1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet40/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Urug’larni saqlash. Kuzda ekish uchun yoki stratifikasiyalash uchun tayyorlangan meva urug’lari (urug’li mevalar 10-12 kg li, danakli mevalar 50-60 kg li qoplarda) harorati 150S dan yuqori bo’lmagan quruq va salqin binolarda saqlanadi.
Olcha, antipka (kamxastak), gilos, tog’olcha, tikanli olcha, olxo’ri urug’lari ekilguncha yerto’la yoki o’ralarda nam qumga ko’mib saqlanadi. Bunday sharoitda ular hayotchanligi va normal unib chiqish xususiyatlarini bir yarim yil davomida saqlaydi.
Hosilsiz yillarda urug’ to’plash qiyin bo’lgani uchun xo’jaliklar urug’ zahirasiga ega bo’lishlari va ularning hayotchanligini saqlab qolishlari lozim. Saqlash vaqtida urug’larda yashash jarayonlari, shu jumladan nafas olish to’xtamaydi. Ortiqcha namlik va bino haroratining oshib ketishi, aksincha, ularning nafas olishini kuchaytiradi. Bu esa urug’larning unuvchanligini pasaytiradi. O’zbekiston sharoitida havo namligi past, urug’mevalilarning urug’i quritilgandan keyin 4-9 % namlikka ega bo’ladi, ularning unuvchanligi esa uch yil davomida saqlanib qoladi. Uzoq vaqt saqlanadigan bo’lsa, urug’ solingan qoplar shiftga osib qo’yiladi.
Havo namligi yuqori bo’lgan joylarda mevalarning urug’i uzoq vaqt saqlanganda uning namligi umumiy vazniga nisbatan 10-11 % dan oshmasligi, havoning nisbiy namligi 50-70 % bo’lganda omborlarda harorat 100Sdan oshmasligi kerak.
M.A.Solovyeva havo namligi o’zgarib turadigan binolarda urug’larni kalsiy xlorid o’tib turadigan nayli tiqini bo’lgan shisha idishlarda saqlashni tavsiya etadi. Kelgusi yil ekiladigan urug’larni germetik berk idishlarda 00S haroratda saqlash mumkin.
Urug’larni yig’ishtirib olingandan keyingi yetilishi. Meva daraxtlarining ko’pchilik turlarida urug’ boshqa ko’pgina dala ekinlari va sabzavotlar urug’idan farq qilib, oldindan tayyorlamasdan ko’karib chiqmaydi. Bu – ularning eng qimmatli biologik xususiyatlaridan hisoblanadi. Meva daraxtlarining urug’lari kuz faslida unib chiqadigan bo’lsa, ular qishda nobud bo’ladi. Urug’lar tinim davrida unish uchun tayyorlanish davrini o’taydi. Shu paytda ularda muayyan harorat va namlikda hozirgacha yetarli o’rganilmagan ichki jarayonlar sodir bo’ladi. Ko’pchilik bu jarayonni “terib olgandan keyingi yetilish” deb ataydi. Ma’lumki, bu paytda urug’lar tinim davridan asta-sekin chiqa boshlaydi. Murakkab zahira moddalar fermentativ jarayonlar natijasida murtak osongina o’zlashtira oladigan holatga keladi. Ingibitorlar soni kamayadi, modda almashinishi energiyasi va intensivligi oshadi. Oziq moddalarining tez kelishi tufayli murtak oziq moddalari bilan yaxshiroq ta’minlanadi, hujayralarga ko’proq suv keladi, urug’ qobig’i yorilib, birlamchi ildiz o’sa boshlaydi va qobiqni yirtadi. Shunday qilib, urug’ tinim holatidan chiqadi. Har xil tur urug’larda bu jarayonning davomiyligi har xil bo’ladi.
Urug’larning unib chiqishga tayyorlanishi uchun nam havo va past harorat zarur. Bu tayyorgarlik mevalarning ichida ham kechishi mumkin. Lekin, ular mevalarning ichida urug’larni unib chiqishga tayyorlash jarayoniga xalaqit beradigan alohida moddalar (ingibitorlar) ning mavjudligi sababli unib chiqmaydi. Urug’lar unib chiqishi uchun ularga taxminan tabiatda kuzatilganidek sharoitlarni yaratib, ularni stratifikasiya qilish lozim.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish