1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


Turmush o‘rtog‘ingizning qiziqishi hamda ishlariga hadeb aralashmang va unga ishoning!



Download 189,92 Kb.
bet14/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
sotsial

Turmush o‘rtog‘ingizning qiziqishi hamda ishlariga hadeb aralashmang va unga ishoning!

Har qanday odamning hayotda o‘z qiziqishi va sevimli mashg‘uloti borligi tabiiydir. CHunki shu mashg‘ulot yoki qiziqish bilan band bo‘lish ishiga ko‘p quvvat bag‘ishlaydi. Lekin odamning shu ishi yoki faoliyatiga boshqalarning aralashuvi, hatto turmush o‘rtog‘i bo‘lsa ham, norozilik yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, bir vaqtlar Fransiya imperatori buyuk Napoleon Bonapartning jiyani Napoleon uchinchi dunyodagi eng go‘zal ayol grafinya Mariya Evgeniya Ignasiya Avgustina de Montixoni sevib qoldi va unga uylandi. Uning maslahatchilari bu qiz bor yo‘g‘i hech kimga ma’lum bo‘lmagan ispan grafining qizi xolos deb uqtirishga urinishdi. Napoleon bu gaplarga "Xo‘sh nima qilibdi?"- "Men o‘zim sevgan va hurmat qilgan ayolni menga noma’lum ayoldan ustun ko‘rdim",- deb javob berdi.

Napoleon va uning xotinida hamma narsa: sog‘liq, boylik, hokimiyat, shuhrat, go‘zallik, o‘zaro sidqidillik asosidagi muhabbat bor edi. Go‘yoki ularning oilasidan ko‘ra baxtli oila bo‘lmasligi kerak edi.

Ming afsuski, bu oilaning baxti ko‘p o‘tmasdan so‘na boshladi. Napoleon Evgeniyani o‘zi bilan teng hukmdor qila olishi mumkin edi, lekin uni o‘z eriga nisbatan tirnoq orasidan kir qidirish odatidan mahrum qila olmadi.

Evgeniya shubhalar girdobiga berilib, rashk o‘tida qovrilib Napoleonga hatto davlat ishlari bilan shug‘ullanishi uchun ham bir daqiqa yolgiz qolishiga imkon bermay qo‘ydi. U hatto uning kabinetiga bostirib kirish, uning muzokaralarini barbod qilish, uni haqorat qilishgacha borib yetdi. Oxir oqibat Napoleon yarim tunda yaxshi do‘stini olib, shlapani bostirib kiyib olib, yon eshikdan chiqib biron ayol oldiga borish, yoki shunchaki Shahar ko‘chalarini yolg‘izlik ilinjida kezish odatini chiqardi.

Demak, ko‘ringki, har qanday odamda o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘la olish imkoniyatini yonidagi jufti haloli yaratib berishi lozim. YO‘qsa, boylik, salomatlik, hamma-hamma narsa muhayyo bo‘lgani bilan oilaviy baxtni saqlash va his eta olish mumkin emas ekan.

YAna bir tarixiy,hayotiy voqeani keltiramiz:

Dunyoga mashhur yozuvchi graf Lev Tolstoy bilan xotini dunyoda eng baxtli yaShashlari mumkin edi. Tolstoy boy-badavlat, mashhur yozuvchi edi. Asta - sekin Tolstoy boylikdan nafratlanib, o‘zi yozgan kitoblardan uyala boshladi. U barcha boyligini dehqonlarga bo‘lib berdi, yog‘och kosada ovqatlanish, chipta kovush kiyish, o‘z xonasini o‘zi yig‘ishtirishni odat qildi. Bularning hammasiga xotinining boylikka o‘chligi, pul, zeb-ziynatni yaxshi ko‘rishi sabab bo‘ldi. Xotini hatto Tolstoyning har bir nashr qilingan kitobi uchun qalam haqi -gonorarni talab qilardi, Tolstoy esa bundan nafratlanardi.

Oqibat, Tolstoy 82 yoshida sovuq oktabrning qorli tunida uyidan chiqib ketdi va 11 kundan keyin kichkina temir yo‘l stansiyasida vafot etdi. Uning so‘nggi vasiyati xotinini yoniga qo‘ymasliklari haqidagi iltimosi bo‘ldi. Xotini o‘z umrining so‘ngida, jon berayotib qizlariga aytgani "Otalaringning o‘limiga men sababchi bo‘ldim",- degan so‘zlar edi.

Mana, aziz kitobxon,hayotda bir umr bir necha yillar birga xayot kechirib ham odamlar bir-birlariga azob berishlari yoki baxt va ilhom ato etishlari mumkin. Hozirgi keltirilgan voqeada ayol kishining haddan ziyod turmush o‘rtog‘iga nisbatan talabchanligi, unga nisbatan o‘z xususiy buyumi yoki narsasi sifatidagi qarashi umr so‘ngida ana shunday afsus va nadomatlarga olib kelar ekan.

ehtimol o‘quvchilar Napoleonning, Tolstoyning, xotinlarining tirnoq orasidan kir qidirishlarida asos bo‘lgan bo‘lsa kerak deyishlari mumkin. Bo‘lishi mumkin. Lekin ularning mana shu harakatlari oila baxtini mustahkamlashga xizmat qildimi yoki uni battar yomonlashtirdimi? Birining tunda qochishni odat qilishiga, biriga qariganda uydan ketishiga, biriga oylab uyga qaytmaslik bahonasini qidirishga majbur qildi, xolos.

Demak, agar oilaviy baxtingizni tezroq, oz-ozdan "go‘rga" tiqmoqchi va barbod qilmoqchi bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizni tirnog‘i tagidan kir qidiring yoki aksincha oilaviy baxtingizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, hadeb shubha qilmang va ko‘proq ishonib, unga o‘z faoliyati va qiziqishi bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalda bering.



1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish