Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.
Bu degan so‘z korxona tarkibiga:
venchur va innovatsiya, ya’ni biznes tavakkalchilik bo‘limlari
biznes-markazlar
ekspert guruhlari
ishchi, birigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.
Venchur va innovatsiya bo‘limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o‘zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag‘larini tavakkal qiladilar. Venchur iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi:
uddaburonligi,yepchilligi
serharakatliligini
quntli, matonatliligini
dadilligi, jasoratliligini
jo‘shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.
Konglomerat, modulli va “atomistik” strukturani barpo etish.
“Konglomerat” – bu turli strukturalarni birgalikda qo‘shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya’ni chiziqli, funksiyaonal, dasturli maqsadi strukturalarning birgalikda amal qilishida ko‘rishimiz mumkin.
Axborot inqilobi byuroktayaga bolta uruvchi modulli strukturaning to‘g‘ridan – to‘g‘ri ma’muriy buysunuvchanlikka chek qo‘yivchi “tomistik” strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona – bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Korxona to‘g‘risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, o‘ziga tegishli yoki to‘liq xo‘jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan.
Ular o‘z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o‘zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o‘zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxonlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ- xo‘jalik jihatdan mustaqil ish ko‘rishi va tashabbus ko‘rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxonaga davlat vakili hisoblan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
Firma- bu korxonadan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomi sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.
Firmalar turlari:
1.Lizing firmalar – bunda salohiyat qudratli xo‘jalik tizimini etarlicha moliyaviy vositalar bo‘lmagan boshqa bir korxonaga mashina- uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so‘ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |