1-mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar musiqiy tarbiyasining vazifalari reja



Download 320 Kb.
bet10/25
Sana20.04.2022
Hajmi320 Kb.
#567608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Mavzu 7 ta musiqa

Musiqiy tarbiya vazifalari:
1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.
2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).
3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.
4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida).


3-Mavzu: Bolalarni estetik tomondan rivojlantirish, musiqa asari mazmuni g`oyasini tushunishga o`rgatish.
Reja:
1. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati.
2. Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi.
3. Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida
Tayanch tushunchalar: Estetik tarbiya, axloqiy sifatlar, ijobiy xulk- atvor me’yorlarini tarkib toptirish, estetik his-tuyg‘u, estetik munosabat, Musiqa – ahloqiy omil.
1.Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati.
Estetik tarbiya keng tushuncha bo‘lib, voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatidagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish, tushunishga o‘rgatish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. San’at va hayot go‘zal-ligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayoli va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob his-tuyg‘ularni va intilish-larni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, qayg‘usini birga barham ko‘rish kabi xususiyatlar shakllanib boradi. Estetik rivojlanish shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida estetik tarbiya uzoq vaqgni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladi. Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub’ektiv omildir. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo‘naltiradi. Estetik qiziqish ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tarbiya tushunchasi bilan bir qatorda badiiy tarbiya tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san’at va bosh-qa vositalar asosida tarbiyalashdir. Estetik tarbiya - ancha keng, faqat san’at vositasi-dagina emas, balki qayot, mehnat, kishilarning o‘zaro ta’siri vositasida go‘zal-likni, anglashni tarbiyalaydi. San’atda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, kishining fikr- irodasi madh etiladi, uning tarbiyalovchi roli ham shunda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun san’at estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqyaigi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonish, uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishga o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan ham bog‘liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi. Go‘zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo‘lmaydi. Mehnat quvonchi bu turmush quvonchidir. Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni zo‘r zavq-shavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida mustahkam bog‘lanish mavjud bo‘lib kishining mustahkam sog‘lig‘i uchun muhim sanaladi. Insonning jismoniy kamoloti go‘zallikni tasavvur eta olmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishida, ayniqsa, estetik tarbiya emas, hissiy va sensor rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o‘ynaydi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin - asta takomillashib boradi. O‘rta guruhga kelganda, bolalar estetik idrokning rivojlanishida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha shakllangan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazlarni eng oddiy estetik baholay oladilar. Katta guruhning oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan ta’kidlaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.

Download 320 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish