Tayanch tushunchalar:
Stereotipizatsiya, kauzal atributsiya, attraksiya, Simpatiya
Tayanch tushunchalar:
pertseptiv jarayonlar, Shaxslararo idrok, Idokni mexanizmlari va effektlari.
Muloqot davomida shaxslar o`zaroaxborot almashadilar. Bu muloqotdagi kommunikatsiya jarayonidir. Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o`zarobirgalikdagi harakati odamlar o’rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv muloqotlar sistemasida yuz beradi. K. Marks ishlab chiqarish munosabatlarining jamiyatning asosi tarzidagi mohiyatini ochib berarkan, shunday deb yozgan edi: «Ishlab chiqarishda kishilar tabiatdagina emas, balki bir-birlariga ham ta’sir etadilar. Ular birgalashib ishlamoq va o’z faolyatlarini o`zaroayriboshlamoq uchun ma’lum tarzda birlashmasdan urib ishlab chiqara olmaydilar. Ishlab chiqarmoq uchun odamlar bir-birlari bilan muayyan aloka va muloqot bog‘laydilar va faqat shu ijtimoiy aloqa va muloqotlar orqali ularning tabiatga nisbatan muloqotlari mavjud bo’lib turadi, ishlab chiqarish voqe bo’ladi.
Muloqot – odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar va aloqalarni rivojlantirishning ko’p qirrali jarayonidir.
Muloqot birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida ma’lumot almashishni o’z ichiga oladi. Bunday ma’lumot ayirboshlanishi muloqotning kommunikativ jihati sifatida ta’riflanishi mumkin. Odamlar muloqotga kirishar ekan, muloqotning eng muhim vositalaridan biri sifatidagi tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning ikkinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning o`zarobirgalikda harakati – nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti-harakatlar bilan ayirboshlashdan iborat. Do’kon kassasi oldida hisob-kitobni amalga oshirarkan xaridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech qanday so’z ishlatmasa ham o`zaromuloqotga kirishadi; xaridor kassirga xarid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqdim etsa, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab beradi.
Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishdir. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda munosabat o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish pedagog uchun ayniqsa muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko`ra vazifasi ham agar u o`quvchilarni o’zi bilan birga faoliyatga unumli jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga javob bera oladigan tarzdagi o`zaro brgalikdagi harakat va o`zaro hamjihatlikni yo’lga qo`ya olgan ya’ni to`loqonli pedagogik muloqotni o`rnata olgan taqdirdagina muvafaqqiyatli hal etilishi mumkin.
Peagogik muloqot deganda – pedagog va o’quvchilar kollektivi o’rtasida o`zarobirgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan o’quv tarbiyaviy ta’sir ko`rsatishva o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va malakalari tushuniladi. Peagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.
Pedagogik muloqot, bir tomondan, o’quv tarbiya jarayonining hissiy holati bo’lib, ikkinchidan esa, uning bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bo’ladi.
Muloqotning birgalikdagi faoliyati bilan aloqasi aniq ravshandir. Lekin shunday savol tug‘iladi: muloqot birgalikdagi faolyatning bir qismi, tomoni, jihati hisoblanadimi yoki muloqot va faoliyat ikkita mustaqil, to’laqonli jarayonmi?
Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruriyatga ko’ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa o’rnatish, o`zarohamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim va hakozo.
Bu o’rinda muloqot faoliyatining bir tomoni, bir qismi uning eng muhim informativ jihati kommunikatsiya sifatida namoyon bo’ladi.
2. Muloqotning o`zarobirgalikda harakat qilish va faoliyat ko`rsatishjarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa chiqarish tarzida tushunilishi anashu umumiy narsa avvalo muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so’zlar mohiyatiga ko’ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o’z hulq atvorini o’zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo’llayotgan kishi (kommunkator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipient) muloqot va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so’zlashishlari kerak.
Agar kommunikator va retsipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo’llaydigan bo’lsalar, bu holda ular o`zarohamjihatlikda va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatlar erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi qurilayotgan paytida quruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag‘darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarni bir-biriga bog‘lash jarayonida o`zarobirgalikda harakat qilmasligini aks ettiradi. Negaki, turli xil tillarda so’zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar. Bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirlishini amri mahol qilib qo’yadi. Qo’llaniladigan belgilar (so’zlar, imo-ishoralar, ierogliflar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotdagi ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo’lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo’ladi.
Mohiyat-belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo’lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va muloqotini namoyon qiladi.
So’zlar belgilar sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Til yordamida muloqotga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’kosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgan yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to’ldirib turadi - o’y, fikrlarni ayirboshlash axborot berish ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |