1-MAVZU. MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI FANNING YUZAGA
KELISHI VA RIVOJLANISHI
(2-ma’ruza mashg‘uloti)
1.4. Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish
nazariyasini yaratishda I.SHumpeter, J.M.Keyns va yangi klassik
sintezlarning qarashlari
1.5. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiѐti
mafkurachilari va SHarq iqtisodiy tafakkurining o‘rni
1.4. Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan
muvofiqlashtirish nazariyasini yaratishda I. SHumpeter, J.M. Keyns
va yangi klassik sintezlarning qarashlari
Avstraliyalik iqtisodchi va sotsiolog olim Iozef SHumpeter
iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o‘rniga ega. Uning qarashlarida
klassik nazariya bilan institutsionalizm nazariyasidagi iqtisodiy
jaraѐnlar tahlilini turli ijtimoiy munosabatlar: huquqiy, ijtimoiy
va boshqa munosabatlar tahlili bilan bog‘laydigan nazariyaning
elementlari qo‘shilib ketgan edi. Y. SHumpeter «Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi» deb nomlangan asarida (1912) tadbirkorning
rolini ishlab chiqarishning eng muhim omili, bozor iqtisodiѐtining
asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida asoslaydi.
Yozef Alois SHumpeter (1883-1950) – Amerika
iqtisodchisi. Tresht (Moraviya)da 1883 yilning 8 fevralida
tug‘ilgan. Vena universitetini tugallagan, Grats va Bonn
universitetlarida o‘qituvchilik qilgan (1925-1932), keyin
Garvardda dars bergan (1932-1950), bunda u kapitalizm
nazariyasi va amaliy faollik davrlariga oid tadqiqotlari
tufayli keng tanildi. ―Xo‘jalik rivoji nazariyasi‖ (Theorie
der wirtschaflichen Entwicklung, 1912); ―Amaliy faollik
davrlari: kapitalizmning nazariy, tarixiy va statistik
tahlili‖, ―Kapitalizm, sotsializm va demokratiya‖ (1942)
kabi asarlar uning eng yirik asarlari sirasidandir.
YUqorida J.B. Sey ham ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat,
kapital va er to‘g‘risidagi nazariyani baѐn qilganligi va tadbirkorning
ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatidagi rolini yuqori baholaganligi
ko‘rsatib o‘tilgan edi. Lekin Y. SHumpeter iqtisodiy tafakkur tarixida
birinchi bo‘lib tadbirkorning ishlab chiqarish omili sifatidagi barcha
xususiyatlarini ochib berdi. U bunday deb ѐzgan edi: «Biz vazifasi yangi
kombinatsiyalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan va uning faol
elementi sifatida ishtirok etadigan... xo‘jalik sub’ektlari
tadbirkorlar deb ataladi»5, odatda korxonaning egasi hisoblanmaydigan
tadbirkor vazifasiga ishlab chiqarishga yangiliklar, ya’ni quyidagi
maqsadlarga erishish uchun resurslar – buyum va kuchlarni
kombinatsiyalashni joriy qilish kiradi:
1) iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan yangi ne’matni ishlab chiqarish
ѐxud u ѐki bu ne’matga yangi sifatni joriy etish;
2) tegishli tovarni ishlab chiqarishning ѐki undan tijorat yo‘lida
foydalanishning yangi usulini joriy etish;
3) avval ham mavjud bo‘lgan ѐki bo‘lmaganligidan qat’i nazar mazkur
mamlakatning sanoat tarmog‘i hali qatnashmagan yangi sotuv bozorini
o‘zlashtirish;
4) ushbu manba ilgari mavjud bo‘lganligi ѐki bo‘lmaganligidan qat’i
nazar xomashѐ ѐki yarim tayѐr mahsulotlar yangi manbaiga etishish;
5) o‘z korxonasining monopol mavqeini ta’minlash bilan boshqa
korxonaning monopollik mavqeiga putur etkazish6.
Y. SHumpeter tadbirkorlikni insonning ijtimoiy kelib chiqishiga
bog‘liq bo‘lmagan alohida iste’dod deb hisoblaydi. Bushaxsning, avvalo,
o‘z kuchi va o‘z mustaqilligiga ishonib ish tutishi, tavakkalchilik qila
olishi, yangiliklar kiritish hisobiga muvaffaqiyatlarga erishishga
intilishdan iborat bo‘lgan xususiyatidir.
Keyns, Jon Meynard (1883-1946) – ingliz iqtisodchisi.
Kembrijda 1883 yilning 5 iyunida Kembrij universiteti
bosh boshqaruvchisining oilasida tug‘ilgan. Keyns Itonda
o‘qidi, keyin Kembrij universitetining Kingz-kollejida
ta’lim oldi, uni 1905 yilda tugalladi va universitetining
iqtisodiѐt fakultetida dars bera boshladi.
1920-yillarda Keyns iqtisodiy muammolarni tadqiq
qilish bilan shug‘ullandi, bular uning ―Pul to‘g‘risida
ta’limot‖ (1930) va ―Ish bilan bandlik, foiz va pul
to‘g‘risida umumiy nazariya‖ ( 1936) deb nomlangan
asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyns o‘zini-o‘zi tartibga
soladigan iqtisodiѐt to‘g‘risidagi konsepsiyaning behudaligini isbotlar va kreditlash, pul muomalasi va
aholining ish bilan bandligi borasida amalga oshirish
kerak bo‘lgan qator chora-tadbirlarni taklif etgan edi. U
iqtisodiѐtni tartibga solish omillarini rivojlantirdi.
1943-1944 yillarda u Xalqaro Valyuta Fondi va Xalqaro
tiklanish va taraqqiѐt banki (Jahon banki)ni tashkil etish
to‘g‘risidagi bitimni tayѐrlash va qabul qilishda qatnashdi.
Samarali talab, bir tomondan, shaxsiy iste’mol darajasi bilan,
ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish iste’molining miqdori –
investitsiyalar bilan belgilanadi. Talabning oshishini ta’minlashda,
birinchidan, davlat ta’sirida kredit foizlarini kamaytirish, bu
investitsiyalarning oshishiga olib keladi (kredit mexanizmi);
ikkinchidan, investitsiyalarga davlat sarf-xarajatlarini oshirish va
tovarlarni davlat tomonidan xarid qilinishini ko‘paytirish (byudjet
mexanizmi) vosita xizmatini o‘tashi mumkin. Har ikki chora-tadbir ham
ishlab chiqarishni kengaytirishga aholining ish bilan bandligini
oshirish va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan.
Keyns ta’kidlashicha, ish haqining pastligi, yangi klassik
nazariyaning qoidasiga zid tarzda, ishsizlikning kamayishiga
ko‘maklashmaydi. Aholining ish bilan bandligi, avvalo,
multiplikatsiyalash (ko‘paytirish) samarasiga olib keladigan
investitsiyalarning miqdoriga bog‘liq.
Atoqli amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati P.
Samuelson klassik siѐsiy iqtisod, yangi klassik nazariya, yangi
keynschilik, yangi liberal nazariyalar uyg‘unlashishidan iborat bo‘lgan
iqtisodiy nazariyalar sintezini zamonaviy iqtisodiy nazariyalarning
«yangi klassik sintezi» deb nomladi. U ushbu g‘oyalarni Rossiya va
O‘zbekistonda ko‘p marta qayta nashr qilingan «Ekonomiks» darsligida
(1948) baѐn etgan.
Samuelson Pol (1915-2005) – Amerika iqtisodchisi. U
1970 yilda iqtisodiѐt bo‘yicha Nobel mukofotini olishga
sazovor bo‘ldi. Geri (Indiana shtati)da tug‘ilgan. 1935
yilda CHikago universitetini tugallagan. Garvard
universitetida ishlagan, 1940 yildan e’tiboran esa
Massachuset texnologiya universitetida mehnat qilgan. 1941
yilda Garvardda fan doktori darajasini oldi, 1947 yilda
esa Massachuset texnologiya institutining professori
bo‘ldi. Qator davlat muassasalarida, shu jumladan, moliya
vazirligida rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullandi.
1960-yillarning boshida J. Kennedining maslahatchisi
bo‘ldi. Massachuset texnologiya institutidan iste’foga
chiqqanidan keyin u faol ravishda ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanishni davom ettirdi.
Samuelsonning asarlari iqtisodiy muvozanatlilikning tahliliga, iste’moltarkibiga, samaradorlik va maqbullik masalalariga bag‘ishlangan. U foydalilikni maksimallashtirish, muvofiqlik
tamoyili,yashirin xush ko‘rishlar‖ konsepsiyalarining
muallifidir. U Iqtisodiy tahlil asoslari (1947);
Liniyaviy dasturlashtirish va iqtisodiy tahlil (1958),
Makroiqtisodiѐt (1995); Mikroiqtisodiѐt‖ (1995) kabi
asarlarning muallifidir.
YAngi klassik sintez atamasini turli mualliflar turlicha talqin
qilishgan, ammo bunday talqinlarni tizimlash asosida yangi klassik
sintez konsepsiyasining uchta taxminiy talqinini ko‘rsatish mumkin.
Ulardan birining mohiyati zamonaviy iqtisodiy nazariya xo‘jalik
yuritishning iqtisodiy liberalizm prinsiplari bilan barcha bozor
mexanizmi elementlaridan ham, erkin bozor stixiyasini cheklaydigan
keynscha konsepsiyaning elementlaridan ham bir yo‘la foydalanilganda
ish bilan to‘la bandlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkinligi
to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashdan iborat.
Iqtisodiy nazariyaning markazidagi mehnat iqtisodiѐti
nazariyasining rivojlanishi to‘xtovsiz jaraѐndir, u hozir ham davom
etmoqda. Unda hali aslo nazariy masalalarning barchasi ham etarlicha
oydinlashtirilganicha yo‘q. Lekin uning istiqboli insoniyatning yangi
ijtimoiy va iqtisodiy larzalarni chetlab o‘tish va uning tobora
rivojlanishi, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini
ta’minlashga imkon beradigan yo‘nalishdagina porloq bo‘lishi aѐn bo‘lib
turibdi. Bunday yo‘l dunѐdagi ko‘p mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonda
ham amalga oshirilaѐtgan iqtisodiy islohotlarning markazida turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |