining nobud bo’lishiga olib keladi. Urug’lar ko’p bo’lsa, ketmon, belkurak, kam bo’lsa qo’l bilan aralashtiriladi.
Urug’lar kamroq bo’lsa, qoplarda yoki taxta yashiklarda stratifikasiyalanadi. Bunda urug’ mevalarniki chuqurligi 25-30 sm va danaklilarniki esa 50-60 sm dan ko’p bo’lmagan yashiklarda stratifikasiyalanadi. Bu esa ishni qulaylashtiradi va urug’larning normal nafas olishi uchun zarur bo’lgan havoning bemalol kirib turishini ta’minlaydi. Urug’lar qoplarda stratifikasiyalanadigan bo’lsa, avval urug’ning uchdan bir qismi yoki yarmi olinib aralashtiriladi. Urug’ bilan qumni qatlam-qatlam qilib joylash mumkin emas, chunki bunda urug’lar mog’orlab ketadi.
Qum o’rniga ba’zan yog’och qipiqlari, torf maydalari va moxlardan ham foydalaniladi. Bular yumshoq, yengil bo’lib, namni yaxshi saqlaydi. Angliyada urug’lar ko’mir changi bilan stratifikasiya qilinadi.
Urug’lar ko’p bo’lganda ular chuqurligi 60-70 sm va kengligi 80-100 sm keladigan, istalgan uzunlikdagi o’ralarda stratifi- kasiyalanadi. Bularga urug’lar 40-50 sm qalinlikda, danakli navlarning urug’lari 60-65 sm qalinlikda qumga aralashtirib solinadi. Sho’rlangan yerlarda o’ralar qazish mumkin emas, aks holda sho’r urug’larni nobud qiladi. Urug’ o’ralarga solingandan keyin ustiga 2 sm qalinlikda nam qum tashlanadi, uning ustidan bordon yopiladi, so’ngra esa o’raning chetiga bir oz chiqarib, 20-25 sm qalinlikda tuproq tortiladi, bunda do’nglik hosil bo’ladi. Shunday qilinganda o’rada bir xil harorat bo’ladi hamda urug’larni ortiqcha qor, yomg’irdan va qishda muzlab qolishdan saqlaydi.
O’ralardagi yoki yerto’laga qo’yilgan yashiklardagi urug’lar +5-80S haroratda saqlanadi va havoni tegishlicha sovitib yoki ilitib turish bilan parvarish qilinadi. Oyda 1-2 marta ko’zdan kechiriladi, mog’orlaganligi aniqlansa, ular shamollatiladi, qurib qolgan bo’lsa namlanadi. Buning uchun urug’larni yoyib yangidan qumga aralashtiriladi va yana o’ra yoki yashiklarga solib qo’yiladi. Stratifikasiyalangan urug’larni har safar ko’zdan kechirishda albatta kurak bilan ag’dariladi, bu esa ularga havo kirishini yaxshilaydi. Agar urug’larning unib chiqish xavfi tug’ilsa, ularning ustiga kunduzi issiq o’tkazmaydigan material yopiladi, kechasi olib qo’yiladi. Urug’larning barvaqt ko’karishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni fevral oyida qor bilan kurakda ag’darib, transheyaning ustiga qalin qamish yoki poxol tashlanadi. Urug’larning ko’karishini yuqoridagi usullar bilan to’xtatib bo’lmasa, urug’lar muzxonaga ko’chirilib, muz ustiga yozilgan brezentga 3-4 sm qalinlikda yoyiladi. Agar ob-havo va tuproq sharoiti ekishga qulay bo’lsa, urug’lar hali unmagan bo’lsa, ekishga shoshilmaslik kerak, yaxshisi stratifikasiyani davom ettirish lozim, aks holda urug’lar bir tekis unib chiqmaydi.
Stratifikasiyalangan, lekin hali urug’ po’stini yorib chiqmagan urug’larning nish otishi ekishga tayyor bo’lganligining eng yaxshi belgisidir. Ayniqsa kunlar isigan vaqtida ekish bir hafta kechiktirilsa, urug’lar nobud bo’ladi, chunki ularning nishlari o’sib ketadi, sinadi va quriydi.
O’zbekistonda urug’larni stratifikasiyalash davomiyligi bodom va yong’oq uchun 45-60 kun, behi uchun 60-70 kun, xitoy xurmosi uchun 60-90 kun, olma va nok uchun 100-120 kun, o’rik va shaftoli uchun 90-100 kun, magalyob olchasi uchun 130-150 kun, tog’olcha uchun 150-200 kun, antipka va gilos uchun 200-250 kun davom etadi. Ana shu muddatlarni bilib, urug’larni o’z vaqtida stratifikasiyalash mumkin.
Olma, nok, behi, o’rik, shaftoli va bodom urug’larini oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining boshlarida tuproqqa ekish mumkin, chunki bu daraxtlarning urug’lari bevosita tuproqning o’zida unib chiqadi. Olcha, gilos, magalyobka, tog’olcha va olxo’ri urug’lari kuzda ekilganda bahor fasligacha tayyorgarlik ko’rishga ulgura olmaydi, shu boisdan ularni oldindan stratifikasiyalab, bahorda ekiladi.
Mevachilik amaliyotida klon payvandtaglarida ko’chat yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bunday payvandtaglardagi daraxtlar meva ishlab chiqarishni ko’paytiruvchi omil bo’lishi mumkin, chunki ular ekilgandan so’ng 3-4 yilda hosil bera boshlaydi, 5-6 yili esa bog’ni barpo qilish va uni parvarishlashga sarflangan xarajatlarni to’liq qoplashi mumkin. Meva ekinlar ko’chatlarini yetishtirish bo’yicha respublikamizdagi mavjud texnologiyalar 30 ming donagacha standart ko’chat olish imkonini beradi, bu esa jami kurtak payvand qilingan o’simliklarning taxminan 40-45 % ni tashkil etadi. S.Ya.Islamov ma’lumotlariga ko’ra, har xil o’sish kuchiga ega vegetativ yo’l bilan ko’payadigan olmaning klon payvandtaglardan foydalangan holda, yuqori sifatli ko’chat yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, yashil qalamchalardan payvandtag yetishtirishning jadal usulini ishlab chiqish, novdalarning kambiy faoliyatiga bog’liq ravishda kurtak payvand qilishning qulay muddatlari belgilab berilgan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, yozgi–kuzgi davrda payvandtag va payvandust o’simliklar novdalari hujayralarining kambial faollik sur’ati aniqlangan va kurtak payvand qilishning qulay muddati belgilangan.
Payvand qilingan kurtaklarning tutib ketish sifati, qishki davrda ularning saqlanuvchanligi va standart olma ko’chati chiqishini oshirish uchun payvandtaglarga olma navlari kurtaklarini quyidagi muddatlarda payvand qilish lozim: yozgi navlarni kuchli va o’rtacha o’suvchi payvandtaglarga 20 iyuldan 20 avgustgacha; pakana payvandtaglarga 15-iyuldan 15–avgustgacha; kuzgi navlarni kuchli va o’rta o’suvchi payvandtaglarga 25 iyuldan 30 avgustgacha; pakana payvandtaglarga 15 iyuldan 25–avgustgacha; kechki navlarni kuchli o’suvchi payvandtaglarga 25 iyuldan- 25 avgustgacha; o’rtacha o’suvchi payvandtaglarda 25 iyuldan 15 sentyabrgacha; pakana payvandtaglarda 25 iyuldan 25 avgustgacha payvand qilinganda yuqori natijaga erishilgan.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish