NAZORAT SAVOLLARI
1. Estetik tarbiya atamasi va tushunchasi.
2. Estetik tarbiya shakllarini aytib bering.
3. Estetik tarbiyaning vazifalarini sanab bering.
4. Estetik tarbiya berish vositalariga qaysilar kiradi?
5. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
6. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
7.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida
4-MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI MUSIQAVIY ASARLARNI IDROK ETISHGA O`RGATISH.
REJA:
Bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishga o’rgatish.
Bolalarning musiqiy asarlarni tinglash va kuylash faoliyati haqida.
Tayanch so’z va iboralar: musiqiy asar, tinglash va kuylash, idrok etish, tovush balandligi, kuy harakati, ritmik surati, Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyati.
Bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishga o`rgatish.
Idrok san’ati o’zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi. qaysiki, intelektual, bilish, emotsional momentlarni birlapggiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissietidan boshlayaadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalh qo’shiqlarini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana bshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musikani idrok etishning payida bo’lishi vazifasini quramiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yshindisi vazifasini. Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intelektual, bilish, emotsional holatlarni birlashtiradi.
Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo`lishidir.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanish asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi.
Estetik idrok - bu 2 asosiy komponentlar yishndisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana xayol va harakat momenti - ritm ham qo’shiladi.
Keyin maktabg-acha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, ilyaska, alla musiqalarii ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlarikuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi forma va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savoli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali; kirish, kuplet, birga aytishbo’liad, temp va boshqalar, differentsiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yinobrazlarig’a qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashti-rish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emotsional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, differentsiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliligi vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi -musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bsnliqliq ular emrtsional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar).
Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan xayolni qo’z!aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida fikrlash harakatiga musiqa asarini programmasiga jalb qiladi.
Shunday yunalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi.
So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish tarbiyachining mohir rahbarligi ostida asta-sekin badiiy-musiqaviy didni paydo qiladi.
Shunday qilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda shakillanadi:
1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
2. Uning ma’nosini tushunib olish
3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish.
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:
1. Agar bahosida.
2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga intilish.
3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va asarlarni ijro etish.
Vazifa: Musiqaviy deganda nimani tushunasiz? Emotsional hissiyot nima?
Bolalarni pedagogik aktiv faoliyatini vujudga keltirish uchun nimalar orqali qiziqtiradi? Qanday badiiy asarlarni bilasiz?
Musiqiy idrok - musiqa tinglash faoliyati barcha musiqiy mashg'ulotlarning asosidir. Musiqiy tovush balandligi, uning ritmik suratini tinglamay kuylab bo'lmaydi. Lekin musiqa tinglash oson emas, chunki har bir musiqiy asaring xarakteri musiqaning ifoda vositalari orqali aks ettiriladi va doimiy rivqjlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o'rganish kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda - qo'shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqiy cholg'ularda jо'r bo'lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o'rganish mumkin.
«Musiqani sevish uchun, avvalambor, uni tinglay olish kerak...» - degan kompozitor D. Shostakovich. Musiqani idrok etish masalalariga bir qator rus olimlari E.Gorskaya, G.Rigina, N.Grodzenskayalar murojaat qilganlar.
Musiqani eshitish va tinglashni o'rgatish tarbiyachi oldiga bir qator vazifalami qo'yadi. Avvalambor tarbiyachi musiqani boshqa san'at turlaridan farqi nimadaligini tushuntirib bermog'i lozim. Musiqani his qilish, anglash, tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida kuy harakati, ritmik surati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur'at, dinamika, lad bo'yoqlari (major va minor) va boshqalarni bilishlari kerak.
Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to'rtta shartli bosqichlarda o'tkaziladi:
1.Kirish so'zi.
2.Asar ijrosi.
3.Tinglangan asar haqida suhbat.
4.Qayta tinglash.
Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta'kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyatiga qarab bu bosqichlar qisqartirilishi yoki kengaytirilishi ham mumkin.
Musiqiy asarlarni tinglash, idrok etish, mazmuni va kayfiyatini anglash jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga yordam berishi kerak.
Buning uchun tarbiyachi:
tarbiyalanuvchilami tinglanadigan asarga hissiy tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilami madaniyatli tinglovchi sifatida tarbiyalaydi;
musiqaning mazmuni, ifoda vositalrini oddiy tahlii qilishga o'rgatadi;
musiqa haqida fikr yuritish, asarga estetik baho berish ko'nikmalarini hosil qiladi;
o'tilgan asarlami tinglab ehsga olish, asaring nomi va mualliflarini aniqlash.
Tinglashdan avval tarbiyalanuvchilar diqqatini jamlash, faollashtirish uchun tarbiyachi tarbiyalanuvchilar oldiga ulaming musiqiy tayyorgarligi darajasidan kelib chiqqan holda turli xil vazifalar qo'yishi mumkin:
1.Katta bo'lmagan kuy, musiqiy asarni tarbiyalanuvchilarga tinglash uchun beradi va «Siz bu asarga nima deb nom bergan bo'lardingiz?»- degan savolni o'rtaga tashlaydi.
2.Tarbiyachi M.Mirzayevni «Bahor valsi» asarini tinglash uchun beradi va asar nima uchun bunday nomlanganligini tarbiyalanuvchilardan so'raydi.
3.Tinglash uchun berilgan asarning kayfiyatini aniqlash vazifasini beradi.
Bunday vazifa-savollar tarbiyalanuvchilarda musiqani tinglash xohishini uyg'otadi, musiqiy idrokni faollashtiradi.
Tarbiyalanuvchilar asar mazmunini, musiqiy nutq vositalarining ifodaviyligini anglashga harakat qiladilar. Musiqiy idrokni hissiy jihatdan faollashtiruvchi va boyituvchi metodlar quyidagilar:
bolalarga tanish bo'lgan asarni yangi ijroda, yangi talqinda berish;
turli talqin va ijro usullarida berilgan bir asaring o'zini taqqoslash;
tarbiyachining jonli ijrosi;
tarbiyachining kirish so'zi;
yuqori sifatli audio va SD yozuvlaridan foydalanish;
cholg'u asarlarining musiqiy mavzularini lokalizatsiya qilib kuylash.
Musiqa idroki musiqiy asarni o'rganish jarayonida rivojlanadi va bu jarayon to'rt bosqichda amalga oshiriladi:
tarbiyachining kirish so'zi;
musiqiy asarni birinchi bor tinglash;
musiqiy asar tahlili;
qayta tinglash.
Endi bu bosqichlami alohida ko'rib chiqamiz. Tarbiyachining kirish so'zi - qisqa, emotsional, qiziqarli bo'lib, asosiy maqsad - bolalaming diqqatini tinglanadigan asargajalb etish, unga qiziqish uyg'otish. Tarbiyachi o'z kirish so'zida bolalarga kompozitor haqida qisqacha so'zlab berishi mumkin. Ba'zida esa kirish so'zi bir necha savollardan iborat bo'lib, bolalar idrokini faollashtirish, ularda musiqani tinglash xohishini hosil qilish kerak.
Musiqiy asarni tinglash - tarbiyalanuvchilarni musiqani tinch, gaplashmasdan tinglashga o'rgatish birinchi galdagi vazifadir. Asar boshidan oxirigacha ifodali badiiy ijroda gramm yozuv orqali yoki tarbiyachi ijrosida ko'rsatiladi. Musiqa jaranglagan paytda tarbiyachining o'zi ham musiqani berilib tinglashi, ko'rsatmalar bermasligi, yozuv-chizuv ishlari bilan shug'ullanmasligi lozim, ya'ni tarbiyachi musiqiy asarni tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda tinglashi kerak.
Musiqa tahlili - musiqa tinglashdan olingan hissiy ta'sirni chuqurlashtirish vazifasiga qaratilgan. Bu murakkab va tarbiyachidan kattamahorat talab etadigan bosqich. Asari tushunish va his etish bir narsa emas. Tahlil ko'pincha. hissiy idrokka halal ham berishi, tinglashni susaytirishi ham mumkin. Asar ifoda vositalari mazmundan ajralgan holda, ko'rib chiqilsa, shunday hoi ro'y berishi aniq. Musiqa savodini egallagan tarbiyalanuvchilar musiqa tahlili jarayonida o'z bilimlarini bemalol qo'llay boshlaydilar. Musiqa tahlili jarayonida tarbianuvchilarda suhbat quyidagi savollar yuzasidan o'tkaziladi:
Mazmun va xarakter.
Musiqiy janr.
Musiqa qanday o'zgaradi.
Musiqiy shakl.
Musiqa tahlili asosida tarbiyalanuvchilaming musiqaga kirib borishi, asosiy musiqiy qonuniyatlarni tushunib etishlari bosqichma-bosqich, tizimli ravishda hosil bo'ladi.
Qayta tinglash - tarbiyalanuvchilar musiqani to'laroq idrok etishlari, asari eslab qolishlari, asari yoqtirib qolishlari uchun bir necha bor qayta tinglash maqsadga muvofiq, chunki bir marta tinglangan asar darrov bolalarga yoqadi, hamma bolalar tomonidan yetarli darajada emotsional qabul qilinadi, deb aytib bo'lmaydi. Musiqiy asar tarbiyalanuvchining musiqiy tajribasiga aylanishi uchun bir necha bor qayta tinglash jarayoni idrokni boyitishi, musiqiy obraz tasavvurini chuqurlashtirishi va asarning esda qolishini ta'minlashi lozim.
Musiqiy obrazlarni taqqoslash-qiyoslash metodi tarbiyalanuvchilarda musiqa idrokini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu metoddan oqilona -foydalanish tarbiyalanuvchilaming musiqiy-eshitish qobiliyatlarini o'stiradi. Awal kontrast asarlardag farqlarni anglash, keyinchalik esa kayfiyati bir xil bo'lgan asarlarda nozik o'xshashliklarni his etishlariga yordam beradi.Jamoa bo'lib kuylash - tarbiyalanuvchilami musiqa sanatiga faol jalb etishning eng ommaviy shaklidir. Har bir sog'lom bola kuylash imkoniyatiga ega bo'ladi. Kuylash bola uchun estetik ehtiyoj, hissiyot va kayfiyatni ifodalashning eng tabiiy va qulay vositaidir.
Bola qo'shiq ijro etar ekan, unda his-hayajon, zavq-shavq, ko'tarinki kayfiyat, quvnoqlik, harakatchaniik kabi ijobiy tuyg'ular hosil bo'ladi. qo'shiqda ikkita estetik vosita - musiqa va badiiy so'z birlashadi. Shuning uchun tajribali tarbiyachining qo'lida jamoa bo'lib kuylash - tarbiyalanuvchilami musiqiy-estetik tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Qo'shiq kuylash faoliyati tarbiyalanuvchilarda melodik, garmonik eshitish, lad hissini, sof intonatsiyada kuylash malakalarini hamda musiqiy qobiliyatini rivjlantiradi. Ijro jarayonida ovozi va musiqiy eshituvi turlicha bo'lgan bolalar jamoa bo’lib birlashadilar, Ular o'zlarining va o'rtoqlarining ijrolarini kuzatadilar, birgalikda kuylashdan bahramand bo'ladilar. Ularda diqqat, kuzatuvchanlik, intizom va boshqa tarbiyaviy xususiyatlar shakllanadi.Tarbiyalanuvchilarida kuylash jarayonida tarbiyalanuvchilarning ovoz apparati yanada yaxshi rivojlanadi, nafaslari chuqurlashadi, qon aylanishi yaxshilanadi, qomatlari tekislanadi, bir so'z bilan aytganda ham ma'naviy, ham axloqiy, ham jismonan rivojlanadilar, tarbiyalanadilar.
Har bir insonning kayfiyatiga qarab ovozi yoqimli, quvnoq, jarangdor, sho'x yoki bo'g'iq, «shirali», «shirasiz» va hokazo bo'lishi mumkin. Ovoz chiqishi ovoz pardalariga bog'liqdir. Ovoz pardalari tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Inson ovoz apparati juda murakkab tuzilgan. Uning asosiy qismlari - nafas olish organlari - o'pka, qorin bo'shlig'i, nafas muskullari, shuningdek, hiqildoq, ovoz paychalari, artikulyasion apparatlar va boshqalar. Ovoz hosil bo'lishi uchun mana shu apparatlaming barchasi ishga tushadi. Bu murakkab jarayondir. Tovush apparatining fiziologik tuzilishi masalalariga olimlar P.Chesnokov, Sh.Ro'ziev, D.Xalabuzar. N.Dmitryev o'z ilmiy ishlarida murojaat etganlar va atroflicha yoritib berganlar.
Tarbiyalanuvchilarda kuylash faoliyati bir qator vazifalami hal etishni nazarda tutadi:
-bolalarda jamoa bo'lib kuylashga qiziqish va muhabbat uyg'otish;
-musiqaga hissiy ta'sirchanlikni tarbiyalash;
-badiiy didni tarbiyalash;
-qo'shiqchilik ovozini, ya'ni yoqimli, tabiiy tovushda kuylashni 'hakilantirish, ovoz diapazonini o'stirish
-badiiy ijroga erishish uchun vokal-xor malakalarini rivojlantirish;
-musiqiy qobiliyatlarini o'stirish.
Qo'shiqning badiiy, chiroyli, ifodali ijrosiga erishishning muhim vositasi
tarbiyalanuvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishdir.
“Ilk qadam” dasturida Vatan, mustaqillik, diyorimiz, tabiat, mehnat, bolalik mavzularidagi qo'shiqlar o'rin olgan. Bu qo'shiqlar tarbiyalanuvchilarda Vatanga muhabbat, uning kelajagiga sadoqat, mehnatsevarlik, estetik tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Qo'shiq o'rgatish jarayonida o'rganiladigan qo'shiqqa emotsional munosabatni rivojlantirish, tasavvurni, musiqiy eshitish va xotirani o'stirish, musiqaning ifoda vositalarining ahamiyatini tushunish, jarangli, kuy chan, yengil tovushlarda kuylash, o'zini va o'rtoqlarini tinglay olish, jo'rsoz bilan hamda jo'rsozsiz kuylash, ikki-uch ovozii kuylash orqali garmonik eshitish qobiliyatini shakllantirish kabi vazifalar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Tarbiyachi kuylash uchun qo'shiq tanlar ekan, avvalambor asaring badiiy qiymati, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, obrazlar doyrasini sinchiklab tahlii qilib chiqadi. Olingan natijaga qarab qo'shiqni o'rgatish metodlarini tanlaydi.
2. Bolalarning musiqiy asarlarni tinglash va kuylash faoliyati haqida. Tarbiyalanuvchilarda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog'liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musiqiy tovushlami to'g'ri idrok etadigan, biroq to'g'ri kuylay oimaydigan tarbiyalanuvchilar ham uchrab turadi. Guruhda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo'lganligi tufayli, tarbiyachi barcha bolalarga mos keladigan usullami qo'llashi kerak. qo'shiq kuylashni o'rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va undosh tovushlami to'g'ri talaffuz qilgan holda, qo'shiq ritmini sanagan holda ko'zlangan maqsadga ehrishadilar. Bolalar ko'pincha tarbiyachiga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo'lsak, tarbiyachi tarbiyalanuvchilami kuylatishidan avval qo'shiqni o'zi ijro etib berishi lozim. Tarbiyachi kuylashjarayonida nafas, talaffuz, ansambl, soz ustida ish olib boradi. Buning uchun tarbiyalanuvchilami tarbiyachini qo'liga qarab, qo'shiqni barobar boshlash va barobar mgatishlarini nazorat qilib borish kerak. har qanday tovushni chkoyli, baqirmasdan, to'g'ri nafas olib, undoshlarga unli tovushlarni qo'shgan holda kuylash yaxshi natija beradi. Nafas olganda, «...xuddi gul,hidlagandek,» (N.Grodzenskaya) olish muhimdir. Tarbiyalanuvchilar nafaqat o'zlarini, balki, guruhdoshlarining ham kuylashini eshita olishlari kerak, qo'shiq kuylash jarayonida, musiqa tinglash jarayonida bo'lgani kabi, tarbiyalanuvchilarga musiqa savodidan ma'lumotlar berib boriladi,
Endi qisqacha qo'shiq o'rgatish jarayoniga to'xtalib o'tamiz.
Qo'shiq ijrosini ko'rsatib berish. Bolalarni o'rganladigan qo'shiq bilan, uning yaralish tarixi, ijodkorlari va qo'shiqning mazmuni bilan tanishtiriladi. Tarbiyachi o'zi mazkur qo'shiqni ijro etib beradi. Tarbiyachining ijrosi badiiy jihatdan yorqin va ifodali bo'lishi lozim. Agar tarbiyachi o'zi ijro etib bera olmasa, qo'shiqni magnit tasma yoki boshqa yozuvlar orqali ham eshittirish mumkin. Baribar tarbiyachi qo'shiqni o'rgatish jarayonida tarbiyalanuvchilarga qo'shiqni bo'laklarga bo'lib kuylab berishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun qo'shiq qanchalik kichik va sodda bo'lishiga qaramay, tarbiyachi uni yuqori saviyada ijro etib berishi muhimdir.
Qo'shiq haqida suhbat. qo'shiqning badiiy ahamiyatini aniqlash maqsadida tarbiyachi bolalarga qo'shiqning xarakteri, ifodaviyligi, dinamikasi va boshqalar haqida so'zlab beradi. Bu sinfdagi bolalarga ko'proq quvnoq, sho'x xaraktyerdagi qo'shiqlar yoqadi. Shuning uchun ularga g'amgin, qayg'uli qo'shiqlarni o'rgatish qiyinroq kechadi.
Qo'shiq so'zlari va ohangini o'rganish. Qo'shiqning qay darajada murakkabligiga qarab tarbiyachi uni so'zlarini alohida, kuyidan awalroq o'rgatadi. Biroq hadeb so'zlarga berilmay, uni iloji boricha kuy bilan hamohanglikda o'rgatish yaxshi natija beradi. Tarbiyachi qo'shiqni jumlalarga bo'lib o'rgatadi. Tarbiyalanuvchilar jumlalar haqida tushunchaga ega bo'ladilar. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga jumlalarning o'rtasida nafas olish mumkin emasligini tushuntiradi. Bu jarayonda musiqa savodiga murojaat qilish kerakli natijani beradi.
Ijro ifodaviyligi ustida ishlash. Qo'shiqni o'rganish jarayonining boshidan to oxirigacha ijroni ifodaviyligiga ahamiyat berish kerak. Ko'pchilik mutaxassislaming fikriga ko'ra, tarbiyalanuvchilar qo'shiqning so'zlari bilan kuyini to'liq o'zlashtirib bo'lganlaridan so'ngina ifodaviylikka erishish mumkin, ekan. Bu holda tarbiyalanuvchilar o'z diqqatlarini so'zlarni va kuyini qanday kuylashga emas, balki qo'shiqning mazmunini ochib berishga qaratadilar. Ifodali kuylashni tarbiyachining asaring kompozitori va shoiri, uning yaralish tarixi hamda tarbiyaviy ahamiyati haqidagi kirish so'zi ham ta'minlab beradi.Yuqoridagi bo'limlardan ko'rib turibmizki, musiqa savodi barcha faoliyatlami birlashtimvchi va tarbiyalanuvchilaming ijodkorligini, ijro mahoratini oshimvchi jarayondir. Shuning uchun bujarayonni alohida mustaqil faoliyat sifatida ko'rib bo'lmaydi.
Tarbiyalanuvchida musiqa savodi jarayonini hamma tarbiyachilar har xil mavzularni o'rgatishdan boshlaydi. Kimdir tovushlar harakatidan, kimdir tovushlar balandligi, uzunligi va boshqalardan boshlaydi. Ayrim tarbiyachilar musiqa savodi jarayonini musiqiy registrlarni o'rgatishdan boshlaydi. qanday mavzudan boshlashidan qati' nazar tarbiyachi musiqa savodini boshqa faoliyatlar bilan uzviy bog'lashi kerak. Kuylashda tovushlar harakati, balandligi, cho'zimi haqida tushuntirsa, tinglashda ritm, metr, dinamika, o'lchov va boshqalar haqida ma'lumot beradi. Bolalarga tovushlar harakatini qo'l yordamida tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Ularga beshta barmoqlarimizni nota chiziqlariga qiyoslab notalar joylashuvini o'rgatishmumkin.Muhimi tarbiyalanuvchilar «yuqori»ga va «pastga» harakatlanish tushunchalarini to'liq o'zlashtirishlari lozim. Buni amalga oshirishga «zinapoya» yordam beradi. Tarbiyalanuvchilar zinapoya yordamida tovushlami pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga bemalol kuylay oladilar. O'quv dasturiga ko'ra tarbiyalanuvchilari tovushlar nomi, uzunligi, balandligi, ritmi, metr tushunchalarini, nota yozuvi haqida tushunchalami egallashlari kerak. Tashkilotga kelgan bolalar uchun bu biroz murakkab bo'Isada, mahoratli tarbiyachi bu vazifalami bemalol uddalay oladi. Birinchi darslardanoq nota yozuvi va unda notalar joylashuvini sekin-asta o'rgatilib, kuylatib borilsa, bu vazifalar hech qanday qiyinchilik uyg'otmaydi.
Tovushlar balandligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:
baland, past va o'rta tovushlar - registr haqida tushunchalar berish;
bir xil balandlikdagi tovushni yuqoriga va pastga harakati haqida tushuncha berish;
bosqichma-bosqich harakat (zinapoya);
har xil balandlikdagi tovushlar turlicha nomlanadi: do,re,mi...;
tugullanganlik va tugallanmaganlik (turg'un va noturg'un) va tonika tushunchalari beriladi;
tanish bo'lgan kuylar orqali major va minor ladlari haqida tushunchalar beriladi.
Yuqoridagi barcha beriladigan tushunchalar darsdagi musiqiy faoliyatlar jarayonida mustahkamlanib boriladi.
Tovushlar uzunligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:
uzun va qisqa tovushlar qarama-qarshi ohangda beriladi;
eng ko'p qo'llaniladigan uzunliklar chorak va nimchorak notalar har xil sharii bo'g'inlar, qarsaklar orqali tushuntiriladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiyalanuvchilardaqanday musiqa faoliyatlari amalga oshiriladi?
2.Qo'shiq kuylash jarayoni qanday amalga oshiriladi va unga qancha vaqt ajratish kerak?
3.Tarbiyalanuvchilar qanday musiqiy asarlarni tinglaydilar?
4.Tarbiyalanuvchilarda musiqa savodi jarayonida nimalarni o'rgatish mumkin va bu jarayon qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |