Ma’lumotlar bilan ishlash Masalani yechish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash, yig’ish va ularga ishlov berish;
Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini tanlash va qo’llash;
Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va bashoratlarni ishlab chiqish va ularni baholash;
Asosiy ehtimollar nazariyasi tushunchalarini tushunish va ulardan foydalanish.
FK2. Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetensiyalar Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetensiyalarni o’z navbatida quyidagi o’quv harakatlari bo’yicha ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi: Masala yechish; Asoslash va isbotlash; Muloqot; Munosabatlar; Tasvirlash.
Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi kognitiv kompetensiyalarga ega bo’lishlari lozim: Masala yechish Masalani (muammoni) yechish orqali yangi matematik bilimlarni hosil qilish va ularni o’zlashtirish;
Matematika va boshqa fanlardagi o’quv masalalari hamda kundalik turmushda duch kelinadigan muammolarni yechish;
Masalani yechish uchun turli xil yechish usullarini qo’llash va ularni moslashtirish;
Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish.
Asoslash va isbotlash Asoslash va isbot matematikaning asosiy jihatlari ekanligini tushunish;
Matematik taxminlarni tuzish va tadqiq qilish;
Matematik asoslash, isbotlash va ularni baholash;
Mushohada yuritish turlari, isbot usullarini tanlash va qo’llash.
Muloqot O’qituvchi, tengdoshlar va boshqalar bilan matematika tilida aniq fikr almashish;
Boshqalarning matematik fikrlarini tahlil qilish va baholash;
Matematik fikrni aniq ifodalash uchun matematika tilidan foydalanish;
Munosabatlar Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va ulardan foydalanish;
Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik tushunchalarni birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish,
Kundalik turmushdagi vaziyatlarda va boshqa fanlarda matematikani qo’llash;
Tasvirlash Matematik tasdiqni turli shakl va ko’rinishlarda tasvirlash va ulardan foydalanish;
Masalani yechish uchun tegishli matematik tasvirlash usulini tanlash va bir ko’rinishdan ikinchi ko’rinishga o’tkazish;
Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish hamda modellashtirish uchun turli matematik tasvirlash usullaridan foydalanish. Matematika fani bo’yicha mazkur kompetensiyalar o’quvchining matematika fanidan boshlang’ich maktabning 1- sinfidan boshlab, toki 11-sinfni bitirgunga qadar egallashi kerak bo’lgan asosiy kompetensiyalardan iborat. Har bir kompetensiya talabi boshlang’ich, o’rta umumiy ta’lim muassasalari uchun alohida-alohida aniqlashtiriladi hamda ularning o’zi ham asosiy va chuqurlashtirilgan darajalarga bo’linadi. Shuningdek, har bir ta’lim tizimi uchun mazkur kompetensiyalar talablari sinflar (kurslar) bo’yicha, bo’limlar bo’yicha, so’ng har bir mavzu bo’yicha va nihoyat har bir dars bo’yicha aniqlashtiriladi, ya’ni konkret mayda talablar ko’rinishida bayon etiladi. Shu tariqa, mazkur kompetensiyalar har bir darsga uning turli maqsadlari ko’rinishida kirib boradi.