1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet85/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Hosilni yig’ish. Maymunjon ikkinchi yili hosil bera boshlaydi, uchinchi-to’rtinchi yillari yalpi hosilga kiradi. Maymunjon mevasi nihoyatda nozik bo’lganidan bandi bilan uziladi, uning o’ta pishib ketishga yo’l qo’ymaslik kerak. Terilgan kuni realizasiya qilinadigan, iste’molga jo’natilishi, shuningdek qayta ishlashga mo’ljallangan maymunjon mevasini bandi bilan termasa ham bo’ladi. Maymunjon mevasi Toshkent viloyati sharoitida iyunning birinchi o’n kunligida pisha boshlaydi, yig’ib olish. iyulning ikkinchi o’n kunligida tugaydi. Pishganining dastlabki kunlarida mevasi 2 kunda bir marta, oxirida 3-4 kundan so’ng 1,5-2 kg meva sig’adigan idishga teriladi. Maymunjon ertalab yoki kunning ikkinchi yarmida, harorat pasaygandan so’ng terib olinishi kerak.
Krijovnik biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Krijovnik yoki Qorag’at (Grossularia Mill.). Qorag’atdoshlar (Grossulariaceae) oilasiga mansub butalar avlodi, 50 dan ortiq turni birlashtiradi, ulardan faqatgina bittasi – madaniy krijovnik (G. reclinata Mill, 2n=16) yetishtiriladi. Aksariyat navlar o’zidan changlanadi, ammo asalarilar yordamida chetdan changlanganda hosildorlik oshadi. Asal mahsuldorligi 10 dan 100 kg gacha, o’rtacha holatda 20 kg/ga bo’lishi mumkin. Asosiy changlantiruvchisi – asalari, ammo ari, mayda ari va pashshalar ham ishtirok etishi mumkin. Krijovnikning to’laqonli changlanishi uchun gektariga 13 asalari oilasi talab etiladi.
Krijovnik aprel oyida gullaydi. Gullash 10-20 kun davom etadi, ertalabki soat 6-9 larda boshlanadi. Jadal gullash soat 9 dan 15 gacha kuzatiladi, tugashi soat 18 dan so’ng amalga oshadi. Urug’chi changdonlari ochilmasdan yetiladi. Kamdan kam hollarda changlari yopiq g’unchada to’kiladi, bu esa o’zidan changlanishga to’sqinlik qiladi.
Krijovnikning agrotexnikasi ham smorodinanikiga o’xshash bo’ladi. Qayta ishlanadigan va jo’natiladigan krijovnik mevalari bir muncha xomligida va qattiqligida uziladi, iste’mol qilinadigani esa pishganda teriladi. Yetilmagan mevalar qaychida qirqiladi. Krijovnikning hosildorligi gektaridan 10-20 tonnani tashkil qiladi. Mevalar savatlarga, 6 kg ketadigan yashiklarga, texnik qayta ishlashga jo’natiladigani esa 8-12 kg li yashiklarga joylanadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida 60 mln gektarga yaqin tog’li yerlar mavjud. Buning 10 % i Turkmanistonda, 15 % i O’zbekistonda, 25 % i janubiy Qozog’istondadir. Tojikistonning 90 % yeri tog’li yerlardir, Qirg’izistonda esa bu ko’rsatkich salkam 95 % ni tashkil qiladi. Tog’li hududlar asosiy suv manbai hisoblanadi. Kuz, qish, bahor va qisman yoz fasllaridagi yog’ingarchilik hisobiga tog’larda katta suv manbalari hosil bo’ladi.


Tog’li hududlarda qishloq xo’jaligining ko’p tarmoqlarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Tokka nisbatan meva daraxtlari namni ko’p talab qiladi. Shuning uchun, ham yillik yog’in miqdori 600-700 mm ga yetadigan va undan oshadigan tog’ qiyaliklarida lalmikor bog’dorchilik bilan shug’ullansa bo’ladi. Ko’pchilik tog’ qiyaliklaridagi yerlar unumdor bo’lib, tuprog’ida 1-2 %, hatto 3-4 % chirindi (gumus) bo’lgan yerlar ham bor. Tog’li yerlarda tekislikka nisbatan mevazor bog’lar barpo qilish ancha qiyin. Yer tekis bo’lmaganligi uchun tog’ qiyaliklarida havodan tushadigan namni tuproq qatlamlarida saqlab qolish uchun maxsus zinapoya (terrasa) lar qilinadi.
Tuprog’i unumdor bo’lgan tog’li hududlarda bog’ barpo qilishda yillik foydali harorat yig’indisini va tabiiy nam miqdorini e’tiborga olish kerak.
Professor L.M.Molchanov ma’lumotlariga ko’ra, dengiz sathidan har 100 metr ko’tarilgan sari, qishda harorat 0,3-0,50S, 0,6-0,80S soviydi, shunda mevalarning o’suv davri 5-10 kunga qisqaradi. Dengiz sathidan qanchalik balandga ko’tarilgan sari meva daraxti ko’chatlarining o’suv davri pastlikda joylashgan hududlarga nisbatan birmuncha qisqaradi.
Tog’ qiyaliklarida mevali bog’ barpo qilinganda shu joyning meliorativ holati yaxshilanadi, chunki bunda daraxtlarning ildizlari yerning 1-2 metr va undan chuqurroq qatlamiga taralishi tufayli tog’ qiyaliklaridagi unumdor tuproq qatlamini sel va yomg’ir yuvib ketmaydi.
Ma’lumki, tog’ qiyaliklarida meva daraxtlari, tol va boshqa ko’p yillik manzarali daraxtlar, butalar ekilmagan maydonlarda ko’pincha aprel-may, ayrim paytlarda iyun oylarida ko’pincha sel yog’ib yerning ustki unumdor qatlamini yuvib ketadi va u katta daryolarga, suv omborlariga hamda ariqlarga oqib tushib, ularni loyqa bosadi. Har yili bu suv manbalarini tozalash uchun ko’p mehnat sarflanadi. Shuning uchun tog’ qiyaliklariga ko’p yillik ekinlarni ekib yer qatlamlarini mustahkamlash zarur (50, 51, 52 – rasmlar).
Nishabi 8-100 bo’lgan yerlarni 50-60 sm chuqurlikda plantaj pulugida haydab terrasa olmasdan mevazor barpo qilsa bo’ladi. Lekin, bunda yerlarni ko’ndalangiga haydash tavsiya qilinadi. Shunda qor va yomg’ir suvlari yer qatlamlariga yaxshi shimiladi, yerni yoppasiga haydash imkoni bo’lmasa, ko’chat ekiladigan 1,5-2,0 m li kengliklar chuqur haydalsa ham bo’ladi.
Terrasalar oralig’i daraxtlar shox-shabbasining hajmiga, yon bag’rlarning qiyaligiga qarab belgilanadi. Masalan, tez o’sadigan daraxtlar uchun bu oraliq 7-8 m; yon bag’irlarning qiyaligi 300 bo’lganda 9 metrgacha, 350 bo’lganda esa 12 metrgacha bo’ladi. Meva daraxtlari yon bag’irlaridagi 2-2,5 m lik maydonchalarga shaxmat tartibida joylashtiriladi. Terrasa va maydonchalardagi nam yer qatlamlariga yaxshiroq shimilishi uchun ular ichki tomonga 2-30 nishab qilinadi.
Tog’ qiyaliklarida terrasalardan tashqari, diagonal hamda yoysimon (Chirchiq tipida) nam saqlagich maydoncha ham qilinadi. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi “Chirchiq” va “Burchimulla” o’rmon xo’jaliklari oddiy qishloq xo’jalik mashinalari yuraolmaydigan qiyaliklarda maydonchalarga ko’chat ekish, shu bilan tog’ qiyaliklarini o’zlashtirish mumkinligini tajribada isbotladilar va tumanda katta maydonlarda mevazor bog’lar barpo etildi.
Terrasalar olishda asosiy e’tibor, shu yerda yig’ilgan suv miqdori talabga to’liq javob berishiga qaratilgan bo’lishi lozim. Shundagina bog’larda o’tkaziladigan agrotexnika tadbirlarini mexanizasiya yordamida bajarish mumkin bo’ladi.
Terrasalar olishda P-5-35 plug, PP-70 greyder, D-20 va TR-2 terraser kabi mexanizmlardan foydalanish mumkin.
Ma’lumki, yangi barpo etilgan bog’larda dastlabki yillarda yosh ko’chat ildizi joylashgan qatlamda nam yetarli bo’lishi kerak. Terrasada yetarli miqdorda nam to’planishi va uning yuvilib ketmasligi uchun nishabi quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Nishabi 20-270 bo’lgan qiyaliklarda 70, 270 dan oshiqroq bo’lganda 100.
Lalmikor qiyaliklarda bog’ tashkil qilishda ko’chat ekish muddatining ahamiyati katta. Shuning uchun ko’chatlar kuzda sovuq tushgunga qadar yoki bahorda kurtaklar uyg’onguncha ekish tugatilsa eng yaxshi ko’rsatkichga erishiladi.
Plantaj plugida haydalgan yerlarda ko’chat ekiladigan chuqurlar ekishdan oldin qazib qo’yilishi kerak. Chuqurchaning kattaligi 60x60x60 sm, oddiy plugda haydalgan maydonlarda esa 70x60x60 sm. Lalmikor yerlarga yaxshi rivojlangan 1 yoshli ko’chatlar ekilgani ma’qul.
Tuproq tarkibida gumus kam va eroziyaga uchragan qiyaliklarda bog’ barpo qilishda har bir chuqurga 4-5 kg dan chirigan go’ng solinadi. Chuqurlar YaN-1 markali mashinada qaziladi, u bir ish kunida 1000 ta o’ra qazishi mumkin.
Ko’chat ekilgan yerlar yozda 2-3 marta kultivasiya qilinadi, terrasa atroflari begona o’tlardan tozalab turiladi.
Tuproqda nam saqlash maqsadida, iyun oyida terrasa oralig’i 5-6 sm qalinlikda mulchalanadi. Mulcha sifatida shu yerda o’sib turgan o’tdan foydalanish mumkin. Har bir ko’chat atrofiga 5-8 kg dan chirigan go’ng sochish ham yaxshi samara beradi. Bular kuzda ko’chat atrofini yumshatish vaqtida tuproqqa aralashtirib yuboriladi.
O’zbekiston sharoitida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko’ra, dengiz sathiga nisbatan har xil balandliklarda ma’lum bir meva ekini turini ekish maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Natijada dengiz sathida 1000-2000 m balandlikdagi yon bag’irlarda olma, 900-1700 m balandlikdagi shimoliy va janubiy yon bag’irlarda nok, 800-1500 m balandlikdagi shimoliy va g’arbiy yon bag’irlarda o’rik va shaftoli, 1000-1700 m balandlikdagi yon bag’irlarda olxo’ri, 1000-2000 m balandlikdagi shimoliy yon bag’irlarda tog’olcha, 800-1500 m balandlikdagi shimoliy va sharqiy yon bag’irlarda gilos, 1000-1500 m balandlikdagi yon bag’irlarda yong’oq, 800-1400 m balandlikdagi hamma yon bag’irlarda bodom, 700-1200 m balandlikda chilon jiyda va 600-1200 m balandlikdagi yon bag’irlarda pista va har xil balandlikdagi janubiy, g’arbiy va sharqiy yon bag’irlarda do’lana o’stirish mumkinligi isbotlangan.
Terrasalarda yong’oq ko’chatlari 8-18 m, olma, o’rik, gilos va nok ko’chatlari 6-7 m, olxo’ri ko’chatlari 5 m, bodom ko’chatlari 4 m oraliqda ekiladi.
Qolgan agrotadbirlar tekisliklardagi singari bajariladi.
– Ўзбекистон Республикасида ўлчашлар бирлилигини ва ўлчаш натижаларининг ишончлилигини таъминлаш;
– Ўзбекистон Республикаси метрологик хизматини мустаҳкамлаш ва ривожлантириш;
– Ўзбекистонда ўтказилган ўлчов ва синов натижаларининг хорижий ҳамкорлар томонидан тан олинишига кўмаклашиш;
– метрология ва аккредитация соҳасидаги ноҳукумат хорижий лойиҳаларда иштирок этиш;
– “ЎзММИ” ДК раҳбарияти томонидан чет эл делегациялари ва вакилларининг қабул қилиниши билан боғлиқ протокол тадбирларни бажариш, шунингдек учрашув билан боғлиқ материалларни ўрганиб, мақсадга мувофиқлигидан келиб чиққан ҳолда тавсиялар ишлаб чиқиш;
– хорижий ҳамкорлар ва компаниялар билан шартнома ва битимлар тузиш ҳамда уларни амалга оширишдан иборат.
“ЎзММИ” ДК қошидаги Ўлчаш воситаларини давлат синовларидан ўтказиш, метрологик экспертиза қилиш, илмий-тадқиқот фаолияти ва халқаро муносабатлар бўлими қуйидаги хизмат турларини кўрсатади:
Ўлчаш воситалари давлат реестрига Ўзбекистон Республикасида чиқариладиган ва унга импорт қилинадиган ўлчаш воситаларини киритиш мақсадида ўлчаш воситаларини давлат синовларидан ўтказиш;
Ўлчаш воситаларини синаш «Метрология тўғрисида»ги Қонуннинг 14-моддасида кўрсатилган давлат метрологик текширув ва назоратининг тарқалиш доирасида қўлланиши мумкин бўлган O’zDst 8.009:2004 меъёрий ҳужжатга мувофиқ республикада ўлчаш воситаларини ишлаб чиқаришда ёки Республикага тўплаб олиб киришда ўтказилади.
Бўлим ПМГ 06-2001 МДҲ мамлакатларининг давлатлараро келишуви «Ўлчаш воситаларини синаш ва турини тасдиқлаш, қиёслаш, метрологик аттестатлаш натижаларини тан олиш тартиби»га мувофиқ турни тасдиқлаш сертификатларини тан олиш тартиботини амалга оширади. Тан олинган турни тасдиқлаш сертификатлари ўлчаш воситаларини Республика ҳудудида давлат метрологик текширув ва назоратининг тарқалиш доирасида бирламчи қиёслаш муддати тугагунча ишлатиш ҳуқуқини беради.
Бўлимда янги ишлаб чиқариладиган ўлчаш воситаларига қуйидаги меъёрий ҳужжатлар экспертизаси ҳам ўтказилади:
ўлчаш воситалари техник шартларининг экспертизаси;
ўлчашларни бажариш услубиятларининг экспертизаси;
ўлчаш воситаларини қиёслаш услубиятларининг экспертизаси;
ўлчаш воситалари ва тизимларини аттестатлаш услубиятларининг экспертизаси;
Метрологик аттестатлаш дастурлари, ўлчаш воситаларини қиёслаш услубиятлари, синов асбоб-ускуналарини аттестатлаш дастурлари ва услубиятлари, ўлчашларни бажариш услубиятлари, СМТ ҳужжатларининг тўпламларини ишлаб чиқиш ва экспертизадан ўтказиш;
давлат ва ички Мҳга ўзгартиришлар киритиш;
ўлчаш воситаларини турини тасдиқлаш мақсадида синовдан ўтказиш ва Ўзр Ўлчаш воситалари давлат реестрига киритиш;
илмий-тадқиқот фаолиятини ривожлантириш;
«Ўзстандарт агентлиги” агентлигининг топшириқларини бажариш;
Меъёрий ҳужжатларни чет тилидан давлат тилига таржима қилиш.
Тадбиркорлик субектларига қулай шароитлар яратиш учун ўлчашларни бажариш услубиятларининг лойиҳалари ва якуний таҳрирларини аттестатлаш, тасдиқлаш ва давлат реестрида рўйхатга олиш, уларнинг амал қилиш муддатини узайтириш мақсадида экспертиза қилиш, шунингдек хорижий ишлаб чиқарувчиларнинг Ўбуни тан олиш тартиботини амалга ошириш учун ИДХЯП (ЕПИГУ) орқали аризалар қабул қилиш тизими жорий қилинган.
«Ўзстандарт агентлиги” агентлигининг 2016 йил 17 июлдаги 415-сонли буйруғига асосан «Ўзстандарт агентлиги” агентлигининг метрология бўйича вақтинчалик Илмий-техник комиссия (ИТК) аъзоларининг таркиби тасдиқланган. 10-бўлим бошлиғи метрология бўйича Илмий-техник комиссия котибидир. Метрология бўйича ИТК йиғилишларида ЎВ тасдиқланган турини тан олиш, ЎВ турини тасдиқлаш бўйича синовдан ўтказиш мақсадида ҳужжатлар тўпламини кўриб чиқиш ва тасдиқланган турдаги ЎВ сертификатларини расмийлаштириш бўйича масалалар кўриб чиқилади. Ушбу йиғилишда «Ўзстандарт агентлиги” агентлиги бош метрологи томонидан тасдиқланадиган ИТК баёни олиб борилади.
ИТК йиғилишларини ўтказиш бўйича барча ташкилий ишлар 10-бўлим зиммасига юклатилган.
Метрологик текширув натижаларини тан олиш Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2015 йил 14 октябрдаги 292-сонли Қарори билан тасдиқланган «Ўзбекистон Республикасидан ташқарида амалга оширилган мувофиқликни баҳолаш натижаларини Ўзбекистон Республикасида эътироф этиш тартиби тўғрисида”ги Низом ва Давлатлараро стандартлаштириш бўйича Қоидалар ПМГ 06-2001 “Ўлчаш воситаларини синаш ва турини тасдиқлаш, қиёслаш, метрологик аттестатлаш натижаларини тан олиш тартиби”га асосан амалга оширилади.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish