Mehnat xarakteri-mehnat to’g’risidagi fanning kategoriyasi sifatida mehnat
jarayoni ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlardan iborat bo’lib, ular xodimning
mehnatga bo’lgan munosabatiga ham, mehnat unumdorligiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Mehnatni tahlil etishning eng muhim metodologik jihatlaridan biri mehnat
funktsiyalarini bilib olishdir. Mehat o’zining asosiy ijtimoiy fuktsiyalarida quyidagicha
namoyon bo’ladi:
-ehtiyojni qondirish usuli (bu mehnatning birinchi va eng muhim funktsiyasi bo’lib,
insonning ijtimoiy turmushi ana shundan boshlanadi);
-ijtimoiy boylining yaratuvchisi (bu shunday faoliyatki, uning yordamida inson o’z
ehtiyojlarini qondiradi, o’zi bilan tabiat o’rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita
ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi);
-jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omili (mehnat ehtiyojlarni qondirish va
boylik yaratish bilan butun ijtimoiy taraqqiyotiga asos bo’ladi-jamiyatning ijtimoiy
qatlamlarini va ularning o’zaro hamjihatligi asoslarini shakllantiradi);
-insonning yaratuvchisi (inson kishilar hayotining barcha boyliklarini yaratib,
ijtimoiy taraqqiyot sub’yekti sifatidamaydonga chiqadi, umuma, jamiyatni mehnatga jalb
qilib, o’z-o’zini ham rivojlantirib boradi, bilim va kasb malakalarini egallaydi, muomala
va o’zaro yordam ko’nikmalarini shakllantiradi);
-insoniyatga ozodlik yo’lini ochib beruvchi kuch (u odamlarga o’z xatti-
harakatlarining barcha uzoq tabiiy va ijtimoiy oqibatlarini oldindan hisobga olish imkonini
beradi).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov. Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 8-27 betlar.
8
2.Abdurahmonov
Q.H.,
Xolmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 7-16 betlar.
3.Aliqoriev N.S. va boshqalar. «Umumiy sotsiologiya». Toshkent-1999 yil, 127-130
betlar.
4.Dodobaev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi».
Farg’ona-2001 yil, 7-23 betlar.
5.Yelsukov A.N., Babosov Ye.M., Danilov A.N. va boshqalar. «Sotsiologiya».
Minsk: «Tetra sistems»-1998 yil, 309-319 betlar.
6.Markovich D. «Sotsiologiya truda». Moskva: «Progress»-1988 yil, 11-167 betlar.
7.Toshenko J. «Sotsiologiya». Moskva: «Prometey»-1999 yil, 92-111 betlar.
8.Shoyusupova N.T. «Mehnat sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 6-12 betlar.
1-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.Mehnat sotsiologiyasi qanday ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq?
a)tadbirkorlik faoliyati sotsiologiyasi
b)mehnat bozori sotsiologiyasi
v)mehnat fiziologiyasi
g)kasblar sotsiologiyasi
d)barcha javoblar to’g’ri.
2.Mehnat jarayoni nechta asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi?
a)ikkita
b)uchta
v)to’rtta
g)beshta
d)oltita
3.Mehnat jarayonini tasvirlaydigan bo’lsak, u qaysi tarkibiy qismlarni o’z ichiga
oladi?
a)xom-ashyo materiali
b)mehat vositalari
v)jonli mehnat sarflari
g)a va b javoblari to’g’ri.
d)a, b va v javoblar to’g’ri
4.Mashinalar asbob-uskunalar, mexanizmlar shu kabilar.. ga taalluqli.
a)mehnat jarayoni
b)mehnat vositalari
v)mehnat predmetlari
g)mehnat strukturasi
d)ishlab chiqarish.
5.Quyidagilardan
qaysi biri
mehnatning asosiy kategoriyalariga tegishli
hisoblanadi?
a)mehnat mazmui
b)mehnat xarakteri
v)mehnat sharoiti
g)a va b javoblar to’g’ri
d)a, b va v javoblar to’g’ri.
6.Xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o’zaro munosabatga kirishuvi-
bu .. dir.
a)mehnat mazmuni
9
b)mehnat xarakteri
v)mehnat sharoitlari
g)mehnat kooperatsiyasi
d)mehnat jarayoni.
7.Mehnat mazmuni qanday belgilar bilan xarakterlanadi?
a)mehnatning murakkabligi
b)xodimning kasbga yaroqliligi
v)xodimning mustaqillik darajasi
g)mehnat reduktsiyasi
d)a, b va v javoblar to’g’ri.
8.Murakkab mehnatni oddiy mehnatga aylantirish nima deyiladi?
a)mehnat jarayoni
b)mehnat kooperatsiyasi
v)mehnat reduktsiyasi
g)mehnat taqsimoti
d)mehnat vositalari.
9.Mehnat mazmunini tahlil qilish vaqtida mehnat jarayonida qanday funktsiyalar
amalga oshirilishi hisobga olinadi?
a)mantiqiy funktsiya
b)ijro etuvchilik funktsiyasi
v)qayd etish va nazorat qilish fuktsiyasi
g)tartibga solish funktsiyasi
d)barcha javoblar to’g’ri.
10.Zarur mehnat operatsiyalarining maqsadi va va uni tayyorlash bilan bog’liq
bo’lgan funktsiya nima deb ataladi?
a)mantiqiy funktsiya
b)ijro etuvchilik funktsiyasi
v)qayd etuvchi funktsiyasi
g)nazorat qilish funktsiyasi
d)tartibga solish funktsiyasi
11.Qaysi funktsiyasi texnologiya jarayonini, belgilangan dasturni bajarishning
borishini kuzatadi?
a)qayd etish funktsiyasi
b)nazorat qilish funktsiyasi
v)mantiqiy funktsiya
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblar to’g’ri
12.Berilgan dasturni tuzatish va unga aniqlikni qaysi funktsiya kiritadi?
a)mantiqiy funktsiya
b)nazorat qilish funktsiyasi
v)tartibga solish funktsiyasi
g)qayd qilish funktsiyasi
d)ijro etuvchilik funktsiyasi.
13.Ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilish, ularni tartibga solish, boshqarish, prognozlash
va rejalashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish–bu mehnat sotsiologiyasining..
a)ob’yekti
b)maqsadi
v)vazifasi
10
g)predmeti
d)strukturasi
14.Mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida, hamda, jamiyatning mehnat
sohasini, uning ijtimoiy istitutlar bilan aloqalarini qamrab olgan holda o’rganuvchi fanni
ko’rsating?
a)mehnat sotsiologiyasi
b)mehnat psixologiyasi
v)mehnat fiziologiyasi
g)mehnat iqtisodiyoti
d)mehnat huquqi.
15.Sanoat sotsiologiyasi sanoatning ijtimoiy muammolarini nechta bosqichda
o’rganadi?
a)ikkita
b)uchta
v)to’rtta
g)beshta
d)oltita
16.Sanoat sotsiologiyasi sanoatning ijtimoiy muammolarini qanday bosqichlar
orqali o’rganadi?
a)umumiy
b)xususiy yoki tarmoq
v)korxona doirasidagi hodisalarga oid
g)a va b javoblar to’g’ri.
d)a, b va v javoblar to’g’ri.
17.Tashkilotda ishlab chiqarishni boshqarish tuzilmalari, rasmiy va norasmiy
guruhlar, boshqarish va ijro etish tizimi, adaptatsiya, yetakchilik, martaba kabilarni qaysi
soha o’rganadi?
a)saoat sotsiologiyasi
b)biznes sotsiologiyasi
v)tashkilotlar sotsiologiyasi
g)mehnat jamoasi sotsiologiyasi
d)mehnat bozori sotsiologiyasi.
18.Mehnat faoliyatining muayya shakllari va insonning mehnatga bo’lgan
munosabatini shakllatirishning psixologik qonuniyatlarini qaysi fa tadqiq etadi?
a)mehnat sotsiologiyasi
b)tashkilotlar psixologiyasi
v)kasblar sotsiologiyasi
g)mehnat psixologiya
d)mehnat huquqi.
19.Iqtisodiy qonularning mehnat sohasida amal qilish mexanizmini, ularning
mehnatni ijtimoiy tashkil etishda namoyon bo’lish shakllarini qaysi soha o’rgannadi?
a)mehnat iqtisodiyoti
b)tadbirkorlik faoliyati sotsiologiyasi
v)mehnat jamoasi sotsiologiyasi
g)mehnat bozori
d)mehnat fiziologiyasi
20.. mehnat munosabatlarning yuridik tomonini belgilab beradi va mehnat
sohasidagi xulq-atvorni nazorat qilish orqali amalga oshiradi?
11
a)mehnat fiziologiyasi
b)mehnat huquqi
v)mehnat psixologiyasi
g)mehnat iqtisodiyoti
d)mehnat sotsiologiyasi
21.Hozirgi sharoitda mehnat jarayoni qanday xususiyatlar bilan ajralib turadi?
a)mehnat jarayonining itelektual potentsiali ortadi.
b)mehnat harajatlari moddiy qismining ulushi ortadi.
v)mehnat jarayoni ijtimoiy jihatining ahamiyati ortadi.
g)a va b javoblari to’g’ri.
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
22.Xodimning kasbga yaroqliligi nimalar bilan bog’liq?
a)insonning qobiliyatlari
b)genetik iqtidorlarning shakllanishi
v)kasbni to’g’ri tanlash
g)kadrlarni tanlash
d)barcha javoblar to’g’ri.
23.Murakkab oddiy mehnatni o’lchash uchun qanday tushuncha qo’llaniladi?
a)mehnat taqsimoti
b)mehnat reduktsiyasi
v)mehnat kooperatsiyasi
g)ish o’rinlari
d)ishlab chiqarish texnologiyasi.
24.Xom-ashyo materiali-bu..
a)mehnat predmetlari
b)mehnat vositalari
v)ishlab chiqarish jarayoni
g)kasanachilik
d)mehat sharoitlari
25.Mehnat mazmuni va mehnat xarakteri-bular mehnatning asosiy ..
hisoblanadilar.
a)sub’yektlari
b)ko’rinishlari
v)kategoriyalari
g)turlari
d)qirralari.
Do'stlaringiz bilan baham: |