1-mavzu: “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni reja


Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati



Download 237,36 Kb.
bet16/50
Sana08.04.2023
Hajmi237,36 Kb.
#925999
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
1-mavzu “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’ (1)

Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati
Inson agar Haq yo‘lida astoydil urinsa, ko‘p ish qo‘lidan keladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, g‘aflat, shahvatparastlik, takabburlik... Insoniy illatlar ichida eng qattoli — xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. SHunga qaramay, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o‘z huquqi va mas’uliyati me’yorlarini muayyan o‘lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu me’yorlarning asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma’naviy negizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli o‘lkalarni majburiy ravishda bir partiya tizmiga bo‘ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma’naviyatsiz, mustaqil o‘y-fikrsiz "kommunizm quruvchilari" atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo‘lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning "parrak" va "vintcha"lariga aylantirish niyatida edi. Va darhaqiqat, o‘z manfur niyatlarini ancha-muncha amalga oshirib ulgurdi.
XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Keyinchaliklik O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prezident I.A.Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: "Bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi". Ular yo‘q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo‘ysundirish asosan o‘shalarga ishonib topshirilgan edi.
Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to‘liq tushib qolmadi. CHunki tuzum olg‘a surgan marksistik mafkura bizning necha mingyillik ma’naviy merosimiz, milliy an’analarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona bo‘lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zo‘ravonlik yo‘li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. Ammo, taassuf bilan qayd etish lozimki, totalitar tuzumining urinishlari bari bir muayyan "natija"larga erishdi. CHingiz og‘a Aytmatov juda yorqin gavdalantirib bergan "manqurtlik kasali" odamlarimiz ongida ancha-muncha tomir otib ulgurdi. 70-yillik istibdod mobaynida bolshevistik mafkuraning yakka hukmronligi, ayniqsa, 1937— 1938 yillar qatag‘onlaridan keyingi avlodni o‘z milliy qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan jiddiy begonalashuviga sabab bo‘ldi. Ana shu majburiy yuqtirilgan illat ba’zi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon bo‘lmoqda.
"O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, —deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, — bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati etkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir"69

Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. YAngicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik mas’uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turibdi.



Download 237,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish