1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet36/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

O’rik uchun payvandtaglar. O’rik uchun o’rikning mahalliy klonlari (xashaki o’rik) dan yetishtirilgan urug’ ko’chatlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bu payvandtagdan kuchli o’sadigan, uzoq yashaydigan daraxt hosil bo’lib, u tuproq tanlamaydi, qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Ko’chatzorlarda o’rik ko’chatini to’q pushti yoki qizg’ish rangli ildizidan osongina bilish mumkin. U o’rikning boshqa madaniy navlarida yaxshi tutadi. Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlarida o’sadigan mahalliy o’rik sho’rga chidamliligi bilan farq qiladi. Bo’z tuproqlarda payvandtag uchun o’rikning madaniy navlari: Xurmoi, Mirsanjali, Isfarak kabi madaniy navlaridan, sho’rxok tuproqda esa Amudaryo bo’ylarida yetishtiriladigan mahalliy o’rikning Oq payvandi va Qizil payvandi navlarining ko’chatlaridan foydalaniladi.
O’rik shaftoliga payvand qilinganda yaxshi o’sadi, tez hosilga kiradi, lekin daraxtlari kam hosil beradi va uzoq yashamaydi. Ko’chatzorlarda bu payvandtagni sariq rangli ildizlaridan bilib olinadi va ular kattalashishi bilan to’q qizil rangga kiradi.
Achchiq bodom o’rik bilan har doim yaxshi tutib ketavermaydi. Unga payvandlangan daraxtlar qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi.
Olchadan payvandtag sifatida namligi kam va og’ir tuproq yerlarda foydalanadilar.
Shaftoli uchun payvandtaglar. Mahalliy shaftolilardan Oq shaftoli urug’ ko’chatlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Sho’rga chidamli payvandtag sifatida Xorazm nav shaftoli tavsiya etiladi. Bu navning ko’chatlari sizot suvlari yuza bo’lgan yerlarda ham yaxshi o’sadi.
Oddiy, Buxoro bodomi – achchiq mevali xillaridan, deyarli sug’orilmaydigan va unumdorligi past yerlarda, tog’li va tog’ oldi hududlarda payvandtag sifatida foydalaniladi. Bu payvandtag payvandustga nisbatan ancha kuchli bo’lganidan uning payvandlangan joyi yaxshi tutadi.
O’rik, tog’olcha va tikanli olchadan payvandtag sifatida O’zbekistonda foydalanilmaydi.
Bodom uchun payvandtaglar. Shirin bodom uchun oddiy bodom yaxshi payvandtag bo’ladi. U asosan lalmi sershag’al va toshli tuproqda o’sadi. Buxoro achchiq bodomi shirin bodom uchun past bo’yli payvandtag bo’ladi. U qurg’oqchilikka juda chidamli bo’lib, ko’plab ildiz bachkilar chiqaradi, ildizlari uzoq yashamaydi va o’simliklari qishdan barvaqt uyg’onadi. Shaftolining urug’ ko’chati bodom uchun kuchli o’sadigan payvandtag bo’ladi, lekin bodom 50 yil, shaftoli esa 20-25 yil yashagani uchun shaftolini bodomga payvandtag sifatida tegishli tekshirishdan keyin ehtiyotlik bilan tavsiya etish kerak.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish