Qo’shimcha qism: Sayrda qum bilan o’yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o’rganadi.
E’tiborga molik jixati: Bolalarga tabiatga va atrof-olamga qiziqishini oshirish. Hamda qum, uning xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tabiat va fan markazida tarbiyachi
Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa ? (Bolalar jo’r ovozda qum deydilar) Keyingi rasmni ko’rsa (Bolalar suv deydilar) Qarang aziz bolajon, suvni qumga quysak biz nima bo’lar qaqajon ? (Hammalari birgalikda xo’l qum deydilar) xo’l qumdan yasaymiz nonchalar, to’g’rimi javob bering bolachalar ? (Bolalar to’g’ri deydilar) quruq qumni sochganda, atrofga dumalaydi. Demak undan nonchalar yasab bo’lmaydi. (Bolalar ha deb tasdiqlaydi)
Do'stlaringiz bilan baham: |