1-mavzu. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari reja


Veb-xosting xizmati tariflari



Download 407,78 Kb.
bet9/16
Sana18.08.2021
Hajmi407,78 Kb.
#150443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
MASOFAVIY TA’LIM VA UNI TAShKIL ETISh ASOSLARI

Veb-xosting xizmati tariflari

Tarif rejalari

Standart

Lux

Vip

Maxi

Izoh

Tasniflar

Oylik abonentlik to‘lovi

(so‘m)


4 000

6 000

12 000

17 000

Diskdagi umumiykvota, Mb

50 gacha

100 gacha

250 gacha

500 gacha

Oylik trafik, Mb

unlimited

unlimited

unlimited

unlimited

1 pochta manziliuchun kvota,

Mb


5

5

5

5

Pochta manzillari soni

10

20

40

80

3-daraja domenini ro‘yxatga olish va qo‘llabquvvatlash

3

4

5

7

FTP orqali kirish

+

+

+

+

CGI-BIN,PERL(mod_perl)

+

+

+

+

MySQLma’lumotlar ombori soni

1

1

1

1

Oylik diskdagi kvotaningko‘payib ketishida 1 Mb narxi(so‘m)*

200

200

200

200

Domen olish

Asosiy tushunchalar.

Domen - nomli mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash uchun javob beradigan tashkilotga egalik qilish uchun taqdim etilgan Internet tarmog‘ining qismi;

«UZ» domeni - O‘zbekiston Respublikasining mamlakat kodini ifodalovchi, maxsus vakolatli tashkilot tomonidan boshqariladigan va

muvofiqlashtiriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi ostidagi yuqori daraja domeni, shu jumladan, keyingi darajalarning domen nomlari;

Domen nomi - nomlarning domen tizimiga muvofiq kompyuter tarmog‘i uzeliga biriktirilgan noyob belgili nom.

Domen (o‘z navbatida xostingni ham) olish uchun [15] ActiveCloud kompaniyasi orqali amalga oshirishni tavsiya qilamiz.

Domenni ro‘yihatdan utkazish (xosting) olishshartlarini [15] sayti orqali barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.






TLD зонаси

1 йилга тулов

.uz

14 $

.kz

22 $

.tj

22 $

.com

27 $

.org

27 $

.net

27 $

.ru

22 $




TLD зонаси

1 йилга тулов

.name

25 $

.info

23 $

.bz

43 $

.su

32 $

.tw

51 $

.uk

22 $

.us

27 $




3-жадвал. Веб-хостинг хизмати тарифлари



TA’LIMDA ERKIN VA OChIQ KODLI DASTURIY TA’MINOTLAR

TAHLILI-LMS TIZIMLARINING ASOSIY FUNKSIYaLARI2

LMS tizimlarining asosiy funksiyalari

LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini)tashkil etishningasosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o‘quvchilarning(o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro‘yihatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‘qituvchi(tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidanelektron o‘quv resurslarni yaratishi, Authoring too^apga SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosidayaratilgan elektron o‘quv resurslariniyuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali)muloqatini tashkillashtirish, o‘quv jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiyva marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.

LMS tizimlarining tahlili3

Qo‘yida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz.



Atutor-Ochiq kodli, veb muhitida ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud.Tizim bir nechta standartlarni qo‘llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi-talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda utkazgan holda tinglashi mumkin.O‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqarorversiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan ortiq har hil modullar mavjud.Tizim qo‘llab quvvatlaydigan standartlar soni ancha bo‘lib bu boshqa LMS tizimlardan farqi ham aynan shu xususiyatidadir. Tizimning rasmiy internetmanzili:k|ir://aShog.sa/aSho|7.

Claroline - Erkin va ochiq kodli, masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webra orientatsiyalangan dasuriy majmuahisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda

PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan[6]. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zidaqabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi xususan, foydalanuvchilarni ruyihatdan o‘tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarniyaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMSlar singari qo‘yidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari mavjud: Forums, Mate'ials, Messenge', Chat, Exe'cises, G'oup wo'k , Student tracking, Kalendar, Vikiva boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singariIMS va SCORM standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko‘rish mumkin, buning uchun £1r//deto<1ago11pe1pe1/havolasiga murojat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.

O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqarorversiyasi Claroline 1.11.8.

Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.claroline.net



Dokeos - ClarolineHUHr 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi.

Dokeos Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruhning bir necha a’zolarining ish mahsuli bo‘lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan ClarolinegaH farqli ravishda davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi.

Dokeos dasturiy majmuasining rasmiy Web saytiga tashrif buyursangiz, u yerda dasturning 2 ta versiyasini ko‘chirib olishni taklif qilinadi: Dokeos FREE - bepul va Dokeos PRO - bepul bo‘lmagan, qo‘shimcha modullari mavjud bo‘lgan dastur paketi taklif etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasi bizning fikrimizga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo‘ladigan barcha o‘quv modullari mavjud.

Tizimning imkoniyatlarini va unda mavjud o‘quv elementlarni qo‘yida ko‘rsatilgan aql xaritasi orqali ko‘rish mumkin. Rasmdan ko‘rinib turganidek, tizimda mavjud o‘qitish modullarini ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmog‘lardagi mavjud g‘oya asosida o‘zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmog‘larga moslashtirmoqda. Shunga ko‘ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmog‘ elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singariDokeos dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo‘llab quvvatlaydi. Bu esa bu standartni qo‘llab quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o‘quv kurslarini eksport/import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi o‘quv modulini yozish vaqtidagi ohirgi barqarorversiyasiDokeos 2.2 RC2.

Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.dokeos.com

LAMSIMS Learning Designstandarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32 tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasi boshqa LMS lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurslarini (elektron o‘quv resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishligini vizualko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi “sinchqoncha” orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.

LAMS - elektron o‘quv resursini vizual ravishda o‘quv kontentlarni o‘zgartirish boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli, yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‘qituvchiga o‘quv kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‘z ichiga har-xil individual vazifalar, guruhli o‘qitishda frontal vazifalarni berishini o‘z ichiga oladi. O‘quv modulini yozish vaqtidagi tizimning barqaror versiyasi 2.4.

Tizimning rasmiy internet manzili: httpZZlamsfoundation.org/

Moodle - Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi vebga yo‘naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.

Moodle -inglizcha so‘zlarning abbreviaturasi bo‘lib Modular Object Oriented DynamicLearning Environment -modulli ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik o‘qitish muhiti (MOYDO‘M). Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singariIMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.

4-jadval.


Download 407,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish