1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet48/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Almashlab ekish. Bir yerga bir necha yil davomida uzluksiz urug’ko’chat va ko’chatlar ekilaversa, yer kuchsizlanib qoladi va gektaridan olinadigan ko’chatlar soni kamayadi hamda uning sifati pasayadi. Bir xil ekin ekishning zararli ta’sirini yo’qotishning birdan-bir usuli ko’chatzorda almashlab ekishni joriy etishdir. Almashlab ekishda ekinlar shunday navbatlanishi kerakki, bunda ular payvandtag ekilgan bo’limga kamida 2-3 yil o’tgandan keyin va ko’chatlarga shakl berish dalalariga 4-5 yil o’tgach ekilishi kerak. Urug’ ko’chat va ko’chatlardan oldin ekiladigan asosiy ekinni to’g’ri tanlash ayniqsa muhimdir. Danak mevalilar kamroq talabchan bo’lgani uchun ularni doimo urug’lilardan keyin ekilishi lozim. Almashlab ekishda tuproqning fizik xossalariga va uning unumdorligiga, suv bilan ta’minlanishiga, xo’jalikning oziq-ovqat mahsulotlariga va chorva mollarning yem-xashakka bo’lgan talablariga va shu kabilarga qarab, qora shudgor qilib qo’yish, sabzavot ekinlari, chopiq qilinadigan ekinlar va dukkakli don ekinlar, o’tlar va ko’kat o’g’itlar (sideratlar) ekish joriy qilinadi. Ko’chatlarni haydalgan, yaxshisi ag’darib haydalgan bedapoyaga ekish yaxshi samara beradi, lekin bunda o’tlardan keyin dalaga bir yillik o’tlar o’stirilgan bo’lishi kerak.
Urug’ ko’chatlar ko’chatzori va qalamchalar yetishtiriladigan bo’limlar uchun odatda 5-6 dalali, shakl berish bo’limlari uchun 7 dalali almashlab ekish sxemasi tavsiya etiladi.
Almashlab ekishni taxminiy sxemasi quyidagicha. Urug’ ko’chat ko’chatzori uchun 5 dalali: bunda a) 1-2-dala – beda, 3-4 dala – urug’ko’chatlar, 5 dala – chopiq qilinadigan ertagi ekinlar va sentyabrda o’t ekiladi; b) 1-2 – dala o’t, 3-4 dala – urug’ko’chatlar, 5- dala – chopiq qilinadigan ekinlar – sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka ekiladi; v) 1-2 – dala – beda, 3-dala – may oyida haydaladigan beda, so’ngra sabzavot, poliz ekinlari va kuzda esa urug’li meva ekinlari urug’i ekiladi; 4 – dala - urug’ko’chatlar ko’chatzori; 5 – dala – urug’ko’chatlar ko’chatzori.
Shakl berish dalalarida 7 dalali almashlab ekish sxemasi qo’llaniladi, bunda: a) 1-2 dala – beda, 3 – dala – urug’ko’chatlar ko’chatzori, 4-5 – dala – ko’chatzorning birinchi va ikkinchi dalasi, 6 – dala – ko’chatzorning uchinchi dalasi, bunda 50% ga chopiq qilinadigan ekin ko’chatlari ekiladi, 7 dala – kuzda beda ekilib, sabzavot, chopiq qilinadigan ekinlar bilan band qilinadi; 8 dalali almashlab ekish, bunda b) 1-2 dala – beda, 3-4 dala – ko’chatzor, 5 – dala – urug’ mevalilar va chopiq qilinadigan ekinlar danaklilardan keyin ekiladi, 6 – dalaga – sideratlar, chopiq qilinadigan ekinlar, 7 – dalaga – urug’ ko’chatlar, 8 – dalaga chopiq qilinadigan ertagi ekinlar ekiladi; 1-2 dala – beda, 3-4 – dala – ko’chatzor, 5 – dala – ko’chatzor, urug’ ko’chatlarning uchinchi dalasi+chopiq qilinadigan ekinlar (danak mevali ekinlardan keyin), 6 – dala – sideratlar, 7-8 – dala – chopiq qilinadigan ertagi ekinlar bilan band qilinadi; 9 dalali almashlab ekish, bunda: 1-2 – dala – beda, 3-4 va 5 – dala – ko’chatzor, 6 – dala sideratlar, 7 – dala – danakli meva ekinlari ko’chatzorining birinchi dalasi, 8 – dala - danakli meva ekinlari ko’chatzorining ikkinchi dalasi, 9 – dala – chopiq qilinadigan ekinlar ertagi ekinlar, sabzavot-poliz va kartoshka ekinlari bilan band qilinadi.
Urug’ ko’chatlar va ko’chatlar odatda o’tlardan keyin ekiladi. Agar xo’jalik o’tlar bilan yaxshi ta’minlangan bo’lsa, urug’ ko’chatlar va ko’chatlardan oldin (begona o’tlar ko’p bo’lib, gerbisidlar bo’lmasa) yer kuzda shudgor qilingan, dukkakli-don ekinlari, chopiq qilinadigan ekinlar, kamunum yerlarda esa sideratlar ekilgan bo’lishi kerak.
Meva daraxtlari (payvandtaglar) urug’ ko’chatlari va anjir, anor ko’chatlari bir yoshligida kovlab olinadi. Agar subtropik ekinlarning ko’chatlari yomon o’sgan bo’lsa, ular ikkinchi yilga qoldiriladi.
Agar ko’chatzor kichik bo’lsa, bitta almashlab ekish dalasi ajratilib bunga ko’chatlarni ko’paytirish va shakl berish dalasi ham kiritiladi.
Agar urug’ mevali daraxt ko’chatlari yetilmay qolsa, bunda ular ko’chatzorning uchinchi dalasida yana bir yil qoldiriladi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish