Sirtni bo„yashga tayyorlash bo„yoqning metallga yaxshi yopishishiga to„sqinlik qiladigan eski bo„yoqlarni, zanglarni, yog„ va boshqa kirlarni ketkazishdan iborat. Eski bo„yoqlarni va zanglarni ketkazish uchun ixtisoslashtirilgan ta‟mirlash korxonalarida qum purkash apparatlaridan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda metall sirtlarini yog„dan tozalashda sintetik yuvish vositalari tobora keng qo„llanilmoqda. Bu vositalar suvda yaxshi eriydi, metallning tozalanadigan sirtini hamda kir ustini namlaydi va kirni yaxshi ketkazadi. Bunday vositalar qatoriga tarkibida sirtqi-faol moddalar (SFM) va ishqorli elektrolitlar bo„lgan ML-51, ML-52, MS-5,