67-Mavzu:
«Yong’in xavfsizligi» mavzusida suhbat
Maqsad: Bolalarni yong’in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muhofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo’lishi haqidagi tushunchalarga ega bo’lish. O’t o’chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, suv, qum va yomg’ir xavfsizligi bo’yicha tarqatma materiallar.
Markazlar: Fan va tabiat markazi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Aytinglarchi bolajonlar yong’in xavfsizligi deganda nimalarni tushunasiz.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: bolalar olov deganda nimani tushunasiz ?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: to’g’ri bolajonlar olov issiqlik, yorug’lik demakdir. Shu bilan birga olov xalokat, kulfat, hamdir. Ota-bobolarimiz olov bilan extiyotkorlik bilan foydalanishga harakat qilishgan. Lekin olov har doim ham insonlarga itoat qilmagan ularning boshiga kulfatlar solgan. Keyinchalik yong’in saqlash hizmatlari tashkil qilingan. O’t o’cherish xizmati uchun «01» raqami joriy qilingan. Hozirda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihoxlangan. Men sizlarga o’t o’chirish modulini ko’rsataman. Bolalarning e’tiborini uning rangiga, asbob-uskunalariga qaratadi. Yoritgich, o’t o’chirish shlangni nima uchun kerakligi haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: bolalar o’yinchoq mashinasini ko’rib chiqqandan so’ng o’t o’chiruvchi hodimning, maxsus kiyimda turgan suratini ko’rsatadi. Bolalar o’t o’chiruvchining ust-boshiga diqqat bilan qarashini taklif etadi. O’t o’chiruvchilarning ustidagi po’lat qalpog’idan qaysi vaqtida qanday foydalanishlari haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: bolalar sizlar nima deb o’ylaysizlar yong’in nimalardan kelib chiqadi.
Bolalar javobi: kattalarni e’tiborsizligidan, gugurt o’ynashdan, gazlarni ochiq qolishidan.
Tarbiyachi: to’g’ri bolajonlar. Shuning uchun bor imkoniyatimizni ishga solib yong’in chiqishlkarini oldini olaylik. Endi sizlarga «O’t o’chiruvchi» she’rini aytib beraman.
Eshiting o’g’il-qizlar,
Judayam yaxshisizlar.
O’ynamanglar o’t bilan,
O’ynamanglar gugurt bilan.
Degan gaplarni eslang,
Tag’in bir so’z bor sizga.
Tushuray esingizga,
«01» ga qilsak habar.
U bola mard bo’ladi,
Ko’pning ko’ngli to’ladi.
Tilagi omonlikdir,
Ashi qahramonlikdir.
Niyyatimiz eng katta,
Ko’pga ma’qul albatta.
Obod bo’lsin keng jahon,
Yoqilmasin hech qachon.
Urushlarning olovi
Topilsin yo’l qolovi
Endi bolajonlar sizlar bilan «O’t o’chiruvchi mashq» da harakatli o’yinini o’ynaymiz. O’yin o’ynatib Faoliyatyakunlanadi. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan bola rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |