Estetik tarbiya omillari orasida san’at muhim o‘rin egallaydi.
San’at - ijtimoiy ong va faoliyatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, tevarak-atrof va borliqni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanat nafaqat badiiy qadri-yatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did- farosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag‘batlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san’at-ning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanatdan foydalaniladi. Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri kug‘irchok teatridir. Qo‘g‘irchoq teatri duny-oning ko‘plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma’lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo‘g‘irchok teatri har kaysi davlatda turli shaklda, turli xajmda, o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, ob’ektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivoj-lantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistan Respub-likasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarning ma’na-viy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. U ham bo‘lsa, dunyoga xayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zicha ma’no topishga intiladigan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo‘g‘ir-choq va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qo‘g‘irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, go‘zallikni ko‘ra bilish va xis etishga ma’suliyat xissi oshadi. Qo‘g‘irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nixoyatda kuchli ta’sir etishi uning soda-ligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi, shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, qo‘-shiq, raks, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo‘g‘irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maksadga muvofiqdir: - o‘tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suhbati (bolalarda teatr qaxramonlarining o‘ziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash); - teatrning ta’sirchan, xis-tuyg‘u va mazmunga boy tarzda o‘tkazilishi; - teatr namoyishidan so‘nggi suhbat (bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari). Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini o‘stirishda kitoblar muhim rol o‘ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Ayniqsa, ikki-uchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning ta’siri katta bo‘ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga “o‘qib” berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalar didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga hayratlanish, voqealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi. Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim rol o‘ynaydi. Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-hodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an’anaviy (akvarel buyog‘i, bo‘r, qalam, mo‘yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog‘oz, karton, yelim, igna) va noan’anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho‘plari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon buladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy ko‘nikma va malakalarni oson o‘zlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash mala-kasini oson egaplaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz o‘rganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha ko‘nikma va malakalar zahirasiga ega bo‘ladi va ulardan yangi pred-metlarni tasvirlashda kerakli usullarni qo‘llab, mustaqil ravishda o‘z aqlu idrokiga tayangan holda foydalanishi mumkin. Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qo‘lla-niladiki, ular shaxsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o‘rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o‘tashi, aksincha, bo‘lishi xam mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhida estetik tarbiya berishning metodlari ishlab chiqiladi:
1. Ongni fikrlash qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar.
2. Odatlantirish va mashq qildirish metodi (takrorlash, o‘rgatish, musobaqalar uyush-tirish, ibrat, namuna, o‘git).
3. Rag‘batlantirish va jazolash metodi (ma’qullash, ko‘ngil ko‘tarish, namuna qilish, qatorning boshida turg‘azish, rahmatnoma e’lon qilish, ogohlantirish, tushuntirish, ota-onasiga murojaat etish).
Bolalar bog‘chasidagi estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir:
ijtimoiy muhit va turmush estetikasi;
san’at asarlari;
bolalarning ijodiy faoliyatlari;
bayramlar, ko‘ngilochar tadbirlar;
ma’lum maqsadga qaratilgan va reja asosida amalga oshiriladigan tizimli ta’lim.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalashning muhim omili bo‘lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambar- chas bog‘langan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |