1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


-mavzu. Ma’ruza. Shaxslararo munosabat shaxs va muomala



Download 189,92 Kb.
bet4/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
sotsial

3-mavzu. Ma’ruza. Shaxslararo munosabat shaxs va muomala.

Reja:

1. Sotsial psixologiyada odamlarni bir-biriga ta’siri muammosi.

2. Chet el sotsial psixologiyasida o`zaro ta’sir aktining anatomiyasini muammosining o`rganish.

3.Didaktik ta’sir nazariyasi: «simvolik interaktsionizm»da o`zaro ta’sir muammosini xal qilish.

4. O`zaro ta’sir jarayonini kompanentlari.

5. O`zaro ta’sir turlari. Sotsial psixologiyada kooperatsiya va konflikt.

6. O`zaro ta’sirni eksperimental sxemasi. Betsls sxemasi.

Tayanch tushunchalar:

Kommunikativ aloqa, simvolik interaktsionizm, harakat yo’naltirilgan ob’yekt


Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati lo’p jihatdan anashu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalgam oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mavqe egallashga intiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov oily ta’limni isloh qilishda va malakaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo’lish uchun shaxs nafaqat o’z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo’lmog’i, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog’i lozim. Bu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishining mexanizmlarini o’rganish dolzarb muammolardandir. Insonning komil shaxs bo’lib yetilishida asosiy faoliyat turlaridan bo’lgan muloqot katta rol o’ynaydi. Muloqot odamlar oshiradigan faoliyat ichida yetakchi o’rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni- jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham o’zaro muloqotning bo’lishi har bir insin uchun katta ahamiyatga ega. Muloqot- odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayonidir.

Ikki tomonlama muloqot- bu shunday shartli terminki, u kishilarning o’zaro aloqalari, ish faoliyatlarini tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan komponentlarni anglatadi. Bo’yicha olib

O’zaro aloqa muammolari bo’yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari ijtimoiy psixologiyada qadimiy an’anaga ega. Lekin bu an’ananing zid tomonlari bor:



  • bir tomondan olib qaralganda o’zaro muloqot muammolari bo’yicha ko’p tadqiqotlar olib borilgan, ko’plab uslubiy tajribalar ishlab chiqilgan, asosan nazariy sharh mavjud. Bu narsalar o’zaro muloqotni oxirgi, so’ngi punkt deb tahlil qiladi.

  • Ikkinchi tomondan olib qaralganda, o’zaro muloqotning shaxsiy , ijtimoiy faoliyatdagi va ijtimoiy qarashlardagi o’rni juda yuqori darajada ko’rsatilgan. Lekin o’zaro muloqot va bu muloqot strukturasi haqida aniq yechim hali yo’q.

Odamlarning o’zaro aloqa va muloqotlarida shunday kuchli ichki his, sezgirlik mavjud bo’lib, bu ularni bir-birlari bilan osongina muloqotga kirishishlariga yordam beradi. Ba’zi olimlar o’zaro aloqa va muloqotni oddiygina qilib, o’zaro axborot almashinuvi deb hisoblashsa, ba’zilari muloqot va o’zaro aloqa orasidagi munosabatni bir qancha jarayon va uning mazmuni formalari deb qarashadi. Ba’zi paytlarda o’zaro muloqot, aloqani bir-biriga bog’liq deb bilishsa , ba’zida ikki tomonlama muloqotni alohida mavjudligini e’tirof etishadi.

Bu har-xil qarashlar, atamaviy qiyinchiliklar natijasida “muloqot” tushunchasitor yoki keng ma’noda ishlatiladi. Agarda biz muloqotga berilgan tavsifnomada , qattiq turadigan bo’lsak, biz shu to’xtamga kelamizki, muloqot bu keng ma’noda o’zaro aloqa, tor ma’noda axborot almashinuvidir.

Bir so’z bilan aytganda, o’zaro bog’lanishnig bunday sharhi o’zaro aloqa bilan solishtirganda muloqotning boshqa tomonidir. Boshqa tomon qanday tomon savolga javob topish lozim.

Agarda kommunikativ aloqa jarayoni bir nechta birgalikdagi faoliyat asosida vujudga kelsa, bu faoliyat borasidagi bilim va fikr almashishlar shuni ko’rsatadiki, erishilgan o’zaro kelishuvlar tashkil etishdagi, rivojlantirishdagi urinishlarda yuzaga keladi. Bu faoliyatda ko’p kishilarning ishtirok etishi shuni bildiradiki, bunga har bir kishi o’z hissasini qo’shishi kerak. O’zaro bog’lanishni xuddi qo’shma faoliyat tashkilotchisi deb sharhlash kerak. Uning qatnashchilari uchun faqat axborot almashinuvi emas, balki harakat almashinuvini ham tashkil etish, umumiy faoliyatni rejalashtirish zarur. Bu rejaga ko’ra, faoliyat yaratuvchilari alohida shaxs emas, jamoa hisoblanadi. Shunday qilib, o’zaro munosabat tushunchasi orqali ochib beriladigan muloqotning “boshqa tomoni” nima degan savolga javob topish mumkin.

Muloqotning bu tomoni faqatgina o’zining sherigining xulqini o’zgartiribgina qolmay, balki guruh a’zolari uchun umumiy faoli-yat yaratadigan o’zaro harakat.

Savolning bunday echimi o’zaro aloqani o’zaro bog’lanishdan ajratmaydi. O’zaro aloqa o’zaro bog’lanish orqali tashkil etiladi. Aynan manashu jarayon orqali kishilar axborot almashadilar. Shu orqali kommunikativ aloqaning ko’rinish va me’yorlari ishlab chiqiladi. O’zaro muloqot kishilarning o’zaro munosabatining bir bo’lagi hisoblanadi.

Ijtimoiy psixologiyada, uning tarixida o’zaro aloqaning, munosabatning strukturasini tasvirlashda bir qancha urinishlar bo’lgan. Masalan : G’arb ijtimoiy psixologiyasida “harakar nazariyasi” yoki “ijtimoiy harakat nazariyasi” degan so’zlar keng tarqalgan. Harakatning individualliligi turli variantlarda tasvirlandi.

Bu fikrga sotsiologiyada M.Veber, P.Sorokin, T.Parsons va ijtimoiy psixologiyada Yang, Frimen va boshqalar o’z e’tiborlarini qaratdi-lar.

Vazifa hamisha o’zaro bog’lanishdagi faktorlar harakatining bir-biriga mosligini izlash bo’lib kelgan. Bunga misol qilib, T.Parsons-ning nazariyasini olish mumkin. Unga ko’ra ijtimoiy harakat struk-turasini uchun umumiy apparat qabul qilingan. Parsons qidiruvlari shu yo’nalishda ketyaptiki, bunda sovet psixologiyasida shunday ta’ rif berilgan: “Bunda ayon bo’lganidek bunda inson faoliyatining tuzilishi taxlil qilinadi. Undan keyin harakat uning komponentlari orasida ajratib ko’rsatiladi ”.

O’zining mazmuniga ko’ra alohida harakat strukturasi umumiy harakat strukturasi deb qaraladi.

Parsonsning fikriga ko’ra faoliyat asosida shaxslararo bog’lanishlar yotadi. Bunda inson faoliyati keng ko’lamda ko’rsatil-gan . Bu birlamchi harakatlar natijasida harakatlar sistemasi vujudga keladi. Har bir harakat mavhum nuqtai nazardan qatnashuvchilarning elementi sifatida olinadi. Bularga:


  1. Faoliyat ko’rsatuvchi

  2. “Boshqasi” (harakat yo’naltirilgan ob’yekt)

  3. Me’yorlar (o’zaro bog’lanish me’yorlari)

  4. “Qadr, baho” (har bir ishtirokchi intiladigan)

  5. Situatsiya(o’zaro bog’lanish jarayonida).

Faoliyat yurituvchiga uning harakatlari uning qiziqishlarini amalga oshirishga qaratilganligi tushuntiriladi. Faoliyat yurituvchi “boshqa birov” munosabatida kutishlar va tushunishlar sistemasini rivojlantiradi. Bunda faoliyat egasining maqsadga erishish uchun intilishlari, boshqalarning unga ta’siri o’rganilgan. O’zaro bog’lanishlarning turlarihaqidagi tasniflar 5 ta nuqtai nazarni ajratib ko’rsatadi. Bu 5 ta narsa yordamida inson faoliyatining barcha turlarini tasvirlash mumkin.

Bunday izlanish, urinish muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. Parsons taklif qilgan harakat sxemasi juda mavhum bo’lib chiqdi. Unda bu harakatga hech qanday nazariy tahlil berilmagan. Bu konsep-siya yaratuvchini o’zining yagona sinov tajribasi bo’lib chiqdi. Uning individual harakatlarning mavhum elementar strukturasi degan prinsipi xato bo’lib chiqdi.

Bunday qarash bilan harakat mazmunini aniqlash sira ham mumkin emas. Biz avvalo taxlilni ijtimoiy faoliyatdan boshlashi-miz zarur, undan keyin alohida individual harakat strukturasini taxlil qilishimiz mumkin. Parsons qarashlari jamiyatdagi munosa-batlarning psixologizatsiyasiga olib keladi. Unga ko’ra barcha ijtimoiy harakat boyligi individual ruhiyatdan kelib chiqadi.

Boshqa qarashlar o’zaro bog’lanishlar strukturasini uning qadam baqadam rivojlanishi bilan bog’liqligini ilgari suradi. Bunga ko’ra o’zaro bog’lanish oddiy harakatlarga emas, balki u bosib o’tgan etaplarga bo’linadi.

Bunday qarash polyak ixtirochisi Ya. Shepanskiy tomonidan ilgari surilgan. Shepanskiyning qarashlarida ijtimoiy xulq-atvorni tasvirlashda ijtimoiy aloqa tushunchasi muhim tushunchadir. Bu qarashlar shu tarzda ko’rsatiladi.


  1. Tabiiy bog’lanish;

  2. Ruhiy aloqa (bog’lanish);

  3. Ijtimoiy aloqa;

  4. O’zaro bog’lanish (sistemalashtirilgan bog’lanish);

  5. Ijtimoiy munosabatlar.

Barcha aytilgan fikrlar “ijtimoiy aloqa” xarakteristikasiga qaratilgan bo’lsa ham, uning “o’zaro bog’lanish” ekanligi to’liq ko’rsatilgan. Lekin o’zaro munosabatning ijtimoiy aloqa sirasiga kiritilishi ko’plarning qarashlarini o’zgartiradi. Agarda o’zaro bog’lanish birgalikdagi xarakat asosida amalga oshsa, bunda uning mavzuiy tomonlarini o’rganish juda muhimdir. Lekin sxemaning muhim emasligi o’zaro bog’lanish strukturasini tushunish qobiliyatini pasaytiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, hali kishilarning o’zaro bog’lanish haqidagi tasavvurlarga yetarli baho berilmagan.

O’zaro munosabatlarning turlari.

O’zaro muloqot muammolari taxlilida yana bir qarash bor- ya’ni uning turlarini tasnifini tuzish. Shunisi ayonki, kishilar cheksiz darajada o’zaro muloqot turlarida ishtirok etishadi. Tajribaga asosan o’zaro muloqotning bir qancha asosiy turlarini ifodalash lozim. Ijtimoiy psixologiyada uni tasniflashga qaratilgan bir qancha qarashlar mavjud. O’zaro muloqotning keng tarqalgan 2 turi mavjud:


  1. Kooperatsiya (hamkorlik)

  2. Konkurensiya (bir vaqtda sodir bo’lish)

Turli avtorlar bu 2 turni turli atamalar bilan atashadi. Hamkorlik va o’xshashlikdan tashqari ular kelishuv va kelishmovchiliklar, hamkorlik va ajralishlar, qobiliyatlilik va uning rad etilishi haqida deb tushuntiradilar. Bu tushunchalar orqali o’zaro muloqotning har-xil turlarga bo’linish prinsipi aniq ko’rinadi.

Birinchi holatda hamkor tashkilot faoliyati bu nuqtai nazardan ijobiy hisoblanadi.

Ikkinchi guruhga unga ta’sir qiladigan o’zgaruvchan o’zaro faoliyat kiradi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu jarayonlarga germaniyalik G.Gibsh va M.Forveyg o’z qarashlarini bildirganlar. Ular o’zaro muloqotning eng muhim turi bu hamkorlik deb tushuntirishadi. U psixologiyada asosiy predmet hisoblanadi. Bu sohaning maqsadi hamkorlikda yuzaga keladigan jamoa kuchining o’tkirligini izlab topishdir. Avtorlar K.Marksning “Hamkorlik- bu umumiy mehnat tushunchasi” degan fikriga yuzlanishadi. Bu yerda nafaqat yangi kuchlarning yuzaga kelishi, kuchlarning umumiylashishi balki kurashga chorlaydigan o’ziga xos insoniy his-tuyg’ularni uyg’otadigan umumiy muloqotdir. Ijtimoiy psixologiya uchun Gibsh va Forveygning fikriga ko’ra, bu bilan hamkorlikning umumiy tavsifnomasini izlab topish vazifasi ochiladi. Bu mablag’, ko’p kuch talab qiladigan birdan-bir faoliyatdir. Bu qarashda ijtimoiy psixologiyaning muhim vazifalaridan biri sotsiolistik jamiyat sharoitida bajarilgan. Faqatgina hamkorlikni o’rganishda vazifalarning muayyanligiga yo’l qo’ymaslik zarur.

Bir-biriga zid bo’lgan munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan o’zaro boglanishning boshqa turi kurashuv munosabatlarida hech qanday mazmunga ega emas deb hisoblash mumkin.

Marksda hamkorlikning ichida yuzaga keladigan kurashning roli haqida savol tug’iladi. Agarda sotsiologik jamiyatda ijtimoiy psixologiya vazifalariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu yerda masalaning 2- tomoni muhimdir. An’anaga ko’ra, bunda o’xshashlik yoki zidlik munosabatlari ko’rib chiqiladi. An’anaviy ijtimoiy psixolo-giyada konflikt tushunchasidan, u faqat inkorlikni anglatuvchi narsa deb qaralgani uchun voz kechishgan. Hozirgi vaqtda G’arbda bir-biriga zidqarashlarning aniq va noaniq tomonlarini tahlil qilish bilan bog’liq ko’plab ishlar olib borilyapti. Bu izlanishlarga aniq talablar qo’yilgan. Bu vazifalar kapitalistik jamiyat sharoitidagi munosabatlarning qonuniy formalari deb ta’riflanadigan konfliktlarni tushuntirish bilan bog’liq bo’lganvazifalardir. Marksist ijtimoiy psixologiya uchun ziddiyatlarning aynan psixologik aspektini o’rganish muhimdir.

Ikkinchi holat bu sotsiolistik jamiyat sharoitida hosil bo’lgan, tamoman yangi bo’lgan o’zaro muloqotning turi- bu sotsiolistik musobaqa tushunchasidir. An’anaga ko’ra o’xshashlikning bir turi deb qaralgan musobaqa bu yerda o’z tabiatini yo’qotadi. Shuning uchun uni konkurensiya normalari bo’yicha o’rganish uslubiy jihatdan foydasizdir. O’zaro bog’lanish, konkurensiya- tashqi ko’rinishdan bir-biriga o’xshash. Harakatni bu yangi formasini tasvirlashga talab katta. Eng muhimi biz musobaqa faoliyati va ziddiyat bir-biriga qanday munosabatda ekanligini tahlil qilishimiz lozim. Shuning uchun o’zaro muloqotning bu turiga e’tibor qilmaslik xatodir. Aksincha ziddiyat borasida olib borilayotgan tadqiqotlar, nazariyalar e’tiborga loyiqdir. Ziddiyatlarning o’rganilishiga kelsak, bu yerda aniq nazariy sxemalarning tuzilishini aniqlash lozim.

Marksistik uslubiyat talablari bilan mos kelgan holda qarashlar 1-navbatda ijtimoiy psixologiya 2 ta savolga o’zining diqqatini qaratishi lozim. Bir tomondan har bir ziddiyatdagi ikkilamchi ijtimoiy psixologik aspektlarga, ikkinchi tomondan ijtimoiy psixologik faktorlarnatijasida paydo bo’lgan ziddiyatlarning xususiy sinfini ajratish lozim. Bu 2 vazifa tadqiqotlarga chuqur yondashuv asosida yechilishi mumkin. U ziddiyatning 4 ta asosiy ta’rifini o’rganishi kerak:


  1. Ziddiyatning strukturasini;

  2. Ziddiyatning dinamikasini;

  3. Ziddiyatning funksiyasini;

  4. Ziddiyatning tipologiyasini.

Haqiqatdan ham bu 4 ta guruhning tahlili an’anaviy ijtimoiy psixologiyada qatnashadi. Lekin gap shundaki, har bir guruhga tasnif berishda eng yuqori deb atalgan 2 ta marksistik uslubiyot talablariga bo’ysunish talab etiladi. Bugungi sovet ijtimoiy psixologiyasida bu masala butunlay yechimini topgan deb bo’lmaydi, bunga bir qancha urinishlar bo’lgan bo’lsayam. Lekin ziddiyatlar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ko’plab fikrlarni ilgari surgan. Sotsiolistik musobaqaning ijtimoiy psixologik tahliliga kelsak, boshqa sotsiolistik mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham bunga ilk qadamlar qo’yilyapti. O’zaro muloqotning asosiy turi hisoblanadigan sotsiolistik musobaqaning tafsiloti shundan iboratki, uni hamkorlik yoki o’xshashlik tomonida qo’yish qiyin. Bu shundan ma’lumki, sotsiolistik musobaqada hamkorlik faoliyatlarining muhim birliklari mavjud. Bular o’zaro yordam, hamkorlikdir, kurash, musobaqa bo’lgani kabi. Bu musobaqada shaxslar faqat o’zi uchun emas, balki boshqalarga ham yordamga intilishadi. Musobaqa yo’nalishidagi alohida tipning yaratilishi sotsiolistik musobaqaning asosiy belgilaridan biridir. Sotsiolistik musobaqalarda shaxsning faolligi shakllanadi. Faollikning bu turiga aniq ijtimoiy psixologik baho berish uchun bu faoliyatni sotsiolistik faoliyat tavsifi musobaqada qanday borishini chuqur tahlil etish zarur. Musobaqa jarayonida yuzaga keladigan, ish bilan bog’liq bo’lgan, shaxsiy munosabatlarda tug’iladigan jarayon, holatni taxlil etish kerak.

Asosiy muammo psixologiyaning yo’naltirilgan faoliyati tahlili bilan bog’liq. Bunday xizmatlarni tashkil etish uchun muhokamani to’g’ri tashkil etish qobiliyati zarur. Sotsiolistik musobaqa mavjudligining asosiy sababi shundaki, u barcha guruhlarda sodir bo’lavermaydi, balki yuqori saviyaga ega bo’lgan etaplarda rivojlanadi. Shuning uchun o’zaro muloqotning bu turini mavhum ko’rinishda tasvirlash mumkin emas, balki uni tabiiy jamoa suhbati orqali o’rganish mumkin. Umumiy aytgan-da, ijtimoiy psixologiya faqatgina o’zaro muloqotning hamkorlikdagi formalari bo’yicha tadqiqot olib bormasligi lozim. Bundan tashqari o’zaro muloqotning bir turi qabul qilinganda, doiralarda o’zaro bog’lanishning u yoki bu turi berilganda, faoliyat mzmuninig asosiy muammolari olib tashlanadi. Lekin bu faoliyat mazmuni turlicha bo’lishi mumkin. O’zaro muloqotlarning hamkorlik formasini faqatgina ishlab chiqarish sharoitlarida emas, balki bir-biriga zid bo’lgan ijtimoiy hodisalarda , masalan: hamkorlikdagi o’g’irlikda, tunash va boshqa holatlarda hosil qilish mumkin. Shuning uchun shunday xulosaga kelamizki, hamkorlik bu ijtimoiy-inkor faoliyatlarda rag’batlantirilishi muhim bo’lmagan forma hisoblanadi. Aksincha ziddiyat faoliyatlargaijtimoiy faoliyatlarda aniq, ravshan baho beriladi. Hamkorlik va o’xshashlik o’zaro muloqotning ruhiy ko’rinishidir. Uning mazmuni u yoki bu hollarda, qayerda o’xshashlik va hamkorlik bo’lsa, shu yerdagi keng miqyosdagifaoliyatlarda beriladi. Shu bois o’zaro muloqotning hamkorlik formasi haqidagi tadqiqot-larning muhim tomonini o’rganmay turib, uning boshqa formalarini bilish mumkin emas.

Eng muhimi ularni ijtimoiy faoliyatdan tashqarida ko’rish noto’g’ri bo’ladi.

O’zaro muloqot bo’yicha o’tkazilgan tajribalar ro’yxati.

Muloqotning o’zaro tomonlarini tahlil qilishda o’zaro bog’lanishning 2 turi aniq, ijobiy rol o’ynaydi. Faqatgina o’zaro bog’liqlik haqidagi qarashlar tajriba sinovlari uchun yetarli emas. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada tajri-bada kuzatish birligisifatida o’zaro bog’lanishlarning bir muncha mayday turlarini izlab topish ko’zda tutilgan.

Shunday izlanishlardan biri R.Beylsga qarashli bo’lib, u o’zaro bog’lanishning guruhlar bo’yicha har xil turlarini alohida ro’yxatga olish sxemasini ishlab chiqqan. Bu sxe-mani yaratishdan oldin, Beyls o’zaro bog’lanishning hayotiy yuzaga kelishini kuzatish metodi orqali aniqlagan. Bu metodni birgalikda faoliyat olib borayotgan bolalar guruhida ko’rish mumkin. O’zaro muloqotning bunday turlari birinchi ro’yxati juda keng bo’lib chiqdi, shuning uchun u tajriba o’tkazish uchun yaroqsiz deb topildi. Beyls o’zaro muloqot ustidakuzatgan namunalarini ko’rsatgan. Uning taklificha, har bir guruh faoliyati 4 ta kategoriya yordamida tasvirlanadi:

1.Aniq, ijobiy hislar;

2.Inkor hislar;

3.Muammolarni yechish;

4.Muammolarni tashkil etish.

Shunday qilib o’zaro muloqotning barcha turlari 4 bo’lakka bo’linadi:

1. Aniq hislar 1. Hamdardlik.

2. Og’irlikni olib tashlash;

3. Kelishuv;

2. Muammolarni yechish 1. Taklif, ko’rsatma;

2. Fikr;

3. Boshqalarninh fikri;

3.Muammolarni tashkil etish 1. Axborot olish;

2. Fikrini so’rash;

3. Ko’rsatma berishni so’rash

4. Inkor etuvchi hislar 1. Kelishmovchilik;

2. Kuchli bosim o’tkazish;

3. Qarshilik ko’rsatish.

Bizga Beylsning o’zaro muloqotni barcha turlarini o’z ichiga olgan 12 ta guruhi aniqlab qoldirilgan. Uning adresiga qaratilgan bir qancha tanqidlarga qaramasdan Beylsning sxemasi keng tus oldi. Yuqoridagi 12 ta guruh xarakteristikasida eng oddiy mantiqiy mulohazaga ega bo’lmagan 4 ta guruh mavjud.

Bir savol tug’iladi: nima uchun aynan 12 ta ta’rif bilan o’zaro muloqotning barcha turlari tavsiflanadi?

Ikkinchi qarshi fikr shundan iboratki, o’zaro muloqotga berilgan ta’rifning nimaga asosan turlarga bo’lingani haqida hech qanday asos yo’q. Bu shaxslarning o’zaro fikr almashinuvi, ularning jismoniy harakatlari orqali yuzaga chiqadigano’zaro muloqot turlari ro’yxatga olingan. Bu sxemaga unchalik katta e’tibor qaratmaslikning asosiy sababi shundaki, unda umumiy guruh faoliyatining mazmuni butunlay ta’riflanmagan, faqatgina o’zaro muloqotning mayday belgilari ko’rsatilgan.

Biz bu yerda chuqur uslubiy savolga duch kelamiz. An’anaviy ijtimoiy psixologiyada to’g’ri yechimga ega bo’lmagan aynan shu savolga, ijtimoiy psixologiya tadqiqotlar uslubiyotida faoliyatning mazmuniga e’tibor qaratish lozim. An’anaviy qarashlarda bunga qarshi javoblar m,avjud. Aniq qilib aytganda, bu qobiliyatsizlik ijtimoiy psixologiyaning ko’zga ko’ringan tomoni deb qaraladi.

Bu yerda ijtimoiy muhitdan ajralish o’z qonuniyatiga ega. Shunday nazariyalar asosiga qurilgan hamma uslublar o’zaro muloqotning jiddiy aspektiga norozilik bil diradilar. Ijtimoiy psixologiya taraqqiyotining ma’lum bir etaplarida boshqa metodlarning qatnashmasligi, yabiiyki bularning hammasi o’zaro muloqotning birgina komponentiga-uning formalariga qarshiligidir. Tajribada o’zaro muloqotning mazmunini bilib olishning qiyinchiligi g’arbiy ijtimoiy psixologiyada taxlil vaziyatidagi moyillikni, diadadagi o’zaro muloqotning tadqiqotlarga murojaat qilishni keltirib chiqaradi.

“Diadik o’zaro muloqotlar” nazariyasi asosida o’tkazilgan tadqiqot ishlari shunga misol bo’la oladiki, hatto bu jarayon formalarini juda diqqat bilan o’rganish ham bu narsani tushunishga yordam bermaydi.

Diadik o’zaro muloqotni o’rganishda amerikalik sotsial psixologlar J.Tibo, G.Kellilar tomonidan kashf etilgan, matematik nazariyada tanilgan “Dilemma uznika” o’yinidan foydalaniladi. Tajribada muloqot qilishdan mahrum bo’lgan 2 ta asir ko’rsatiladi.

Shunday sharoit yuzaga keltiriladiki, ikkala kishi bir-birini holatini bilmagan holda bir-biri bilan muloqot qilish qobiliyati o’rganiladi. Ularning xulq-atvoridagi qobiliyatni qabul qiladigan bo’lsak, bu qobiliyatlar “iqror bo’lish” va “iqror bo’lmaslik”, ularning har biri bu muqobillikka ega. Natija shunga bog’liqki, kim qaysi muqobillikni tanlaydi. Ularning usullarida 4 ta vaziyat mavjud: ikkisiyam tan oladi, ikkinchisi tan oladi, birinchisi tan olmaydi, ikkisi ham tan olmaydi.

Matritsa bu 4 ta qobiliyat uyg’unligini aniqlaydi. Bunda har bir o’yinchi uchun bu usullarning turli kombinarsiya-larida yutuq joriy etiladi. Bu yutuq o’yinda har qanday vaziyatdan chiqib ketish yo’li hisoblanadi. Bunday holatlarda o’yin nazariyasining bir qancha turlarini qabul qilinishi har bir o’zaro muloqot qatnashuvchisining xulq- atvorini tasvirlab, aniqlab beradi. Lekin hozirda bir qancha chegaralashlar mavjud. Haqiqiy insoniy muloqot vaziyatlarida bu usullarni qo’llash chegaralangan. O’yin nazariyasida 2 tipdagi o’yinlar ko’rib chiqiladi: “nol baholi va bahosiz”. Birinchi holat shuni ko’rsatadiki, bunday o’yinda bir kishining yutug’i boshqasining yutqazishi bilan teng bo’ladi. Bunday vaziyat 2 ta qatnashuvchining o’zaro muloqotida kam hollarda uchraydi. Insonning o’zaro harakatining haqiqiy jarayonini kuzatadigan analoglar nol qiymatga ega bo’lib, ular qiyin va muhim qirralarni yoritadi. Ularning ijtimoiy psixologik ishlarda ishlatilishi kam uchraydi. O’yinlarning bunday qabul qilingan nol baholi apparati kishilarning ijtimoiy psixologik munosabatlarini shakllantiradi. Shuning uchun bu tadqiqotlarning bu uslubda qo’llanilishdagi effektliligi erishilgan natijalarga ko’ra yuqori baholanadi. O’zaro muloqotlarning ko’plab vaziyatlarida kishilar favqulodda kam hollarda o’zini qanday tutish yo’llarini dilemmadagi asirlardan bilib oladilar. Albatta o’zaro munosabat usullarining rasmiy taxlili rejasida bu uslubiyat aniq natija beradi. Har qanday holatda ham bunday usullarni yuzaga keltirishning aniq yo’llarini belgilab beradi. Bu bilan bir nechta maxsus tadqiqotlarda uslublarning qo’llanilishi tushuntiriladi. O’zaro munosabatlarning an’anaviy ijtimoiy psixologiyada hukm surayotgan tajriba, taxlillari sxemalari ko’p hollarda o’zaro munosabatni butunlay, u qanday ijtimoiy kontekst bo’lishidan qat’iy nazar istisno etadi.

Ramziy munosabatlar maktabi tomonidan qabul qilingan o’rganishlar ham bu ishlarni to’g’irlay olmaydi.

“Ramziy interaksionizm” konsepsiyasida o’zaro munosabatga yondashish.

Muloqotning 2 tomonlama ekanligining muhimlagi shunga olib keladiki, u sotsial psixologiyada muhim yo’nalish yuzaga keltirdi. Bu yo’nalish G.Mid nomi bilan bog’langan. U bu yo’nalishga “Ramziy interaksionizm” nomini berdi.

Insonning tabiatidagi “Men”ni aniqlayotib Mid Jeyms izidan bordi va shunday qarorga keldi; “Men”ni yuzaga kelishida muloqot hal qiluvchi rol o’ynaydi. Mid J.Kulining ”Men ko’zguman” degan g’oyasidan ham foy dalandi. Bunda shaxsiylik inson atrofdagilarning fikriga bildirgan ruhiy kechinmalarning yig’indisi deb tushuniladi. Mid tomonidan bu savol chuqur o’rganiladi. “Men”ning yuzaga kelishi haqiqatdan ham muloqot jarayonida bo’ladi. “Men” atrofdagilarga kishilarning oddiygina munosabatida emas balki o’zaro faoliyatda ham vujudga keladi.

Faqatgina boshqalarga qaramasdan ular bilan birga faoliyat qilgandagina ularda shaxsiylik shakllanadi, va u ularda o’zini taniydi. Midning qarashlarida o’zaro muloqot vaziyati 1- navbat da o’zaro munosabat vaziyati deb ochib beriladi. Bunday vaziyatlarning modeli Mid yaratgan 2 turdagi o’yin: pley va geym hisoblanadi.

Bu o’yinda kishi o’ziga tanlashga arziydigan do’st tanlaydi va u bu do’sti tomonidan qanday qabul qilinishini aniqlaydi. Bunga bog’langan holda insonda o’zi haqida uning “Men”i haqida tasavvur paydo bo’ladi. Mid Jeymsning izidan borib, “Men” tushunchasini 2 ga bo’ladi: “I” va “Me”

“I”- bu ijodiy tomoni;

“I”- bu vaziyat talablariga tezkor javobdir;

“Me”- bu “I” ning refleksidir;

Bu norma bo’lib ijtimoiy munosabatlar tomonida “I” ni tekshiruvchi faoliyatdir.

Bu munosabatlarning o’zlashtirilishi o’zaro munosabatlar vaziyatida yuzaga keladi.

''Me'' yordamidagi ''I'' doimiy refleksiyasi shaxs uchun muhimdir. Aynan anashu shaxsiy munosabatlarning bir-biriga mos kelishida yuqori rol o’ynaydi.

Shunday qilib, o’zaro ichki munosabatlar konsepsiyasining asosiy fikri shundan iboratki shaxs o’zga shaxslar bilan bo;lgan o’zaro munosabatlarida shakllanadi va bu jarayonning mexanizmi tevarak-atrofdagilarning shaxsiy harakatlarining ustidan tekshiruv o’rnatilishidir. Bunday muammoning muhimligiga qaramasdan Midning nazariyasid hukm surayotgan uslublar bor. Ulardan eng muhimi 2 tadir. Birinchidan bu konsepsiyada ramzlar katta mazmun kasb etadi. Rolga katta e’tibor beriladi. O’zaro munosabatlar vaziyatlarida insonning faoliyati va xulqi bu vaziyatlarning ramziy munosabatlariga asoslangan. Inson ramzlar dunyosida yashaydigan bir mavjudot hsoblanadi. Lekin bu ko’rsatkichlar bilan aniq kelishgan holdayam jamiyatda haqiqatdan ham shaxsiy munosabatlarramzlar yordamida tartibga solinibturadi. Midning qarashlari shunga olib keladiki, barcha ijtimoiy munosabatlarmadaniyatining bir butunligi- hammasi ramzlarga borib taqaladi. Bundan ramziy ichki munosabatlarning ikkinchi muhim konsepsiyasi kelib chiqadi. Muloqotning ichki, o’zaro munosabat aspekti yana kishi faoliyati mazmunidan ajraladi. Buning oqibatida shaxsiy ijtimoiy munosabatlarning erishgan yutuqlarie’tibordan chetda qolib ketadi. Ijtimoiy munosabatlarning birdan bir qatnashuvchisi bo’lib faqatgina tezkor o’zaro munosabatlar qoladi.

Ramz- o’zaro ijtimoiy munosabatlarda oxirgisi bo’lsa, ijti moiy munosabatlarning tutgan o’rni doirasida, keng ijtimoiy aloqalarni aralashtirmasdan o’zaro munosabatlar maydonini tasvirlash, taxlil qilish uchun yetarlidir. Bu yerda o’zaro munosabatlarning chuqur chalkashuvi yuzaga keladi. Albatta tahlilining bunday turi ijtimoiy psixologiya uchun yetarli emas.G’arbiy ijtimoiy psixologiyaning barcha chuqur nazariy qarashlarida ramziy interaksionizmning bunday cheklovlari o’zaro munosabatning ijtimoiy determinantlari haqidagi savolni keltirib chiqaradi. Interaksionizm atamasikeng ko’lamda ishlatiladi. O’zaro munosabat fenomeni ijtimoiy psixologik

Taxlilning zarur komponenti bo’lsayam, har bir sotsial psixolog o’zaro ichki munosabatlar tadqiqotlari bilan bog’liq holda ish olib boradi. Bunga asoslanib uni interaksionizmmaktabiga kiritish ishni orqaga surib yubo-rish bo’lardi.

Mid nazariyalarining foydali tomoni shundaki, shaxsning shakllanishida o’zaro munosabatlarning rolini ko’rsatib bera oldi. Ojiz tomoni shundaki, Uning nazariyasi ramziy interaksionizm nazariyasi deb atalsa ham, o’zaro munosabatga urg’u berib, axborot almashinuv va o’zaro harakat tashkilotinibir-biridan farqlay olmaydi. Bu maktab ning ko’plab a’zolari “kommunikatsiya” va “interaksiya” tushunchalarni sinonim sifatida ishlatishadi. Mid konsepsiyasi doirasida o’zaro munosabatlar taxliliga yo’na lish berilgan bo’lsa ham, xuddi Beyls qilgani kabi diadik moloqot nazariyasida asosiy uslubiy fikr shunday bo’lib qoladi. Bu shundan iboratki, muloqotning barcha turlari, tomonlari, faqatgina haqiqiy faoliyat kontekstda ginatushunarli bo’ladi. Agarda bu muloqot tomonlari faoliyatdan ajralib chiqsa, buning oqibati bu jarayonlar- ning hammasini ular sodir bo’layotgan keng ijtimoiy fondan ajratilishiga olib kiradi. An’anaviy ijtimoiy psixolo giyada muloqotning mazmuniy tomonini o’rganishdan voz kechish asosida yuzaga kelgan cheklovlarni o’zaro munosabatlar tadqiqotlari misolida ko’rish mumkin.

O’zaro munosabatlar – bu birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishidir.


  1. Bu vaziyatni tashkil etishni yagona sharti o’zaro muno sabatlarni kishilarning qandaydir ish faoliyatining tashkiliy formalari deb qarasgdir. Faoliyatning umumiy psixologik nazariyasi, sovet psixologiyasida qabul qilingan, ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari uchun bir qancha prinsiplarni beradi. Yakka faoliyatdagi kabi alohida munosabatlar darajasida maqsadga erishib bo’lmaydi. Sotsial psixologiyada o’zaro munosabatlar faqatgina umumiy faoliyat bilann bog’langan holda ko’rib chiqiladi. O’zaro munosabatlarning bunday formalari faoliyat kontekstida faoliyatning tashkiliy formalari deb qaraladi. Bundan keyin birgalikdagi harakat sodir etad taxliliga o’tishgan guruh faoliyati tabiiydir. Kelgusida guruh muammolarini ko’rib chiqishda biz bu savolga yana qaytamiz. Hozirda o’zaro munosabatlar tadqiqotlarning bir qancha umumiy prinsip larni ifodalash zarur. Bular yordamida o’zaro faoliyatga, faoliyatning tashkiliy formalari deb qaraladi. Barcha formalarning qisqacha mazmuni shundan iboratki, ular fao liyat qatnashuvchilari tomonidan yuzaga keltiriladigan aniq kelishuvlardir. Faoliyatni tashkil etishni turli modellarini aniqlagandan keyingina buni aniqlash mumkin.

L.I.Umanskiyning taklifiga ko’ra o’zaro faoliyatni tashkil etishni 3 shaklga bo’lish mumkin:

1. Bunda ham bir kishi bir-biri bilan bog’lanmagan holda o’z ishini qiladi- “qo’shma-individual faoliyat”.

2. Bunda umumiy vazifa har bir qatnashuvchi tomonidan ketma-ketlikda bajariladi.- “qo’shma ketma-ket faoliyat”.

3. Bunda har bir qatnashuvchi bir vaqtda birgalikda harakat qiladi- “qo’shma o’zaro faoliyat”.

Bunday modellarda o’zaro munosabatlarning psixologik tasviri o’ziga xos va tajriba tadqiqotlarning ishi esa bu modellarni aniq holda qo’llashdir. Lekin o’zaro munosabatlar tadqiqotlarining vazifalari bu bilan to’xtab qolmaydi. Muloqotning aloqaviy tomonlarining taxliliga ko’ra aloqalar o’rtasida bog’liqliklar aloqa ishtirokchilarining o’zaro bog’liqligidir. Bu yerda shuni kuzatish lozimki, o’zaro munosabatlarning u yoki bu sistemasi o’zaro munosabat qatnashuvchilarining o’zaro muloqoti jarayonida yuzaga kelgan. Agar muloqot jarayoni qandaydir real, umumiy shaxslararo munosabatlarda yuzaga chiqsa, uning har bir tomoni aniq munosabatlarda ro’yobga chiqadi. Jamoat munosabatlari o’zaro munosabatlarda o’sha real ijtimoiy faoliyat orqali berilgan o’zaro munosabat buning bir bo’lagi hisoblanadi. Shaxslararo munosabatlar o’zaro munosabatlarda ham berilgan. Ular yuqorida berilgan aniq shart sharoitlarda yuzaga chiqadigan o’zaro munosabatlarning o’sha turini va bu munosabat turining fikrlarni ifodalash darajasini aniqlaydi. Shaxslararo munosabatlar sistemasidagi hayajonli asoslar, har xil baholarning berilishi, o’z yo’nalishini aniqlash, muloqotda raqiblarning mavjud bo’lishi, aniq qilib aytganda bularning barchasi o’zaro munosabatlarni bezaydi. Lekin shu bilan birga o’zaro munosabatlarga berilgan bunday ta’riflar bilan uning “bor yoki yo’q” degan faktini to’la aniqlab bo’lmaydi. Hatto eng yomon sharoitlarda ham shaxslararo munosabatlarda o’zaro ta’sir albatta mavjuddir. Shaxslararo munosabatlar qaysi yo’l bilan aniqlanadi, ijtimoiy faoliyat yuritayotgan guruhga qaysi yo’l bilan ergashadi, bu guruhning taraqqiyot darajasi qanday bo’lsa shunday sotsial munosabatlarning sistemasida bu guruh mavjuddir. Shu sababli o’zaro munosabat faoliyatning kontekstdan olingan mavhum qarashlar mazmunsizdir. O’zaro munosabatlar qatnashuvchilarning qiziqishlarni har bir qisqa hatti-harakatlarda tushunish qiyin, chunki u faoliyatning kengroq sistemasida vujudga keladi.

O’zaro munosabatlarni (turli qisqa ko’rinishlarda tasvirlash) sotsial faoliyatdan tashqarida qarash hech qanday ma’no bermaydi.

Ijtimoiy fanlar tarixida faqat o’zaro munosabatlar formalarining taxliliga suyangan holda ijtimoiy bilimlar sistemasini yaratish uchun urinishlar, izlanishlar bo’lgan. Lekin bular samarasiz bo’lgan.

Hozirgi davrda g’arb sotsial psixologiyasida o’zaro munosabatlar taxliliga qaratilgan kuchli an’analar bor. Bu altruizm an’analari bilan bog’langan. Haqiqatdan ham altruizm insonnig shaxsiy his-tuyg’ularining shunday turiga kiradiki, bunday kishilar faqat aniq ijtimoiy faoliyat sistemasida fikr yuritishadi. Shu yerda bir savol tug’iladi. Jinoyatchiga qochishga yordam berayotgan kishining xulqi altruizmga to’g’ri keladimi?

Bu savolga faqatgina sotsial kontekst yordamida javob berish mumkin. Bundan tashqari A.U.Xarash adolatli tarzda tushuntirib berganki, individual faoliyat har bir a’zosining ierarxiyasi umumiy faoliyatga qanday munosabatda bo’ladi. Bu yerda har bir faoliyat a’zosining umumiy faoliyatga qo’shgan hissasini tan olish katta ahamiyat kasb etadi. Aynan anashu tan olish o’zining o’zaro munosabatlardagi strategiyasini to’g’ri olib borishga yordam beradi. Shunday qilib o’zaro munosabatlarni tadqiq qilishda, faoliyat prinsipini o’rganish, bu hech ham dipsixologik qarash emas, aksincha kishilar o’zaro munosabat jarayonida hosil qiladigan fikr almashinuvining psixologik ekvivalenti qanday ekanligini har bir sotsial psixolog bilishi zarur. Faqat shundagina ijtimoiy psixologiya haqiqatdan ham o’zaro munosabat mexanizmini ochib beradi deb aytish mumkin bo’ladi. O’zaro munosabatlarning bu real mexanizmini faqat kishilar orasida o’zaro bir-birini tushunish qay tarzda sodir bo’lishni taxlil qilish orqali tushunish mumkin. Shunisi aniqki, o’zaro munosabatlarning qanchalik muvaffaqiyatli tashkil qilinishi, ularda fikr almashinuvining mumkinligi o’zaro munosabatdagi sheriklarning bir-birini tushunish choralarining ko’rilishiga bog’liq.

Bu holatda muloqotning istalgan bir vaziyatdagi kabi vaziyatni bir hilda tushunish talab etiladi.

O’zaro munosabatlarning strategiyasi va taktikasi faqatgina o’zaro bir-birini tushunish asosida ishlab chiqilishi mumkin.

Agarda o’zaro munosabatlarning strategiyasi ijtimoiy faoliyatlarda namoyish qilingan jamiyat munosabatlari xarakteri orqali aniqlangan bo’lsa, o’zaro munosabat taktikasi sherigihaqida tasvvurga ega bo’lish orqali aniqlanadi. Bu 2 momentning birlashuvi asosida o’zaro munosabatning real vaziyati vujudga keladi.

Uning eng muhim xarakteristikasi – o’zaro qabul qilingan qarorlardir. Shunday qilib o’zaro munosabatlar mexanizmini tushunish uchun shaxsning maqsadini, uning tutgan yo;lini aniqlash, hamkori haqida tasavvurini aniqlash lozim bo;ladi.

Boshqa so’z bilan aytganda, muloqotning kelgisidagi taxlili o’zaro faoliyat muvaffaqiyatigabog’liq bo’lgan, o’zaro muloqotda sheriklikning qanday shakllanishi to’g’risidagi savolga aniq isbotli javob talab etadi.

Bunday savolning qo’yilishi muloqotning uchinchi tomonini ko’rib chiqishni talab qiladi. Bunda boshqa bir kishi haqida, aniqrog’i o’zaro munosabatdagisherigi haqida tasavvurning shakllanish jarayoni haqida tadqiqot ishlari olib boriladi.


Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish