1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Meva daraxtlari uchun payvandtaglarni tanlash



Download 292,88 Kb.
bet32/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Meva daraxtlari uchun payvandtaglarni tanlash
Meva daraxtlarining madaniy navlarini payvandlash uchun o’stirilgan urug’ ko’chatlar payvandtag deb ataladi. O’simliklarning payvandtakka ulanadigan qismi (kurtak, band, novda) ga payvandust deyiladi. Payvandtag – meva daraxtining hayotidagi asosiy omillardan biridir. I.V.Michurin ta’biricha, “payvandtag meva daraxtining zaminidir”.
Payvandtaglar o’sish xarakteriga qarab kuchli, o’rtacha va kuchsiz o’sadigan yoki pakana payvandtaglarga bo’linadi. Ular sovuqqa chidamliligi jihatidan turlicha bo’ladi, hosilga erta yoki kech kiradigan, suvga talabchan, kasallik va zararkunandalarga chidamli va hokazo. Bog’dagi daraxtlarning o’sish kuchi, uzoq yashashi va hosildorligi, ularning muhit sharoitlari, (iqlim, tuproq, namlik) ga moslanuvchanligi va nihoyat, ko’chatzorda yetishtiriladigan ko’chatlarning miqdori va sifati ham ko’p jihatdan payvandtakka bog’liq bo’ladi.
Payvandtaglar muayyan ekologik sharoitga chidamli bo’lishi kerak. Payvandtaglar ma’lum ekologik sharoitda o’stiriladi, bu sharoit ularning irsiy belgilarining shakllanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun mevachilikning maxsus tuproq va iqlim sharoitiga va har xil hududga mos keladigan tur va navlar payvandtaglari tanlanishi lozim. Payvandtaglarni alohida tabiiy zonalarga qarab joylashtirish zarur. Bularga amal qilinmasa, ko’chatzordagi ko’chatlar qalin-siyrak bo’lib qoladi va bog’da meva daraxtlari har xil rivojlanadi.
Ko’pgina meva daraxtlari uchun mahalliy urug’, qalamcha va ildiz bachkilaridan o’stirilgan, erta hosilga kiradigan, yuqori hosil beradigan, shuningdek, urug’ini olish oson bo’lgan daraxt, yaxshi unib chiqadigan, urug’ ko’chatlari yaxshi o’sadigan, ekilgan yiliyoq kurtak payvand qilishga imkon beradigan payvandtaglarning ko’pchiligi tutib ketadigan va boshqa shu kabi payvandtaglar eng yaxshi hisoblanadi.
Payvandtagning payvandust bilan mahkam birikib, yaxshi bitib ketishi muhimdir. Payvandtag uzoq yashaydigan, ildizlari baquvvat, yaxshi taralgan bo’lib, turli zararkunanda va kasalliklarga imkoni boricha chidamli bo’lishi kerak. Payvandtaglar kelib chiqishiga ko’ra – urug’ ko’chatdan va vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan turlar (klon shakllari) ga; o’sish kuchiga ko’ra, kuchli, o’rtacha va kuchsiz o’sadigan turlarga bo’linadi.
Kuchli o’sadigan payvandtaglar asosan urug’dan; o’rtacha – kuchsizlari esa vegetativ usulda ko’paytiriladi. Urug’dan ko’paytirilganda biologik xususiyatlariga (o’sishi, tashqi muhitga chidamliligi va hokazo) ko’ra payvandtaglar bir xil bo’lmaydi. Shuning uchun ularni tanlash kerak. Vegetativ payvandtaglar o’z xususiyatlari va belgilariga ko’ra bir xil bo’ladi.
Quyidagi payvandtaglar olma uchun eng yaxshi hisoblanadi :

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish