Ijobiy tomonlari:
bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi.
yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi.
bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir.
bosqichlar soni kam bo‘lgan boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi.
vazifala tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi
xodimlar faqat o‘z rahbariga hisob beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.
Salbiy tomonlari:
bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo‘ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha quyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko‘proq tezkor ishlar band bo‘lib, strategik kompleks muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar
bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog‘lanish bo‘lmaydi, bunday xavfli kuchi chunki, strukturaning har bir bug‘inida rahbar o‘z lavozimi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo‘ladi.
Ijobiy tomonlari:
Funksiyaonal organlar o‘ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, “begona” funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o‘z funksiyalari bo‘yicha farmoyish berish huquqiga ega bo‘ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar ma’suliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo‘ysunadi, ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi.
Mahsulotga ko‘ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyilliga to‘la rioya qilinishida boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday struktura bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo‘yicha boshqarish ancha murakkab bo‘lib u mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog‘lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani “To‘r” ko‘rinishida tasarruf etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning ya’ni:
funksiyaonal struktura;
mahsulot bo‘yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |