1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet52/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Tur va navlarni tanlash. Har qaysi mevali daraxt tur va navi tuproq va iqlimga nisbatan o’ziga xos talabchan bo’ladi. Ana shu talablarga muvofiq O’zbekiston hududi tabiiy va iqlim sharoitiga qarab 25 zona va 4 ta kichik zonachaga ajratiladi. Ularning har birida meva turlari va navlar foiz hisobidagi nisbatda ko’paytiriladi. Ishlab chiqarish tajribasi va ilmiy tekshirish muassasalari ma’lumotlariga qarab har bir zona uchun foiz hisobida tur va navlar rayonlashtirilgan. Har bir mevachilik hududi uchun tanlangan tur va navlar standart navlar deb ataladi. Ammo, xo’jalikdagi aniq sharoitlar, tuproq, yer relfi, aholi yashaydigan punktlar, korxonalar va boshqalarning uzoq-yaqinligini e’tiborga olib bu standartlarga o’zgartish kiritish mumkin va lozim.
Tur va navlar mevalarni qayta ishlaydigan sanoatning hamda aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olib xo’jalikka berilgan reja va topshiriqlar asosida belgilanadi va tanlanadi. Ammo, reja topshiriqlarda xo’jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari e’tiborga olinadi. Aholi yashaydigan va sanoat markazlariga yaqin xo’jaliklar aholini yil davomida meva va rezavorlar bilan ta’minlab turishlari; qayta ishlash korxonalariga yaqin xo’jaliklar esa sharbat, pastila, djem, marmelad, konfet va marinadlarga talab etiladigan meva va rezavor-meva sortimentini yetishtirishlari, quruq meva yetishtiriladigan hududlardagi xo’jaliklar o’rik, shaftoli, olcha, daraxtlarini ko’proq ekishlari; temir yo’ldan uzoqdagi xo’jaliklar qishda aholini yangi mevalar bilan ta’minlash uchun tashishga chidamli va uzoq saqlanadigan, shuningdek quritiladigan meva ko’chatlarini ko’proq o’tqazishlari lozim. Iqlim, tuproq, relyef, suv bilan ta’minlanish va shu singari boshqa tabiiy sharoitlar navlarni tanlashda hal qiluvchi omillardir. Agar sizot suvi yaqin joylashgan, sovuq havo to’planib qoladigan pastliklarda bog’ barpo qilinadigan bo’lsa, sovuqka juda chidamli va kuzda barvaqt o’sishdan qoladigan navlar tanlanadi.
Tuprog’i sho’rlangan hududlarda nisbatan sho’rga chidamli tur va navlarni tanlab o’tqazish tavsiya qilinadi. Bu masalada payvandtag katta ahamiyaga ega. Masalan, turkman olmasiga payvand qilingan olma navlari, xorazm noki va o’rigiga payvand qilingan nok va o’riklar boshqa payvandtaglarga qaraganda tuproqdagi zararli tuzlarga chidamliroq bo’ladi.
Sho’rlanmagan sizot suvi yaqin joylashgan yerlarda bog’ barpo qilishda ildiz tizimi yuza joylashgan past bo’yli payvandtaglardagi olxo’ri, olma va nok singari kuzda barvaqt o’sishdan qoladigan navlar o’tqaziladi. Shag’al toshli qatlami yuza joylashgan yerlarda (Farg’ona vodiysi va boshqalarda) o’rik va qisman shaftoli yaxshi o’sishi mumkin.
Janubiy viloyatlarda (Surxondaryo), Farg’ona vodiysida vegetasiya davri uzoq va issiq bo’lgani tufayli anjir, anor, unabi kabi subtropik o’simliklar yaxshi o’sadi va hosil beradi.
Tog’ oldi va tog’li hududlarda yong’oq, bodom, o’rik, nok katta maydonlarda ekilgan. Bunday hududlarda mazkur tur mevalarni bahorda kamdan-kam sovuq uradi, bu yerda yog’ingarchilik kam bo’lsa ham ular o’saveradi. Shahar atrofidagi xo’jaliklarda asosiy maydonlarga uzoq yerlarga yuborishga chidamsiz va shu atrofdagi bozorlarni ta’minlashga imkon beradigan qulupnay kabi ekinlarni ekish yaxshi samara beradi. Umuman, bog’ barpo qilishda har yili hosil beradigan, serhosil mevalari yuqori sifatli va imkon boricha tez hosilga kiradigan navlarni tanlash lozim.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish