taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:
1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va
tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir
xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan
yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo
bo’ladi.
2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos
topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat
ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab
mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat.
Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda
tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan
mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatii nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
4.Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la
taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish
operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning
texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish,
frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
14
5.Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi
va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur
ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab chiqarish,
korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini
belgilash mumkin.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimotining eg samarali bo’lishi
uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: a) malakali ishchilarni yuqori malaka talab
qilinmaydigan ishlar bilan bad qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga
topshirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganida malakali ishchi kuchlariga bo’lgan
talab va ish haqi xarajati kamayadi; b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning
to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi
uzilgan iplarni ulashdan) xolos qilish kerak. Shunday qilinganida mashinalarning to’xtab
turishi kamayadi, mehnat samaradorligi oshadi; v) ishlab chiqarish jarayoni
qatnashchilarini imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak.
Buning uchun barcha kasblar yetarli miqdorda mavjud bo’lib, ish o’rinlari ta’minlanishi
shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha bir xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan
band qilish mumki; g) yuqori mehnat samaradorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat
taqsimotida ishchilarning o’zaro bir-birlariga yordami uyushtiriladi. Ammo, bunda
funktsiyalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishga yo’l qo’ymaslik lozim
bo’ladi; d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti ish jarayonida
mavjud iqtisodiy (makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi korxonalarda mehnat
samaradorligini o’stirish, hamda mahsulot sifatini yaxshilash nazarda tutiladi), fiziologik
(unda ishdagi bir xillik kishi tanasining turli qismlariga og’irlik (nagruzka) bir tekis
bo’lmasligi, uzoq vaqt davomida ishda bir xil harakt natijasida toliqiy yuz bermaydigan
bo’lsin) va sotsial (unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qo’shib
olib boriladigan bo’lib, mehnat yoqimli bo’lsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning
jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut kamayib
borsin) muammolari yechib borishni hisobga olib amalga oshirilishi lozim.
Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi
aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil
etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mehnat kooperatsiyasining
maqsadga muvofiq tashkiliy shakllari tanlash-mehatni tashkil qilishning mehnat
taqsimotida keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida
texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish
xarakteri va usullariga qarab, mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan
foydalaniladi: 1.Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi. Bunda
korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli
bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda
ishtirok etishi tushuniladi. Tsexlararo mehnat koorparatsiyasi shunga asoslanadiki,
tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlov berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan
ta’minlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga o’tkaziladi,
chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur tsexlar
o’rtasida mahkam mehnat kooperatsiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida to’la
uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan bir korxonad rejali ravishda uzluksiz tayyor
mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi. 2.Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi
mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab
chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.
15
Mehnatni tashkil etish, uning muhim qismi bo’lgan mehnat taqsimoti va
Do'stlaringiz bilan baham: |